Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi


Elektr payvandchining maxsus kiyimi



Download 5,37 Mb.
bet177/178
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842877
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178
Bog'liq
qo\'lda yoyli payvandlash ishlari

Elektr payvandchining maxsus kiyimi. Maxsus kiyim (kurtka va shimlar yoki kombinezon, shuningdek, qo‘lqoplar) qalin brezent, so‘kna, asbestli gazlama va boshqaashyolardan tayyorlanadi. Shim pochalari tushirib kiyiladi, kurtka esa shim ichiga kiritilmaydi. Erigan metall bo‘laklari tushib qolmasligi uchun kurtkacho‘ntaklari klapanli bekiladigan bo‘lishi kerak. Kurtkaning barcha tugmalari solingan bo‘lishi kerak. Rezina kiyim, poyafzal va qo‘lqoplarda juda murakkab sharoitlardan tashqari hollarda ishlab bo‘lmaydi, chunki metall uchqunlari rezinani teshib o‘tadi. Bosh kiyimning soyaboni bo‘lmasligi kerak, poyafzalning tagqismi rezinadan bo‘lishi kerak.

1 - rаsm. Uch fаzаli yoy bilаn pаyvаndlаsh:
a – аrаyon sxеmаsi, b – uchmа-uch chоkni pаyvаndlаsh.
Gaz bilan payvandlash. Payvandlashning bu turi asosiy metall (1) ning biriktiriladigan qirralarini payvandlash gorelkasi (3) alangasi (2) bilan qizdirishdan iboratdir. Chok metallini hosil qilish uchun payvandlash vannasiga eritib qo‘shiladigan chiviq (4) ning oqib eritilgan metalli qo‘shiladi.



2-rasm.Gaz bilan dastaki payvandlash.

Issiqlik manbayi tariqasida atsetilenning kislorod bilan aralashmasini yoqqanda hosil bo‘ladigan va harorati 3000 –3150°S ga boradigan payvandlash alangasi ishlatiladi. Uncha qalin bo‘lmagan po‘latlarni, oson eruvchan metallarni va qotishmalarni payvandlash uchun hamda kavsharlash va kesishdan oldin qizdirish uchun boshqaatsetilan o‘rnida ishlatiladigan gazlar: propan, tabiiy, neft, piroliz gazlari, vodorod, kerosin, koks gazi va boshqalar ishlatiladi. Ushbu gazlar kislorodda yongandaalanga harorati 2000 – 2450°C gacha ko‘tariladi.Gaz bilan payvandlash nisbatan oddiy usul bo‘lib, murakkab, qimmat jihozlarni hamda elektr energiya manbayini talab qilmaydi. Gaz bilan payvandlashning kamchiligi shundaki, metall yoy yordamida payvandlashdagiga qaraganda sekin qizdiriladi, metallga ta’sir qiluvchi issiqlik zonasi katta bo‘ladi. Gaz bilan payvandlashda issiqlik bir yerga kam to‘planadi, payvandlanadigan detallar esa ko‘proq tob tashlaydi.


Alanga bilan metallni nisbatan sekin qizdirilishi va issiqlikni bir yerda to‘planmasligi sababli payvandlanadigan metallning qalinligi ortishi sayin gaz bilan payvandlash ish unumi ham kamaya boradi. Jumladan, po‘latning qalinligi 1 mm bo‘lganida gaz alangasi yordamida payvandlash tezligi qariyb 10 m/soat ni, qalinligi 10 mm bo‘lganida esaatigi 2 m/soat ni tashkil etadi. Shuning uchun ham qalinligi 6 mm dan ortiq po‘latni gaz bilan payvandlash yoy yordamida payvandlashga qaraganda kam unumli bo‘ladi.
Atsetilen bilan kislorod elektr energiyasiga nisbatan qimmatroq turadi. Shuning uchun ham gaz bilan payvandlash elektr yoy yordamida payvandlashga qaraganda qimmatga tushadi. Kalsiy karbidi, yonuvchi gazlar va suyuqliklar, kislorod, siqilgan gazlar ballonlari hamdaatsetilen generatorlarini ishlatish tartib qoidalariga rioya qilinmaganda portlashi va yong‘in chiqishi xavfi borligi ham gaz bilan payvandlash kamchiliklariga kiradi.
Quyidagi ishlar gaz bilan payvandlab bajariladi:
- qalinligi 1–3 mm po‘lat buyumlarni tayyorlash va ta’mirlash;
- hajmi kichik idishlar va rezervuarlarni payvandlash, darz ketgan joylarini payvandlash, yamoq solish va boshqalar;
- cho‘yan, bronza, silumindan tayyorlangan quyma buyumlarni ta’mirlash;
- kichik va o‘rtacha diametrli quvurlarni montaj qilish;
- aluminiy va uning qotishmalari, mis, latun va qo‘rg‘oshindan buyumlar yasash;
- yupqa devorli quvurlardan konstruksiya uzellarini yasash;
- po‘lat va cho‘yan detallarga latunni eritib yopishtirish;
- bolg‘alangan va nihoyatda mustahkam cho‘yanni eritib qo‘shiladigan latun va bronza chiviqlar ishlatib biriktirish;
- cho‘yanni past haroratda payvandlash.
Texnikada ishlatiladigan metallarning deyarli hammasini gaz bilan payvandlash mumkin. Cho’yan, mis, latun, qo‘rg‘oshin yoy yordamida payvandlashga qaraganda gaz alangasi yordamidaosonroq payvandlanadi.



Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish