(2.2.1-jadval)
2
3
4
2
0
2
4
6
8
10
12
Тest javoblari natijasi
hamkorlik
moslashish
murosa
qochish
Kuzatish ishlari natijalariga ko‟ra shu narsa ma‟lum bo‟ldiki 11 ta
o‟qituvchining har biri o‟ziga xos nuqtai nazarga ega bo‟lib, ular konflikt
vaziyatlarga turlicha munosabat bildirishadi.
66
Jamolarda shaxslarora psixologik o„zaro moslik
Guruh hayoti va undagi a‟zolarning o„zlarni yaxshi his qilishlari ko„p jihatdan
ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir-birlariga ijobiy munosabatda bo„la
olishlariga bog„liq. Bu hodisani tushuntirish uchun psixologiyada moslik
tushunchasi mavjud: Psixologik moslik deganda, guruh a‟zolari sifatlariva
qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi,
Moslikning mezoni sifatida rus olimi N.Obozov quyidagilarni ajratadi:
A) faoliyat natijalari;
B) a‟zolarning sarflangan kuch-energiyalari;
S) faoliyatdan qoniqish.
Bundan tashqari, fanda asosan ikki xil o„zaro moslik farqlanadi:
psixofizologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida
odamlarining bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish
ritmi va tezligidagi uyg„unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi
moslik ustanvkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monadlik,
yo„nalishlar birligi nazarda tutiladi. O„tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikni
ko„plab qirralari bo„lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik
kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo„lsa, o„sha
maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg„unlikning bo„lishi katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Guruhda odamlarning bir-birlarini yoqtirshlari yoki aksincha, inkor qilishlari
ko„pincha turli xil qabul qilish jarayonida ro„y beradi. Guruhiy qarorlar qabul
qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida
ham avval muammo aniqlanadi, ma‟lumotlar to„planadi, bir nechta takliflar ilgari
suriladi va nihoyat, eng ma‟quli qabul qilinadi. Lekin guruhda bu jarayon
psixologik nuqtai nazardan biroz boshqacharoq kechadi va nizolar ko„pincha aynan
shu jarayon bilan bog„liq bo„ladi. Amerikalik psixolog T.Mitchellning fikiricha,
o„zaro ta‟sir guruh sharoitida quyidagi omillar vositasida ro„y beradi.
1. Ayrim a‟zolar boshqalarga nisbatan ko„proq gapirishga moyil bo„ladilar;
67
2. Yuqoriroq mavqiega ega bo„lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida
ham boshqalarga ta‟ziq o„tkazishadi;
3. Guruhda asosiy vaqt o„zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini
olishga ketib qoladi.
4. Guruhda ayrim odamlar ta‟sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga
nomuvofiq qarorlar qabul qilish hollari kuzatiladi;
5. Barcha a‟zolar o„zlari sezmagan holda ko„pchillik fikrga (konformilik)
berilishlari va guruh ta‟siriga tushib qoladilar.
Guruh va jamolar to„g„risida gap ketganda, ko„pincha uning “ma‟naviy
muhiti”, “psixologik muhiti” degan iboralar ishlatiladi. Chunki, bu narsa o„sha
yеrdagi ishning yaxshiligi, faoliyatning samarasi bilan bog„lanadi. Ijtimoiy
psixologik muhit deganda, biz o„sha guruhning a‟zolari fikirlari, hissiyotlari,
dunyoqarashi, ustanovkalari va o„zaro munosabatlaridan iborat bo„lgan
emotsional-intellektual holatni tushunamiz.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |