darajasidagi investitsiya siyosati istiqbolda mintaqa real ustuvorlikka ega bo’lgan
yuritish tizimlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni
va malakali kadrlar salohiyati mavjud sanoat tarmoqlariga investitsiya kiritish
maksadga muvofikdir.
XULOSA
O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyotini shakllantirish va
mustahkamlashda hozirgi ishlab chiqarishining ahamiyati beqiyosdir. Binbarin,
iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini
oshirishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muhim o’ringa ega.
CHunonchi, «CHet el investitsiyalar to’g’risida»gi va «CHet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi qonunlari
(1998 yil 30 aprel) va boshqa qaror hamda farmonlarning qabul qilinishi
O’zbekistonda investitsiya muhitini yaratishni iqtisodiy va huquqiy asoslarini
barpo etishga xizmat qiladi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
- hududiy dasturlar doirasida har bir viloyatning o’ziga xos xususiyatlari va
imkoniyatlarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish
bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda mahalliy tashabbuskorlarning sustligi ko’zga
tashlanmoqda;
- mintaqalar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko’p
tomonlama investitsiya salohiyatning darajasi bilan aniqlanadi. Farg’ona iqtisodiy
rayonida yuqori investitsiya salohiyati va shart-sharoitlarning mavjudligi, bu yerda
qulay investitsiya muhiti shakllanganligidan dalolat beradi;
- bugungi kunda mintaqalar iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va
modernizatsiyalashda, uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish
maqsadida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari mintaqa viloyatlarining
barcha tumanlarini to’lik qamrab olmayapti;
- mustaqillik yillarda mintaqa iqtisodiyotga jalb etilgan xorijiy
investitsiyalarning katta kismi avtomobilsozlik va yengil sanoat tarmoqlariga
yo’naltirilgan;
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar viloyatlarning eksport
salohiyatini ko’tarishda faol ishtirok etmoqda, shu nuqtai nazardan xorijiy sarmoya
ishtirokidagi korxonalar kam tumanlar tashqi iqtisodiy aloqalarni bajarishda juda
sust ishtirok etmoqda;
- tabiiy-iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatning hududiy tarkibi, mintaqalarning
iqtisodiy rivojlanishidagi uziga xos xususiyatlar va ixtisoslashuvi ularda
investitsiya saloxiyatining farqlanishiga olib kelgan..
Dissertatsiyada olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, Farg’ona
vodiysi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning yanada rivojlantirish
va ulardan samarali foydalanish maqsadida quyidagi ilmiy taklif va amaliy
Do'stlaringiz bilan baham: