30 yosh va undan kattalar
40%
15 yoshgacha
36%
30 yoshgacha
Viloyat - 14 Тшпап (shahar) - 199 Boshlang'ich tashkilotlar - 17266 Harakat a’zolari soni - 4 609 800
0‘zbekiston hukumati aholi aqliy imkoniyatlarini kengaytirish va ma’naviy yetukligini ta’minlash asosida mustaqillikning sof insonparvarlik mazmunini chuqurlashtirish hamda uning jamiyatning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishiga katta umid bog‘lagan. Shu bois amalga oshirilgan tadbirlarga tanqidiy nazar bilan qaraydi. Boy berilgan imkoniyatlar yo‘l-yo‘lakay o‘rganib, tuzatib boriladi. Ijodiy va ilmiy kuchlarga ko‘maklashuvchi qator jamoat tashkilotlari faoliyatiga ana shu nuqtayi nazardan baho berildi. Natijada uning kuch va imkoniyatlarini birlashtirish maqsadida 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkorlarga, olimlarga va tadqiqotchilarga ko‘maklashuvchi, umuman yoshlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi «Kamolot» jamg‘armasi ta’sis etildi. «0‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» jamg‘armasi yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, chuqur bilim, kasb egallashi, o‘zlarida yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlari hosil qilishi, ulaming istiqlol ishining da- vomchilari bo‘liby yetishishlarida ko‘p qirrali yordam ko‘rsatishni o‘zining dasturiy vazifasi qilib belgiladi va bu borada bir qator ishlami amalga oshirdi. Keyinchalik jamg‘arma «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. Uning faoliyatini yanada tako- millashtirishda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil
oktabrda qabul qilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo‘llab-quwatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida»gi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mavzuga doir material
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
yil 10-oktabrdagi qaroridan
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ma’naviy-ma’rifiy sohaga daxldor bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan yoshlar masalalarini, avvalambor ulaming dolzarb muammolarini yechish, jamiyatdagi o‘mi va mavqeyini oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan sovuqqonlik, beparvolik va mas’uliyatsizlik holatlari- ni bartaraf etish, eng asosiysi, hayotga kirib kelayotgan avlodning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bu borada «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga suyanish va tayanish vazifasi mazkur davlat tashkilotlari faoliyatining muhim yo‘nalishi, deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat- da tashkilotning Dasturi va Nizomiga tegishli o‘zgartishlar kiritish, uning tarkibiy tuzilmasini yangitdan tasdiqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Maslahat kengashining Harakatning navbatdagi II qurultoyini 2006-yil noyabr oyining oxi- rida o‘tkazish va uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dastumi kun tartibining asosiy masalasi sifatida belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi qurulto- yiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha boshlang‘ich va quyi tashkilotlaming takliflari asosida tayyorlangan chora- tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq ma’qullansin va qurultoyni o‘tkazish hamda yoritishda Harakat faoliyatini chuqur tahlil qilib, tanqidiy baho berish, mamlakatimiz yoshlari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalami hal etishga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilsin.
2006-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida 0‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining II Qumltoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 600 nafar delegat ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari Markaziy Kengash raisi Akrom Ali- movning hisoboti hamda joylardagi Konferensiyalar davomida bildi- rilgan ko‘pdan ko‘p taklif va fikr-mulohazalarga asoslanib, yoshlar- ning talab va istaklaridan kelib chiqib tayyorlangan dastur va Nizom loyihasi bo‘yicha ma’ruzani muhokama qildilar. Qizg‘in muhoka- malardan so‘ng «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Dastur va Nizomi loyihasi bildirilgan fikr va takliflami hisobga olgan holda tasdiqlandi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo‘llab-quwatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida»gi qarorining joylarda bajarilishini o‘rganish, joylarda yoshlar bilan olib borilayot- gan ishlar darajasini, yoshlaming mavjud muammolari va ulami hal etish ahvolini tahlil etish maqsadida tashkil etilgan Ishchi guruhlari
yilning 12-25-fevral kunlari Respublikamizning barcha vilo- yatlarida bo‘lishib, joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu boradagi mavjud muammolarini (ulaming yechimini ham) tahlil etishdi, pirovardida yoshlaming mamlakat miqyosida yechimini kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida turgan dolzarb masalalami o‘rganib, joylarda tegishli tashkilotlar bilan bu borada hamkorlikda faoliyat yuritish chora-tadbirlari belgilandi.
84 kishidan iborat maxsus komissiya har biri 6 kishidan iborat bo‘lgan ishchi guruhlarga bo‘linib, barcha viloyatlarga xizmat sa- fariga chiqishdi. Joylarda ularga viloyat boshqarmalari, tashkilotlari, muassasa va korxonalari vakillari biriktirildi. Ishchi guruhlari a’zolari uchun tegishli savolnomalar ishlab chiqilib, o‘rganishlar mobaynida asosiy e’tibor quyidagi uch yo‘nalishga qaratildi.
Tashkil etilgan ishchi guruhlari 2007-yilning 12-25-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahrining 199 tumanida bo‘lishib, joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu boradagi mavjud muammolarini (ulaming yechimini ham) tahlil etishdi, pirovardida yoshlaming mamlakat miqyosida yechimini kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida turgan dolzarb masalalami o‘rganib, joylarda tegishli tashkilotlar bilan bu borada hamkorlikda faoliyat yuritish chora-tadbiriarini belgilashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |