Bog'liq НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV Toshkent shahri, yil 14-iyul.
Keyingi yillarda sportning eng ommaviy turi - futbolga e’tibor katta davlat siyosatiga ko‘tarilganini aytish joizdir. Bu borada «0‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi 338-sonli qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu farmonda ko‘zda tutilgan vazifalami bajarish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilindi.
Jumladan, Futbol bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati mak- tabi 0‘zbekiston futbol Federatsiyasining tasarrufiga o‘tkazildi. Futbol bo‘yicha murabbiylar va hakamlar respublika maktabi tashkil etildi.
Bolalar va o‘smirlar futbol maktablarining hamda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan futbol klublarining ish faoliyatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha 0‘zbekistonda futbolni rivojlantirish kompleks Dasturi ishlab chiqildi va uning ijrosi nazorat qilib borilmoq- da. Shunday qilib yuqorida sanab o‘tilgan muhim amaliy chora- tadbirlar o‘z samarasini bera boshladi. Shu o‘rinda birgina 2006- yil natijalarini keltirish o‘rinlidir. Ushbu 2006-yil Ommaviy sport tadbirlarining taqvim rejasiga asosan sportchilarimiz 300 ta xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib, 325 ta oltin, 325 ta kumush, 405 ta bronza, jami 1055 ta medallami qo‘lga kirit- dilar,
yil mobaynida 346 ta respublika musobaqalari va 150 ta o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazildi. Mazkur taqvim reja 2006-yil 28-noyabr - 15-dekabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) bo‘Iib o‘tgan XV Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi, Turino shahrida (Italiya)
qishki va 2008-yil Pekin shahrida (Xitoy) XXIX Yozgi Olimpi- ya o‘yinlariga munosib qatnashish uchun eng muhim bosqich hisob- landi.
0‘zbekistonda sportchilaming yutuqlarini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
22-avgust kunlari Pekin shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tgan yen- gil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Svetlana Radzivil balandlikka sakrashda birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 24-30-sentabr kunlari Guanjou shahrida (Xitoy) ho"lib o‘tgan erkin kurash bo‘yicha jahon chempionatida Artur Taymazov 120 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi.