Quvursimon konstruksiyalarning uchma-uch birikmalari turlari. Payvandlash usulidan foydalanib quriladigan quvur uzatmalarni shartli ravishda quyidagi ikkita guruhga bo‘lish mumkin: po'lat tunukadan payvandlanadigan quvur uzatmalar va tayyor quvurlardan payvandlanadigan quvur uzatmalar.
Birinchi guruh quvur uzatmalarni payvandlash ko'p jihatdan tunukadan rezcrvuar konstruksiyalarini payvandlashga o'xshashdir. Bu quvur uzatmalar oldindan tunukalardan juvalangan gardishlardan bo'ylama va ko'ndalang choklab payvandlanadi. Agar bunday quvur uzatmalar 0.07 MPa dan oshmaydigan bosim ostida ishlasa, ular Davlat texnik nazorati tartib-qoidalariga riova qilmasdan ishlanishi ham mumkin. Ba’zan gaz quvur bikrligini oshirish uchun uning tashqi tomoniga burchak. tavr yoki shveller temiridan qobirg'alar payvandlanadi.
Tayyor quvurlardan payvandlanadigan ikkinchi guruh quvur uzatmalar bug’, gaz. Suv va har xil suyuqliklar uchun ishlatiladi. Ular, odatda, yuqori bosim ostida ishlaydi. Ncft-kimyo qurilmalarining quvur uzatmalaridagi ish bosimi 50-70 MPa gacha boradi.
Magistral quvur uzatmalarida bosim 6—7 MPa ni tashkil etadi. Bunday quvur uzatmalarda ko'ndalang choklarnigina uchma-uch payvandlashga to'g‘ri keladi.
Hozirda payvand quvurlarni avtomatik payvandlash usulidan foydalanib, tunuka prokatdan tayyorlashning yangi usullari joriy etilgan. Magistral gaz quvurlari uchun payvand quvurlar 2500 mm gacha diametrda tayvorlanadi. Diametri 720 mm gacha bo'lgan yupqa devorli quvurlar tasmadan kontaktli payvandlash usulida ishlanadi. Diametri 200 mm gacha quvurlar yuksak chastota va radiochastotadagi toklar bilan payvandlanadi. Spiralsimon chokli yupqa devorli quvurlar ham tayvorlanadi. Bunday hollarda po'lat tasma rulondan maxsus stend yordamida uzluksiz ravishda quvur qilib o'rab turiladi va spiral bo'yicha flyus ostida avtomatik payvandlanadi.
YO‘RIQNOMALITEXNOLOGIKXARITA Kasb kodi va nomi: 3.53.06.01 Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash ishlari)
O‘quv amaliyoti nomi: Qo’lda yoyli payvandlash ishlari.
Amaliy mashg‘ulot 21 Quvurlаrni eriydigаn va eriymаydigаn elektrod bilаn uchmа-uch pаyvаndlаsh
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga payvandlash holatini uchma uch choklarni ulash o‘rgatish.