II BOB. MINTAQADA XORIJIY INVESTITSIYALARDAN
FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
2.1. Barqaror iqtisodiy o’sish sharoitida Farg’ona iqtisodiy
mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Milliy iqtisodiyotning tarkib jihatdan takomillashuvida mintaqalarda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, uning bevosita sifat o’lchovi – mintaqalarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi muhim o’rin tutadi. Mintaqaviy rivojlanish
o’z navbatida unda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayon va munosabatlarning keng
qamrovliligi, alohida tarmoq, sektorlar, tarmoqlararo hamda mintaqalararo
aloqadorlikning uyg’unligi tizimida namoyon bo’ladi. Bozor munosabatlari
takomillashuvining bugungi tajribasi shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyotning,
uning ibtidosi sifatida, alohida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
investitsion jarayonlar – aholi bandligi, daromadlari, ichki bozorning to’yinishi,
resurs safarbarligi darajalarida, shuningdek, kapital jamg’arilishining, xorijiy va
ichki investitsiyalar oqimlarining muhim yo’nalishi sifatida o’z ifodasini
topmoqda. SHu jihatdan ham O’zbekiston mintaqaviy tuzilmalarining yaqin
istiqboldagi rivojlanishi ularning o’ziga xos shart-sharoiti, investitsion va
tadbirkorlik muhitiga ko’ra investitsion jarayonlarning har tomonlama
takomillashuvi bilan uzviy bog’liq.
Ayni shu zaruriyat olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, undan
kutilayotgan natijalarni izchil ro’yobga chiqarish bilan bog’liq vazifalar yechimiga
har bir mintaqaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshishni taqozo
qiladi.
Bugungi zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda O’zbekiston iqtisodiyoti
hududiy tarkib jihatidan 6 ta: Farg’ona, Toshkent, Mirzacho’l, Quyi Amudaryo,
Zarafshon va Janubiy iqtisodiy mintaqalarga ajratib o’rganiladi.
6
Har bir iqtisodiy
mintaqa joylashuvi, xo’jalik tizimi, ixtisoslashuvi, demografik jarayonlari,
rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan sezilarli darajada farq qilib, bu o’z
6
Soliev A. Mintaqaviy iqtisodiyot /O’quv qo’llanma. – T., “Universitet”, 2003 y. Qayumov A., Nazarova
X., Egamberdiev F., Yakubov O’. Mintaqaviy iqtisodiyot /O’quv qo’llanma. – T., “Universitet”, 2004 y. Sadikov A.
Osnovi regionalnogo razvitiya: teoriya, metodologiya, praktika /Monografiya. – T., “IQTISOD-MOLIYA”, 2005.
navbatida mamlakat mintaqaviy iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirishdagi bosh omil hisoblanadi. Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajalari hamda amalga oshirilayotgan islohotlardagi tafovut ulardagi qulay
tadbirkorlik muhiti shakllanishiga va iqtisodiy salohiyatning oshishiga bevosita
ta’sir ko’rsatadi.
Farg’ona iqtisodiy mintaqasi o’zining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, geosiyosiy
va ekologik xususiyatlariga ko’ra mamlakatning boshqa mintaqalaridan keskin
farqlanadi. Mintaqa 3 ta ma’muriy birlik – Farg’ona, Namangan va Andijon
viloyatlarini o’z tarkibiga olib, umumiy yer maydoni 19,2 ming km. kv.ni, aholisi
8544,7 ming kishini (2012 y.) tashkil qiladi. Mintaqa garchi mamlakat umumiy yer
maydonining atigi 4,3 foizini egallasada, uning hissasiga mamlakat aholisining
28,5 foizi, yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 16,9, sanoat ishlab chiqarishining
23,6, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 25,7, asosiy kapitalga jalb etilgan
investitsiyalarning 8,2 foizi to’g’ri keladi (2.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |