Udk: 30. Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatining o’rni



Download 1,09 Mb.
bet12/29
Sana15.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#367999
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
MUNOSABATLARIDAGI O’RNI


2.1. Valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni va uning asosiy shakllaridan pul muomalasini tartibga solishda foydalanish
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U «ko‘p qirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta‘minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi o‘rin egallaydi.15
Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o‘rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo‘lsak, birinchi navbatda, har qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagi shakllanib kelmoqda: valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta‘minlanganligi, valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlar-aro munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya‘ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko‘mak berish.

Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo‘ladigan munosabatlami tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuv XVF nizomining o‘zgartirishi bilan, yangi





  1. Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Ma‘ruzalar kursi. Samarqand, 2006.

33

jahon valyuta tizimi yo‘nalishini aniqlab berdi.


Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo‘llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi. Xo‘jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. U quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi.
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:


  • xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag‘lariga ega bo‘lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi;




  • xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati tashkilotlari).

Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:


1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog‘liqligi.


  1. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.




  1. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida

asosiy kuch hisoblangan AQSH o‘rnida uchta asosiy hamkorlik va

34

qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya.




  1. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya ‘ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o ‘zgarishining barqaror emasligi.




  1. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o`zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi.

Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo‘lib XVF hisoblanadi. O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to ‘g‘risida;


1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig‘ilishlarini sanab o‘tish mumkin.16
Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko‘ra tarkibiy va joriyga bo‘linadi. Tarkibiy valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to‘g‘ri keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.
Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko‘rinishlari - valyuta interventsiyasi, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi - ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
Foiz o‘zining iqtisodiy ma‘nosi bo‘yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik



  1. Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: 2005. 35

uchun to‘lanadigan qo‘shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me‘yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo‘ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog‘liq, ya‘ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy bank siyosati va boshqalardan.
Ichki omillar ham muhim o‘rin tutadi. Bular jumlasiga xorijiy, milliy va xalqaro bozordagi stavkalar darajasi, kapitallar harakatini cheklashlar, to‘lov balansini ahvoli kabilarni ko‘rsatish mumkin. Va nixoyat, bir qancha omillar borki, ular stavkalarning o‘sishiga tezrok ta‘sir etadi. Ammo, ular talab va taklifga, kutilayotgan inflyatsiyaning oldini olishga, xavf-xatarlar, soliqlar, valyuta kursi tushishi an‘anasiga va shu kabilarga ta‘sir etmaydi.
Foiz stavkalarining joylashish jarayoni shu qadar murakkablashdiki, ssuda kapitallari bozoridagi holatlarni yoki foiz stavkalarini to‘g‘ri prognozlashni tushuntirib berish murakkabdir.
Shu bilan birgalikda, foiz stavkalarining tarkibi yetarli darajada egiluvchandir.
Foiz stavkalari tarkibi asosida ob‘ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya‘ni, juda keng tarqalgan va likvidli qisqa muddatli operatsiyalar stavkalari tijorat banklari o‘z kredit faoliyatini qayta moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
Stavkalar tarkibi asosida pul bozorining rasmiy hisob stavkasi (qayd qilingan) yoki Markaziy bankning operatsiyalari bo‘yicha joriy stavkalari yotadi. Bu stavkalar har doim pul bozori stavkalaridan past bo‘ladi, chunki Markaziy bank tomonidan qayta hisobga olingan tijorat veksellari, valyuta kursi xavf-xatarlaridan xolirok bo‘ladilar.
Shunday qilib, banklar Markaziy bank tomonidan odatiy holda qayta moliyalashtirilishlari mumkin. Davlat uchun rasmiy hisob stavka kursi valyuta-pul bozorini tartibga solishning asosiy yo‘llaridan biridir. Shuning uchun, veksellarning barchasini qayta hisobga olishda foydalanilmaydi (aktseptlovchi banklar soni chegaralangan).
36

Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini ikkinchi asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba‘zan bu alohida mamlakatlar (Kanada, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya) da rasmiy foiz stavkasidan past bo‘ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o‘zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o‘zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi.


Pul-valyuta bozorining uchinchi asosiy elementlariga banklararo depozitlar va unga yaqin depozit sertifikatlari stavkalari kiradi. Bu stavkalar rasmiy kurs stavkasidan kam, xazina veksellari stavkasidan esa, hamisha yuqori turadi.
Hududiy valyuta bozorlarning rivojlanishi bilan foiz stavkalarining muayyan turlari ko‘paymoqda. Masalan, LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR) - London banklararo mablag‘larga taklif stavkasi yuzaga keldi va juda keng kuUanilmoqda. LIBOR o‘zida London banklarining bir-biriga ta‘minlanmagan ssudalar (1 oydan 1 yilgacha) berishning o‘rtacha foiz stavkasidir. LIBOR AQSH dollarida qo‘llanilishi keng tarqalgan, lekin bu LIBORni boshqa evrovalyutalarda qo‘llanilmasligini anglatmaydi.17
Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga o‘xshash boshqa stavkalar paydo bo‘ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Kuvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar.
Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari «tenglashish» an‘anasiga ega, chunki ular Evrobozorda hududiy markaziy yaqinlikdadirlar. 1985 yildan Frankfurt-Maynda FIBOR (Germaniya markasi uchun), Amsterdamda AIBOR (gulden uchun) stavkalari qo‘llanila boshlangan.
Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.



  1. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. A.I. Yevdokimova. M., 2003. 37














Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish