«Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o‘ylab ish qilish qurol kuchidan ko‘ra o‘n baravar foydaliroqdir», degan dono so‘zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so‘zlar hozirgi tilda nizoli masalalami siyosiy muloqot, ogohlantimvchi diplomatiya yo‘li bilan hal qilishni bildiradi.
Amir Temuming tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug‘rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi.
Bu faqat ulkan afzallikdagina emas, savdogarlar, xalqlar hech qanday to‘sqinliksiz harakat qiladigan yangi yo‘llaming ochilishida ham namoyon bo‘ldi.
0‘zaro ishonch, hamkorlik, umumiy murosaga kelish mum- kinligiga aminlik o‘sha murakkab va jo‘shqin davr quvonchlari va azoblarida vujudga kelgan asosiy qadriyatlardir.
Buyuk strategik, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabat- laming qat’iy islohotchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madani- yatning homiysi bo‘lgan Amir Temur «Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan» davlatni barpo etdi.
UNESKO qarorgohidagi ushbu ko‘rgazma Amir Temuming «Chindan ham ishlarimiz bizni ko‘rsatib turadi!», degan mash- hur so‘zlarini yaqqol tasdiqlamoqda.
Markaziy Osiyo madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish hamda qayta tiklashga doir maxsus dastumi ishlab chiqish va amalga oshirishga YuNESKOning qo‘shgan ulushini 0‘zbekiston yuksak darajada qadrlaydi.
Bu 0‘zbekiston uchun, ayniqsa, qimmatlidir. 0‘zbekistonda, ma’lumki, mash’um sovet davrida ko‘plab madaniyat yodgorliklari buzib yuborilgan, yer bilan yakson qilingan edi.
Shu sababli biz amalga oshirilayotgan turli loyihalarda, xususan, 0‘zbekiston hududidagi arxeologiya ekspeditsiyalarida turli mamlakatlar, shu jumladan, Yaponiya va Fransiya olimlari hamda mutaxas- sislarining ishtirokini juda qadrlaymiz.
Qo‘riqxona majmualaridagi ta’mirlash ishlarida, mamlakatimizda xalqaro turizm industriyasini barpo etishda katta yordam ko‘rsatilmoqda.
Xonimlar va janoblar!
UNESKOdagi ko‘rgazma hammangiz uchun 0‘zbekistonga, Amir Temur Vataniga borishga o‘ziga xos taklifnomadir.
Ishonchim komilki, me’morchilik yodgorliklari, qadimgi qo‘lyozmalar, Turkiston xalq ustalari yasagan buyumlar asrlar osha sizlarga ulug'vorligi va badiiy shakllaming puxtaligi bilan, fikr va ijod teranligi, ma’naviy sofiik bilan zavq bag‘ishlaydi.
Ular aql-idrokni yuksaklikka ko‘taradi va hozirgi inson G‘arbdami yoki Sharqdami - qayerda yashamasin, uning qalbiga yetib boradi.
Ko‘z oldingizda ochilgan ko‘rgazma ma’naviy va madaniy qadriyatlar bizni bir-birimizga yaqinlashtiradigan, hamjihatlikka erishishda yordam beradigan, hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi- gan boylik ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.Amir Temur zamonasida yaqqol namoyon bo‘lgan bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bugun bizga yaxshi namuna bo‘lib xizmat qilaver- sin.
Qadim-qadim zamonlarda vujudga kelgan Buyuk ipak yo‘li yashayversin, qayta tiklanib, Sharq bilan G‘arb hamjihatligiga, tinch va bunyodkorlik aloqalariga xizmat qilaversin.
Do'stlaringiz bilan baham: |