Ключевые слова.
Глобальное потепление, парниковый эффект,
загрязнение воздуха, кислотные дожди, озоновый слой.
Abstract.
There is a growing demand for information about the environmental
changes taking place in our society today, which cause much controversy, as it does
all over the world. The article describes in detail the changes in environmental
conditions under the influence of external factors, their causes and consequences,
requirements and recommendations on this topical issue based on scientific and
completed conclusions.
Keywords.
Global warming, greenhouse effect, air pollution, acid rain, ozone
layer.
Kishilik jamiyatining ilg’or qismi, olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari
rahbarlarining e’tibori hozirgi kunda butun insoniyat uchun global hisoblangan
“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
60
w
www.oriens.uz
2021
January
ekologiyaning dolzarb muammolariga qaratilgan bo’lib, bu muammolarni o’zaro
hamkorlikda hal qilinishini talab etadi. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini samarali
ravishda hayotga tadbiq etish uchun yuksak hurmatga ega bo’lgan xalqaro apparat
bunyodga kelmog’i talab qilinadi. Hozirgi zamon fani yuksak rivoj darajasiga ega,
ekologiyaning global muammolarini hal qilish uchun intellektual kuch yetarli va bu
muammo ma’lum davr ichida yechilishi muqarrar.
XXI asr boshida insoniyat qanday muammolar bilan to’qnash kelmoqda? Bu
oddiy ritorik dabdaba emas. Hozirgi kunda yer kurrasining deyarli barcha
mamlakatlarida namoyon bo’layotgan sotsial-iqtisodiy krizis inson va tabiat
muammosi bilan vobasta bo’lgan global ekologik muammolar tufayli chuqurlashib
borayotir. Bu muammolar qo’qqisdan yuzaga kelmagan. U insoniyatning butun
tarixiy taraqqiyoti davomida murakkablasha borgan, insonning xo’jalik faoliyati
davomida, kishilik jamiyatining tabiat bilan o’zaro munosabatlari jarayonida sodir
bo’lgan. Umumsayyoraviy ekologik muammolar sifatida aholining shiddatli tarzda
tartibsiz ko’payib borishi, xomashyo va energetik resurslarning kamayib
borayotganligi, global isish, havo, suv, tuproqlarning ifloslanishi bilan bog'liq bo'lgan
muammolarni aytib o’tish mumkin.
Aholi sonining ko’payishi
XX asrning boshlarida yer yuzi aholisi 1,6 mlrd. kishidan iborat bo’lsa, asrning
oxiriga kelib, ya’ni 1999-yilda 6 mlrd. ga yetdi. Endilikda aholi soni surunkasiga
ortib boryapti. Yer shari aholisi yiliga 2-4 % miqdorda ko’paymoqda. Ko’payish shu
yo’sinda boradigan bo‘lsa, yer yuzi aholisi har 25-30 yildan so‘ng 2 martaga ortadi.
Demograf olimlaming hisoblariga ko’ra, 2150-2200 yilga borib, yer yuzi aholisining
umumiy soni 13-15 mlrd. ga yetadi. Ularning fikricha, aholining bunday surunkasiga
ko’payishi kelgusida tabiiy zaxiralarining barcha turlaridan foydalanishga bo’lgan
talabning borgan sari ortib borishi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi natijasida
ocharchilik boshlanish xavfini tug’ilishiga sabab bo’ladi. Hozirning o’zidayoq,
ko’pchilik Osiyo va Afrika mamlakatlarida ocharchilik tufayli sodir bo’layotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |