Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet22/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

«79-modda. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo­nunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

  1. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa­latasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalaming raislari va ulaming o‘rinbosarlarini saylash;

  2. 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga bi­noan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palata­si deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masa- lalami hal etish;

  3. 0‘z faoliyatini tashkil etish va palatani ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  4. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masala­lar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o‘tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabming birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari za- ruratiga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o'tkaziladigan bo‘ldi.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kami­da yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

  1. modda. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun­chilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.

  1. modda. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. Se- nat Raisi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Rai­si o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy soni­ning ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi».

  1. modda quyidagi tahrirda bayon etildi:

«0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 0‘zbekiston Respub- likasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir.

  1. modda quyidagi tahrirda bayon etilgan: «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha ka­mida 10 yil 0‘zbekiston hududida muqim yashayotgan 0‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunka- siga ikki muddatdan ortiq 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 0‘zbekiston Respub­likasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil mud- datga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi 0‘zbekiston Respublika­sining qonuni bilan belgilanadi».

  1. modda quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi». Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq hayoti- ning demokratik huquqiy asoslarini yaratish, jamiyat boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish maqsadida davlat hokimiyatini tarmoqlarga bo‘linishi asosida milliy davlatchiligimiz- ning poydevorini barpo etishga katta e’tibor qaratildi.

Konstitutsiyamizda jamiyat va davlat qurilishining asosiy tamo­yillari, fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari va strategik yo‘nalishlari mustahkamlanib qo‘yildi.
Haqiqiy demokratik me’yor va tartiblar asosida 0‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslandi. Vazirlar Mahkamasi, ya’ni Hukumat ijroiya hokimiyati tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.

  1. modda quyidagi tahrirda bayon etildi: «0‘zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga oshiradi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi 0‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti tomonidan shakllantiriladi. 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi- ga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari to­monidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy soha- ning samarali faoliyatiga rahbarlikni, 0‘zbekiston Respublikasi qo­nunlari, Oliy Majlis qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqa­rolar tomonidan bajarlishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosa- batlarda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi. 0‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, 0‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalami bajaradi.
0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruv- chi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, ush­bu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, 0‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli».
Mustaqillikning o‘tgan davri shuni ko‘rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda amalga oshi­rilgan ishlaming huquqiy asosi sifatida o‘zini namoyon qildi. Xal­qimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo‘llanma deb hisoblaydi. 0‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat’i na­zar barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuning uchun ham 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni, uning mohiyatini chuqurroq o‘zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi.
Shu nuqtayi nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «0‘z- bekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida» farmoyish chiqardi. Ushbu farmoyishga asosan, Kons­titutsiyaning jamiyatdagi o‘mi va ahamiyatini, mazmuni va mohi­yatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o‘quvchi yoshlarda mustahkam bilimlami shakllantirish talablari qo‘yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta’limning yuqori bosqichi - magistratura- gacha, yoshlaming huquqiy bilimlarini oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi doktoranturaga- cha bo‘lgan bosqich ham kiradi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezi­denti bir paytning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham eka- nini belgilaydigan normalaming o‘zgartirilishi muhim siyosiy- huquqiy qadam bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo‘lib, davlat ho­kimiyati organlarining o‘zaro uyg‘un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchay­tirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlami chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi.
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlari- da xohish-irodasi va fikmi ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifa- ni hal etish maqsadida parlamentdagi ko‘pchilik ovoz bilan siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalar- ning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ulaming faoli­yatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy par­tiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament to­monidan tasdiqlanishining qat’iy belgilangan tartib va mexanizmi- ning joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik islohotlami chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalaming Qo­nunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazimi iste’foga chiqa­rish, mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat ho- kimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bu­laming barchasi siyosiy partiyalaming mamlakat hayotidagi о‘mi va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, awalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalami hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ish- larini moliyalashtirish, odamlami ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hoki­miyat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich о ‘tkazish j arayoni amalga oshirilmoqda.
I к к i n ch i bob

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish