Birinchi ustuvor yo‘nalish - mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati, shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sar- hadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash.
Uchinchi ustuvor yo‘nalish - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish - inson huquqlari va erkinliklari- ni, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlaming ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillami amalda joriy etish.
Beshinchi ustuvor yo‘naIish - jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining о‘mi va rolini oshirish, ulaming faoliyat doirasini kengaytirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jara- yonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish.
Oltinchi ustuvor yo‘naiish - sud-huquq sohasini isloh qilish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini ta’minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklari- ni himoya qilish, huquq organlarini «jazolovchi» organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish.
Yettinchi ustuvor yo‘nalish - islohotlaming samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish de- mografik va boshqa milliy xususiyatlami hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qilish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakl- lantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy hodisadir.
O‘zbekistonda islohotlami amalga oshirishning izchil mexaniz- mi yaratildi. Buyuk kelajakka qaratilgan yalpi yangilanishlar kon- sepsiyasi vaqt o‘tgani sayin shakllantirib, rivojlantirib borilmoqda. Buni Prezident I. Karimov 2005-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis qo- nunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mam- lakatni modernizatsiya va isloh etishdir» mavzusida ma’ruza qildi. Unda ko‘p qirrali islohlami amalga oshirish tamoyillarini yana ham chuqurlashtirdi. Jumladan, quyidagilami alohida ta’kidladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |