Mustaqil ish
Maktabgacha talim asoslari fani
Uc hinchi mingyillikning bolasi , Bolajon , Ilk qadam dasturlarini taqqoslash
Reja
1.Uchinchi mingyillikning bolasi
2 bolajon ilk qadam
3 bu dasturlarni mohiyati va solishtirish
Tayorldi: Fazilova Ziroatxon ms 1.21 gurux talabasi
Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi. Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko`p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan sog`lom, har tomonlama barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar qo`lida. "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatmizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir" , deb ta`kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch" kitobida.
Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo`lidagi davlat siyosatining eng ustivor yo`nalishlaridan etib belgilandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog`lom turmush tarziga rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o`g`il-qizlarimizni jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o`zbek sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksalitirish asosi bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilib, yoshlar o`rtasida sportni rivojlantirishning noyob tizimiga asoso solindi. Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-oktbrdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi va 2004-yil 29-avgustdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risida"gi farmonlari bolalar sportini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo`layotir.
Islom Karimov Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilganidan buyon o`tgan davrda bu sohada mamlakatimizda katta tajriba to`planganini alohida qayd etdi. Bugun yurtimizda sog`lom va barkamol avlod voyaga yetayotgani, o`z iste`dodi va mahorati bilan jahon arenalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritayotgan ko`plab yosh sportchilar yetishib chiqayotgani sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor samarasidir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar singari ta`lim tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Prezidentimizning mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligini tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997yilda "Ta`lim to`g`risida" gi Qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi-maktabgacha ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har tomonlama ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan qaramoqni talab etadi. Negaki, bugunki bolakay yoki qizaloq zimmasida XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom, bilimli, aqlli bo`lib jamiyatimizning faol a`zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibti. Bunda esa ular sizu-bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz.
Mamlakatimiz kelajagi uchun sog`lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati juda katta. So`nggi yillarda sport va jismoniy tarbiya yoshlаr hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi Farmonida "bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarda sport ko`nikmalarini singdirishning sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlarida mashg`ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga ko`maklashish" lozimligi alohida ta`kidlandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilanadi, Shu bilan birgalikda biz ham shu mavzuga qo`l urib, ilmiy, ilmiy-uslubiy manbalarni taxlil qildik, ko`pgina ilmiy anjumanlar materiallarini o`rganib chiqdik.Ilmiy amaliy anjumanlar materiallaridan mavzuga oid quyidagi: "Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayorgarligi dinamikasi va uning yosh bilan bog`liq xususiyatlari" Masharipova M. (2005y), " Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya tizimida jismoniy mashqlarning o`rni" Salixova G.(2005y) "Otaonalarning oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish uslubi" Atoev A, Ibragimov B.(2008y) , "Maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o`yinlarning o`ziga xos xususiyatlari"Yo`ldosheva G,Davronova D. (2008y), "Maktabgacha ta`lim muassasalarida sayr qilishni tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyati" Sultonov R, Kambarov D.(2009y), "Jismoniy tarbiya va sport ta`limidagi muammolar yechimi yo`lida "Mavlonov A, Mamirova D, Xoliqov A.(2009y)va boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |