Udk 56. Avtomobillarning konstruktiv xususiyatlarining harakat xavfsizligiga ta’sirini tadqiq qilish



Download 114,48 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2022
Hajmi114,48 Kb.
#648532
TuriИсследование
1   2   3
Bog'liq
Udk 56. Avtomobillarning konstruktiv xususiyatlarining harakat x

Key words: car, driver, safety, technical condition, driver skills, traffic safety, traffic order, traffic accident, active safety, passive safety.

Bugungi kunda mamlakatimizda avtomobil sanoati shiddat bilan rivojlanmoqda. Avtomobil yo’llarida transport vositalarining soni oshishi natijasida harakat xavfsizligini tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Avtomobilning atrof-muhitga yetkazayotgan zararlari kundan kunga oshib bormoqda, eng asosiysi esa, yo’llarda sodir etilayotgan YTH natijasida ko’plab odamlarning jabr ko’rishi va hayotdan ko’z yumishidir. Bu esa, yo’l harakati xavfsizligi muammolariga o’ta jiddiy yondashish zarur ekanligini mutaxasislar oldiga vazifa qilib qo’ymoqda


Yuqoridagi keltirilgan holatlarga asosiy sabab transport vositalarining texnik holatining buzilishi va haydovchilarning yetarli darajada ko’nikma va malakaga ega bo’lmasdan transport vositalarini boshqarishidir. Ma’lumki avtomobillar texnik holatining buzilishi atrof muhitga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. Transport vositalarining atrof-muhit uchun xavfliligi nafaqat uning loyihaviy tavsifnomalariga balki uning texnik holatiga ham bog’liq. Shuning uchun avtomobil transportining ekspluatatsiyasi davrida yonilg’i sarfiga, chiqindi gazlarning zaharlilik miqdoriga, shovqin darajasi va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi agregat va uzellarining belgilangan talab darajasida ishlashiga alohida etibor berish kerak. Bu esa albatta atrof muhitni sog’lomlashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mutaxassislar tadqiqotlari natijasida ilmiy manba’larda turli transport vositalarining bosib o’tgan yo’liga nisbatan asosiy ekspluatatsion xususiyatlarning o’zgarishlari aniqlangan, bunda ekspluatatsiya jarayonida texnologik jarayonlar sifatsizligidan zararli omillar yo’l transport hodisalarini keltirib chiqarishi aniqlangan [2].
Avtomobillarning ekspluatatsion xususiyatlar ko’rsatkichlari transport oqimining xavfsiz harakatlanishida ishtirok etuvchi quyidagi barcha omillar ya’ni haydovchining mahorati, yo’lning holati, atrof - muhit va boshqa ta’sir qiluvchi omillar orqali baholanadi. Avtomobil yo’llarida harakatni tartibga solish bir muncha murakkab jarayondir sababi har bir haydovchi o’ziga qulay harakat rejimini tanlaydi va bunda u o’zining tanlangan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi [1].
Shu o’rinda avtomobilning asosiy ekspluatatsion xususiyatlarining yo’l harakat xavfsizligini ta’minlashda, tortish dinamikasi alohida o’rin tutadi. Bizga ma’lumki tortish dinamikasi avtomobil dvigatelining turlari, quvvati, belgilangan chegara tezligida tezlanish olish vaqtini bildiradi. Turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakatida avtomobillarning o’zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko’p bo’lsa shuncha ortib boradi [2].
Yuqoridagilardan kelib chiqib yo’l harakatini tashkil qilishda harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi har qanday omil hisobga olinishi lozim. Bunda asosiy e’tibor beriladigan jihat bu har xil transport vositalarining yuqori tezlik bilan yo’lning turli bo’lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o’tib ketishi hisoblanadi.
Harakatni tashkil qilish bo’yicha qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korxonalar, konsernlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko’lamli faol ishlar olib borilishi zarur. Bundan harakatni tashkil qilishdagi yechiladigan masalalarni ko’lamiga qarab uch darajaga bo’lish mumkin [3]
Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo’ladigan avtomobillarning harakatini 3 ta o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
1. Avtomobil transportining o’z ko’rsatkichlariga ko’ra mos keladigan avtomobil transportidan foydalanish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan avtomobil yo’llari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi.
2. Avtomobillar harakati yo’l harakatining boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalarning harakatlanish madaniyati pastligi.
3. Haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali kam ko’nikmaga ega bo’lgan havaskor haydovchilarning ko’pligi.
Statistika ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, YTHlarning asosiy qismi avtomobillarning texnik nosozligi oqibatida sodir bo’ladi. Bunda asosan transport vositasining tormozi, boshqaruv tizimi, shinasi, harakatga keltiruvchi agregat va mexanizmlari holati ko’zda tutiladi. Avtomobildagi nosoz isitish, sovutish tizimi, haydovchi o’rindig’ining noqulay holati, noto’g’ri o’rnatilgan orqa ko’rinishni tasvirlovchi oyna yoki old ko’rinish oynasi tozalagichining noto’g’ri ishlashi sabab bo’ladi [5].
Yo’l transport hodisalarining oldini olish uchun avtomobilning aktiv hamda passiv xafvsizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Aktiv xavfsizlikni ta’minlashda avtomobilning turg’unligi va boshqariluvchanligi, tortish, tezlik va tormoz xususiyatlari, konstruksiya elementlarining ishonchliligi muhim rol o’ynasa, passiv xavfsizlik ta’minotida avtomobilning ayrim mexanizm, uzellari va qismlarining texnik talablarga javob bera olish yoki bera olmasligi e’tiborga olinadi [4].
Sust xavfsizlikni aniqlash sinovlari maxsus sinov maydonlari yoki stendlarda o’tkaziladi. Sinov maydonlarida avtomobil quyidagicha sinaladi: o’zaro qarama – qarshi to’qnashuv, yon tomonidan yoki orqadan urilishi va ag’darilib tushishi;
Aksariyat yengil avtomobillarning passiv xavfsizligi orqadan to’qnashuv hosil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Sinov 35-30 km/soat tezlikda o’tkaziladi, bak esa 90% yonilgi bilan to’ldiriladi.
Avtomobil kuzovini zarba kuchiga sinashda prujinali katakultalar yaxshi samara beradi. Katakulta bo’ylab harakatlanuvchi lebedka prujinani cho’zib, uning zo’riqqan holati pnevmatik ishga tushirish mexanizmi orqali to’xtatiladi.
Sinalayotgan obyekt massasi 2200 kg ni tashkil etadi. Ishga tushirish turtkisidan boshlab to’qnashguncha tezlik 50 km/soat ga yetadi.
Avtomobillarni passiv xavfsizlikka sinash usullari faqat turli xil zarbalar hosil qilish bilan chegaralanib qolmasdan balki maxsus manekenlar ishtirokida haydovchi yoki yo’lovchilarga yetkaziladigan jarohat imitatsiya yo’li bilan aniqlanadi. Lekin, sanab o’tilgan usullarning o’ziga xos kamchiliklari hali bor. Masalan, har bir sinov jarayonlarini bajarish uchun avtomobilning natural na’munasi kerak bo’ladi. Bu tadbirlar esa katta miqdordagi sarf-xarajatlar bilan bog’liq. Ikkinchidan tajribani takroran o’tkazish imkoniyati chegaralangan bo’ladi, bu esa natijalarni ma’lum xatolikka olib kelishi mumkin. Uchinchidan, harakatdagi avtomobilni va to’siq orasidagi zarba qilish jarayoni to’lik boshqarilmaydi. Qolaversa avtomobillarning to’siqlarga urilish va uni yengib o’tish xususiyatini to’liq namoyon etish imkoniyati chegaralangandir.
YTHni tahlil qilishda boshqa analitik usullardan ham foydalaniladi.
Jumladan, avtomobil yo’l sathidan otilib ketganda uning tezligi quyidagi munosabatlar orqali aniqlanadi:
(1)
Bu yerda: K1 - 7,97 (2,2) tezlikning o’zgarish koeffitsienti;
H - yo’l sathlari orasidagi farq, m
N - bo’ylama qiyalik miqdori, mm
S - bosib o’tilgan masofa, m
Bu usulning asosiy kamchiligi o’lchov parametrlari va taqribiy qiymatlarning ko’pligi bilan xarekterlanadi hamda amaliy jihatdan foydalanish noqulay.
Avtomobil tormozlanish vaqtidagi bosib o’tgan tormoz yo’li uzunligi quyidagicha aniqlanadi.
(2)

Bu yerda: V - avtomobilning boshlang’ich tezligi, km/soat


- tishlashish koeffitsienti,
 - yo’lning qiyalik burchagi, grad
T2 - tormoz uzatmasining ta’sir qilish vaqti, s
K2 - tormozning effektiv ishlash koeffitsienti.
Bu usul faqat sof tormozlanish uchun yaroqli bo’lib, tormoz jarayonida ro’y beradigan zarba yoki to’qnashuv parametrlarini hisobga olmaydi.
Avtomobilning harakatiga yoki tayanch tortishish xususiyatiga qarshilik ko’rsatuvchi muhit sifatida asosan yo’l va xavo qarshiliklari yig’indisi qabul qilingan.
Xususiy holda aerodinamik qarshilik quyidagicha topiladi.


(3)
Bu yerda: Kw - havoning qarshilik koeffitsienti, F- yuza, m2
(4)
Bu yerda: Sx - suyrilik koeffitsenti - havoning zichligi, kg/m3
(5)
Bu yerda: h – sinov ustunining balandligi, m
T – havo harorati, oS [4]
Lekin, shu paytgacha bajarilgan tadqiqot ishlarida avtomobil bir qadar zinch yoki yetarlicha qattiq muhit bilan uchrashganda unga ko’rsatiladigan qarshilik parametrlarining ekspluatatsiya ko’rsatkichlariga ta’siri hisobga olinmagan.
Shunday qilib, avtomobillarni xavfsizlikka sinashning eksperimental va nazariy usullari bir-biri bilan mantiqiy bog’lanmagan.
Transport vositalarining o’zaro to’qnashuvi yoki to’siqlarga urilish jarayonini tadqiq etish umumiy ekspluatatsiya xususiyatlar zanjirida asosiy o’rinni egallash va avtomobil xavfsizligini ta’minlashdagi ko’rsatkich va o’lchagichlarni aniq baholash zarur.
Statistik ma’lumotlardan yaxshi ma’lumki yo’llarda sodir etilayotgan yo’l-transport hodisalarining aksariyat holatlari to’qnashuv tufayli bo’layotganligi qayd etilgan.
Quyidagi jadvalga asosan, YTHlarning ko’p qismi transport vositalarining boshqa transport vositalari bilan to’qnashishi natijasida sodir bo’lishi qayd etilgan.
1-jadval
YTHlarida to’qnashuvning asosiy turlari.



T/r

YTH turlari

Yo’l transport hodisalarining solishtirma miqdori %

1

Boshqa transport vositalari bilan to’qnashuv

27,9

2

Avtomobillarning to’siqlarga urilishi

14,3

3

Yuk avtomobillari bilan to’qnashuv

1,3

Avtomobilning tashqi xavfsizligi yo’l transporti hodisasi natijasida barcha xarakat qatnashchialariga (jabrlanuvchilarga) , piyoda, velosipedchi va mototsikl haydovchilariga minimal darajada talofat yetkazish chora tadbirlarini o’z ichiga oladi. Avtomobil xavfsizligini o’z ichiga oladigan faktorlar:



  • avtomobil kuzovining deformatsion xususiyatlari;

  • avtomobil kuzovining tashqi formasi;

Avtomobil konstruksiyasini loyihalashda yo’l transporti hodisasi natijasida avtomobil kuzovi va haydovchining kam darajada talofat olishi konstruktorlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
To’qnashuv natijasida transport vositalarining texnik shikastlanishi, yo’lovchi va haydovchining kuchli zarb natijasida jismoniy shikast olishi katta modiy zararlarning oshib ketishiga olib kelmoqda. Transport vositalarining to’qnashuv natijasida sodir etiladigan YTHlarini oldini olish va zarar miqdorini kamaytirish uchun zarbani qabul qiluvchi bamferlarga o’zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Avtomobilning old qismi bilan to’qnashuvda piyoda va boshqa xarakat qatnashchilari uchun yo’l transporti hodisasi talofatli hisoblanadi, chunki piyoda va boshqa harakat qatnashchilariga yig’iladigan faralar, oyna tozalagichlar, eshik ochgichlari, antennalar va orqani ko’rsatuvchi oynalar ham jiddiy talofat etkazishi mumkin.
Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida transport vositalarning to’qnashuv jarayonida zarbadan muhofaza etuvchi qurilmani ishlab chiqarishga tadbiq etish taklif etiladi. Bu qurilma quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan. (1-rasm)

1-rasm.To’qnashuv jarayonida zarbadan muhofaza etuvchi qurilmaning prinsipial sxemasi.


Bu qurilma quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:


1. Vtulkani ushlab turuvchi xomut
2. Truba-vtulka
3. Silindrsimon prujina
4. Rezina taglik
5. Konussimon prujina
6. Konussimon prujinani ushlab turuvchi shpilka
7. Konussimon prujinaning uchi joylashgan chuqurcha
8. Bamfer
9. Prujinaga bosim beruvchi porshen
10. Porshenning prujina bilan kontakt yuzasi
11. Konussimon prujina o’tuvchi rezina

Bu qurilma soddaligi va oddiyligi bilan hamda xavfsizlikni ta’minlashda yuqori aniqligi bilan afzaldir. Avtomobil boshqa transport vositalari bilan to’qnashganda yoki to’siqlarga urilganda avtomobil kuzoviga va ramalariga yetkaziladigan zararlarni kamaytiradi. Ushbu qurilma transport vositalarining jiddiy texnik shikastlanishi, o’lim va jarohatlanishlar oldini olish va moddiy zarar ko’rishini kamaytiradi.


Yo’llardagi qatnov jarayonida sodir bo’layotgan yo’l-transport hodisalarining sonini va zararlarini kamaytirish uchun xarakat xavfsizligiga ma’sul bo’lgan har bir shaxs ishiga ma’suliyat bilan qarashi lozim. Bu borada joylardagi yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyalari faoliyati kuchaytirilib, ma’suliyati oshirilgan holda ish yuritilib, idora va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, qolaversa, keng jamoatchilik jalb qilingan holda birgalikda harakat qilingandagina harakat xavfsizligi sohasidagi umumiy maqsadimizga erishamiz.



Download 114,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish