6 - 0‘zbekiston tarixi, 3. 161 www.ziyouz.com kutubxonasi0‘zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yil- ganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993-yil 9-aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi. 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etil- gan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari- ga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat tamg‘asi, 1993-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog ‘ iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan
yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo- rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla- ment Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataladi. Jo‘qarg‘i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qarg‘i Kenges Ra- isi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo‘mita raislari va uning a’zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo‘mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabat- larini shakllantirishga mo‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo‘qarg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bo‘lib, uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, rais o‘rinbosarlari, Ministrlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qo‘mi talar raislari kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijroiya organi Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o‘rinbosar va 4 ta tarmoq o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarki- bini Vazirliklar va qator tarmoq qo‘mitalari rahbarlari tashkil etadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Toshkent shahri- da 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlaming tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda Respublika hududida hukumatga qarashli bo‘lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi» «EKOSAN» «Aralsos», «Sog‘lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlaming bo‘1imlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida Qora- qalpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamona- viy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan bo‘lsa- da, hali bu borada qator muammolar hamon saqlanib qolmoqda.
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayot- gan kamchiliklami chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qonun va qarorlami hayotga to‘la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Shu bois sessiyada nutq so‘zlar ekan, Prezident I. Karimov «... Har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, awaloo‘z tasarrufida belgilangan, topshirilgan ishlar bilan shug‘ullanishini ta’minlash zarur», - deb ko‘rsatma berdi. Sessiyada Qoraqalpog‘iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro‘yirost ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Jo‘qarg‘i Kenges va Ministrlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmi- yatchilik, hujjatbozlik, bo‘lar-bo‘lmas ma’lumotlar to‘plash kabi nuqsonlar tilga olindi.
Kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi rasmiyatchilik va to‘rachilik illatlariga barham berish alohida ta’kidlandi. Jo‘qarg‘i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o‘tmish sarqiti hisoblan- gan sho‘rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Jo‘qarg‘i Kenges qo‘mitalari faoliyati o‘z maqomiga va o‘z ol- diga qo‘ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalaming aksariyati ishlab chiqarishga doir muam- molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug‘ullanish, har bir qo‘mita o‘z sohasi bo‘yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.
Qonunchilik hokimiyati - Jo‘qarg‘i Kenges o‘z vazifasi, Ijro hokimiyati - Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o‘z maqomi doirasida ish olib bormog‘i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston davlat- chiligi shakllanish davri bo‘ldi. Ayni paytda bu o‘lkada hozirgi za- mon davlatchiligi ilg‘or tajribalari asosida, 0‘zbekiston davlatining ko‘magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har tomonlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chu- qurlashmoqda.