Nima uchun bizlarda о‘yin bo‘layapti? Nima uchun har ehtimolga qarshi goh unisi bilan o‘ynaymiz, goh bunisi bilan? Sabab shuki, ko‘pchilik mas’ul rahbarlarda izchil, hayotiy po- zitsiya, fuqarolik burchini teran anglash, bugungi davlat siyosa- tiga aniq munosabat yetishmaydi... Rahbar bo‘lish uchun awa- lambor kurashchi bo‘lish kerak, irodasi baquwat, iymoni butun bo‘lishi darkor». Bu shunchaki oddiy bir gap emas. Mahalliychilik, tor tushunchalar qobig‘idan chiqolmaslik illatlariga burkalib qolish hollari bor. Bu so‘zning tagida mustaqillik mohiyatini pasaytirishga, taraqqiyotimizni ataylab orqaga tortishga intilayotganlar, turli xil- dagi nayrangbozlar-u firibgarlardan xalos bo‘lish, qat’iyat va sabot bilan haq yo‘ldan to‘g‘ri borish va bu yo‘lda birlashib harakat qilish orzu-istagi turibdi. Uning zamirida hamon joylarda amalparastlik, buyruqbozlik, tamagirlik va munofiqlik yo‘qolmayotgani, hokimlar va tashkilot rahbarlari hali to‘la quwat bilan ishlamayotganligi ma- salasi yotibdi.
Bir qism kadrlar zamon shiddatiga bardosh berolmayaptilar. Bu toifadagi odamlaming aksariyati ko‘p yillik boqimandalik, sansolar- lik kayfiyatidan chiqolmayapti, hozirjavoblik, masalani o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish qobiliyatiga ega emas. Iloji boricha ishni orqaga surish, xodimlami esa o‘z fe’l-atvoriga mos ravishda o‘rtamiyona, «qulluqchi», «labbaychi» xillaridan tanlashga intiladi. Yana bir gu- ruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qolgan. Eskicha ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi.
Bunday kadrlar haqida 2001-2007-yillarda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida ro‘yirost gapirildi. Rahbar kadrlaming yana bir turi ham borki, ular haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari. Yangicha fikrlash va yangicha ishlash uchun o‘zlarida qobiliyat ham, g‘ayrat va rag‘bat ham sezadilar. Biroq, ular ba’zan turli xildagi to‘siqlarga uchrab qoladi- lar. Natijada bor imkoniyatlarini ko‘rsata olmaydilar. Bu tabiiy hoi, o‘tish davrining tabiiy qiyinchiligi.
Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida bir necha viloyat, shahar va tuman hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsemlar rah- barlari almashtirildi. Shu yo‘l bilan davlat boshqaruv tizimi mus- tahkamlanmoqda. Joylarda zamonaviy fikrlaydigan, tub islohotlar mohiyatini tushunadigan va ulami amalga oshirishga qodir bo‘lgan kadrlar tanlanmoqda.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda kadrlaming ijtimoiy bazasi har qachongidan ko‘ra kengaydi. Ma’lumki, 70-80-yillarda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab mutaxassis, deb hi- soblangan injener, agronom, iqtisodchilar tavsiya qilinar edilar. Qog‘ozda mavjud bo‘lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa mu- taxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to‘g‘ri kelmaydi. U respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida fidoiylik bilan mehnat qiluvchi barcha tabaqa mutaxassisliklaming eng yaxshi vakillari turli darajadagi rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu bois, rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va mutaxassisliklar vakillari- ning eng yaxshilarini hisobga olib, ulami mustaqillik ehtiyojiga mos tarzda tarbiyalab, turli rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masa- laga aylandi.
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga va mulkchilikning turli-tuman shakllariga o‘tish sharoitida rahbar- laming sifat tarkibini yaxshilash uchun yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar - ishbilar- monlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun butun kuch-g‘ayratini sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb ma- horatiga ega bo‘lgan beqiyos tayanchdir.
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g‘ayratli, tashab- buskor xodimlami hisobga olish bilan, ayni chog‘da ma’lum daraja- da tajriba orttirgan kishilardan ham oqilona foydalaniladigan bo‘ldi.1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bozor islohotlari talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan Milliy dastur tuzish maqsadida «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur tuzish to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. Unda butun ta’lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yangi yo‘nalishga solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qoldi.
1997-yil, avgust oyida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy Dastur» qabul qilindi.
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg‘onish va umuminsoniy qadriyatlami idrok etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida ta’lim-tarbiya berish vazifalari ham belgilab berildi.
Kadrlar tanlovida mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik illat- laridan qutulib bo‘lmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004-2009- yillarda Surxandaryo, Toshkent, Navoiy, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalaridagi ma’ruzalarida alohida e’tibor bergandi.
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov
yil 7-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo‘lgan uchrashuvda «Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuv- lar bilan qurib bo‘lmaydi» mavzuida ma’ruza qilib, bu masalaga alohida urg‘u berib shunday deydi. «Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu davlat xodimlarini lavo- zimga tanlash va tayinlash bilan bog‘liq. Bu haqda gapirganda ko‘p uchraydigan bir holatni taassuf bilan aytishga majburman. Masalan, bir nomzodga ishonch bildirib, uni vazirlik lavozimiga qo‘yamiz. Yarim yil, bir yil o‘tgach, qani ishlaringizni bir ko‘raylik, deb u boshqarayotgan sohaning ahvoli bilan qiziqsan- giz, har qaysi bo‘lim yoki tarmoqqa boshqaruv ishiga o‘zining tanish-bilishlari, qarindoshlarini, bir paytlar G‘allaoroldami, yoki boshqa joydami, birga ishlagan og‘aynisini qo'ygan bo‘lib chiqadi. Ya’ni mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik kasaliga duchor bo‘ladi. Qachonki, biz kadrlar masalasining ishimiz- ga eng katta ziyon yetkazadigan mana shunday salbiy tomon- larini bartaraf etolsak, ko‘p muammolami yechishga imkon tug‘iladi».
Prezident I. Karimov kadrlar siyosatidagi yangicha talablami o‘rtaga qo‘yar ekan, muhim bir talabni ilgari surdi. Hukumatning yangi a’zolariga murojaat qila turib shunday dedi: «Hammangizga ma’lumki, bizda davlat bosh islohotchi degan tamoyil bor. Bu- gun shu iborani yangicha mazmunda qoilab aytadigan bo‘lsak, asosiy islohotchi davlat xodimi bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda islohotlar taqdirini eng awalo davlat va hukumat idoralarida mas’ul lavozimlarda o‘tirgan odamlar hal qi- lishini, binobarin ular shu masalaga bevosita javobgar ekanini barchamiz chuqur anglab olishimiz shart».
Shunday qilib, mamlakatda rivojlanishning keyingi yillarida shakllangan kadrlar quvvatiga tayangan holda mustaqillik sharoi- tida yangicha kadrlar siyosati ishlab chiqildi. Chunonchi, siyosiy yetuklik, axloqiy fazilatlar, tashkilotchilik qobiliyati bilan birga bo- zor iqtisodiga o‘tish jarayonida ishbilarmonlik, tadbirkorlik, xalq bilan uzviy bog‘liqlik, uning ijtimoiy kafolatini ta’minlashga qodirlik birinchi va asosiy mezon hisoblanadigan bo‘ldi. Shubhasiz, kadrlar siyosatidagi bu yo‘l mustaqillikni mustahkamlashning muhim omil- laridan biri edi.Uchinchi bob
Do'stlaringiz bilan baham: |