Uchinchi kitob


JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH DAVRIDA SIYOSIY ISLOHOTLAR



Download 57,25 Mb.
bet23/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH DAVRIDA SIYOSIY ISLOHOTLAR

  1. §. 0‘zbekistonda Oliy davlat vakillik organi - Qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi

0‘zbekiston tarixida birinchi marta butunlay yangi sharoitlarda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar keng qamrovli yangilanish­lar amalga oshirilishi yirik tarixiy va ijtimoiy hodisa. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar bu ishlar- ning eng muhimi hisoblanadi.
0‘tgan asming 90-yillari boshiga kelib yosh mustaqil davlat- lardagi siyosiy vaziyat shunday ediki, ular oldida ijtimoiy rivojla­nishning ikki yo‘li turar edi. Birinchisi, xalq xo‘jaligini awalgidek sotsialistik yo‘nalishda rivojlantirish. Ikkinchisi, taraqqiyotning sot­sialistik ham, kapitalistik ham emas, balki jahon amaliyoti sinovidan o‘tgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli, demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borish edi.
Ma’lum bo‘ldiki, tuzumning sotsialistik taraqqiyot yo‘li sovet ja­miyati misolida mutlaqo o‘zini oqlamadi. U ma’muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan bo‘lib, xalqning ijodiy, erkin mehnatiga qulay sharoit yaratmas edi. Ikkinchisi esa rivojlangan mamlakatlar sinovi- ga bardosh bergan, xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan yo‘l edi. 0‘zbekiston shuni tanladi, shu yo‘lning siyosiy va huquqiy asoslari­ni yaratishga qaratilgan islohotlami amalga oshirishga dadillik bilan kirishdi. Shu tariqa 0‘zbekiston mustaqil, huquqiy, demokratik dav­lat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘liga kirdi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida jahon hamja- miyatiga kirish yo‘lini tutdi. Prezident I. Karimov «0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» kitobida «Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijti­moiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak», - deb ko‘rsatgan edi. Ayni chog‘da siyosiy sohada bu «...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajra- tish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyo­siy tizimini davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika hukumati hamda mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qo- nunchilikni vujudga keltirishi mumkin», - deb ta’kidlagan edi. Ana shu yo‘l-yo‘riqlair va ko‘rsatmalar asosida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

  1. yilning 18-fevralida 0‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi saylandi. U o‘z faoliyatini boshlagan paytda sobiq sho‘ro tuzumining qonunlari amalda edi. Mustaqil 0‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti endi yangi tipdagi qonunchi­lik tizimini taqozo etar edi. Shuning uchun ham Oliy Kengash 0‘zbekiston mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunchi­lik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. 1990-1994-yillarda Oliy Kengash 200 ga ya- qin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi marta mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklara- tsiyasini qabul qildi, Oliy Kengashning 0‘zbekiston mustaqilligi ha­qidagi tarixiy qonunlami, xususan, Asosiy qonun - Konstitutsiyani qabul qilganligi ham yurtimiz tarixidagi ulkan hodisalar hisoblanadi.

Oliy Kengash shu va shu kabi boshqa qonun hujjatlari bilan mamlakatda siyosiy islohotlami yanada chuqurlashtirishning huqu­qiy asosini yaratib berdi.
Ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan qat’iy borish, awalo, 0‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyat- larini tashkil etishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqishni taqo­zo etardi. Ma’lumki, yangi Konstitutsiyaning V bo‘limi davlat hoki­miyatini tashkil qilish tamoyillarini o‘z ichiga oladi. Shu bo‘limning XVIII bobi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirishga bag‘ishlangan va uning 76-moddasida: «0‘zbekiston Respublikasi­ning Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqa­ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi», - deb mustahkamlandi.
0‘zbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda si­yosiy islohotlar amalga oshirilar ekan, 1993-yil 28-dekabrida bo‘lib o‘tgan mamlakat Oliy Kengashining XIV sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida», 1994-yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Bular demokratik ta- moyillarga asoslangan hokimiyat bo‘linishining eng xalqchil va za- monaviy shakllari hisoblanadi. Ayni paytda bu sohada tub islohotlar- ni amalga oshirish zamrati borligini ham ko‘rsatadi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish