Shahrisabz shahrida Amir Temur haykalining ochilish marosimida so ‘zlangan nutq, 1996-yil 18-oktabr
Adolat va qudrat timsoli
Sohibqiron Amir Temuming 660 yillik tavallud to‘yi mamlakatimizda zo‘r shod-u xurramlik bilan davom etmoqda. 1996-yil 18- oktabr kuni Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ulug‘ bobomizning muhtasham haykallari qad rostladi. Bundan uch yil muqaddam go‘zal Toshkent markazida hazrati Temuming ulug‘vor suvoriy hay- kali o‘matilgan edi.
Endilikda bir-biri bilan uzviy bog‘liq uch muazzam badiiy obida shavkatli ajdodimizning adolat va qudrat ramzi bo‘lgan benazir siy- mosini yaxlit holda tasawur etish imkonini beradi.
Samarqand va Shahrisabzdagi tantanalar chog‘ida Sohibqiron timsolini mujassam etgan haykallar marosimga yig‘ilgan jamoat, uzoq-yaqin mamlakatlardan kelgan mehmonlaming hayrat va haya- joniga sabab bo‘ldi. 0‘zbekiston Milliy axborot agentligining mux- biri Prezident Islom Karimovdan Amir Temur obrazining mazkur badiiy talqinlari haqidagi taassurotlarini so‘radi. Yurtboshimiz mux- biming savoliga ko‘tarinki kayfiyat bilan javob berib, jumladan bunday dedi:
Awalo, bu haykallarga Amir Temuming salobatli va ulug‘vor qiyofasi munosib tarzda yaratilgan, deb aytsak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shaxsan men Sohibqiron bobomizning siymosiga boqar ekanman, vu- judimni ichki bir hayajon chulg‘aydi. Diqqat bilan qarasangiz, hazrati Temuming nuroniy, shijoatli qiyofasida u zotning bu dunyoga kelib qilgan ishlaridan, kezgan yo‘llaridan, suronli o‘tgan umridan, tuzgan beqiyos davlatidan mamnunlik ifodasini uqish mumkin.
Haqiqatan ham, Samarqanddagi yodgorlikda Amir Temur buyuk saltanat taxtida sultonlar sultoniga mos viqor va salobat bilan o‘tiribdi. Sohibqironning qaddi-qomati ham, savlati, chehrasi ham uning toza nasl-nasabidan, tangri yorlaqagan ulug‘ zot ekanidan da- lolat beradi.
Amir Temur haykallarida e’tiborga molik yana bir ma’no o‘z ifodasini topgan. Sohibqironning shafqat va ayni paytda qat’iyat bilan boquvchi nigohi uning bepoyon saltanatini qamrab olgan- dek, bu ulkan hududdagi barcha xalqlar va elatlaming ahvol- ruhiyasidan ogoh bo‘lib turgandek taassurot qoldiradi. Go‘yoki bobokalonimiz: «Men bor ekanman, mening ruhim barha- yot ekan, el-ulusda omonlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lg‘ay, menkim Amir Temur - tinchlik va osoyishtalik kafili- man», deb turgandek.
Mening nazarimda, Sohibqironning bu haykallari nafaqat badiiy, balki katta ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Amir Temur bobomizning bemisl shijoat, azm-u qaror va o‘ktamlik fazilatlari namoyon bo‘lgan qiyofasi yoshlarimizni, kelajak avlodimizni buyuk marralarga, ezgu, savobli ishlarga mhlantirishi va safarbar etishiga ishonaman.
Bu go‘zal va ulug‘vor obidalami ziyorat qilganda go‘yoki Sohibqironning dil sadosi yuraklarimizda aks-sado berayotgandek tu- yiladi. «Avlodlarim, unutmang: bizning nomimizni toptashga urin- ganlar, bizning millatimizni, xalqimizni kamsitmoqchi bo‘lganlar bugun zavol topdilar, aksincha, kimki, bizning sha’n-u shavkatimiz- ni, haq va xalq yo‘lida qilgan xizmatlarimizni yod etgan bo‘lsa, ularga Allohning marhamati va zafarlar yor bo‘ldi va hamisha yor bo‘lg‘usidir. Zero, bizning yo‘limiz - adolat va ozodlik yo‘lidir, di- yonat va haqiqat - bizning dasturimizdir».
Bu so‘zlar, har birimizni Sohibqironga munosib zurriyodlar bo‘lishga da’vat etadi.
Chindan ham, Amir Temuming yurtimizda mag‘rur qad rost- lab turgan ulug‘vor haykallari, xalqimizning asriy orzulari, pok va muqaddas niyatlari ushalganidan, duoi fotihalari ijobat bo‘lganidan yana bir dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |