Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet73/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Ikkinchi omil - rivojlangan mamlakatlar qurolli kuchlarining ilg‘or, samarali yutuqlarini o‘zlashtirib tajriba almashish. Bu o‘rinda mintaqamizga, qolaversa, dunyo xalqlari tinchligiga xavf solib tur- gan xalqaro terrorizmning faollashuvi hisobga olindi va bunday ofat- larga birgalikda qaqshatqich zarba berish ko‘zda tutildi.
Nihoyat, uchinchi va bu eng muhim omil - Qurolli Kuchla- rimizning har tomonlama yetuk, barkamol shaxsiy tarkibga ega bo‘lishidir. Ushbu islohotlar samarasini har bir fuqaro Qurolli Kuch- larimizning bugungi jangovar qiyofasida yaqqol ко‘rib turib, shu o‘rinda mustaqillik yillarida professional saviyasi yuqori bo‘lgan milliy ofitserlar tayyorlash haqida ham to‘xtash lozim.
Vatanimiz mustaqilligiga qadar ofitserlar safida mahalliy kadr­lar juda ozchilikni tashkil etardi. Unutib bo‘lmaydigan bir jihat bor: posbon har qancha professional bo‘lmasin, o‘zga yurtni o‘z Vatani- dek sevib qo‘riqlamaydi. Bu professional ofitserlar safini mahalliy milliy kadrlar hisobiga to‘ldirish dolzarb masala ekanini anglatadi. Harbiy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar o‘z samarasi- ni berdi. Harbiy bilim yurtlari, ulardagi fakultet va kafedralar soni oshdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. Bu maskanlami bitirgan ofitserlarimiz yurtimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga qodir.
Vatan o‘z xaloskorlari qadrini hamisha baland qo‘yadi. Vazir- lar Mahkamasining 1994-yil 3-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatchilaming bir oylik xizmati ikki oylik mehnat staji- ga tenglashtirilgan. Qurolli Kuchlarimizning ichki xizmat nizomida «davlat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy muhofazasini kafolatlaydi, ularga yetarli va munosib turmush darajasini yaratish, xizmat va maishiy sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshiradi» deya ta’kidlagan.
Hukumatimiz muddatli harbiy xizmatchilaming oila a’zolari uchun ham qator qulayliklar yaratdi. Masalan, farzandi muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan xonadon sohibi yer solig‘idan ozod etila- di. Mamlakatimiz aholisining aksariyati qishloq joylarida istiqomat qilishini, asosiy daromadlari shaxsiy tomorqadan ekanini nazarda tutsak, bu - askar o‘g‘il tarbiyalagan oilalar uchun juda katta imko- niyat.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-mayda qabul qilingan qa­roriga ko‘ra, harbiy xizmatchilaming oylik maoshlari ikki barobar- ga, xizmatdan zaxiraga bo‘shatilganda beriladigan nafaqa miqdori esa eng kam ish haqining sakkiz baravariga oshirilgan.
Shu o‘rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 31-oktabrdagi qaro­ri ahamiyatini alohida ta’kidlamoq joiz. Unga ko‘ra harbiy qism tav- siyanomasiga ega bo‘lgan yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lsalar, test sinovlarida to‘plagan ballarining 25 foizi miqdorida ball qo‘shib beriladi.
Harbiy xizmatdan so‘ng kontrakt asosida o‘qishga qabul qilin­gan talabalar agar o‘qish davrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy haraka- tining boshlang‘ich tashkilotlari faol a’zosi sifatida o‘zlarini namo- yon etishsa, ularga kontrakt to‘lovining 35 foizi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Prezident I. Karimov aytganlaridek: «hayot bor ekan, davlat, el-yurt bor ekan, o‘zing tug‘ilib o‘sgan, ota-bobolarning xoki yotgan, ertaga farzandlari kamol topadigan tuproqning har bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash, zarur bo‘Isa bu yo‘lda jon fido etishga tayyor turish kerak». Shu fikrlar bilan 0‘zbekiston Qurolli Kuchlarini shaxsiy tarkibi yurtimiz tinchligi, xalqimiz omonligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrab yurishibdi va abadiy asraydilar.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsi- yasiga asoslanib, Markaziy Osiyo mintaqasida tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan hol­da, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlaming har tomonlama chu­qur tahlili va Qurolli Kuchlami barpo etishning mutlaqo yangi prin- siplari negizida armiyamizni isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan Dastur yaratildi. Bundan bosh maqsad - ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-yaroq va texnika bilan ta’minlangan, strategik va taktik vazifalami samarali hal eta oladi­gan, sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va xurujlami bartaraf etish va ularga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan kuchli armiya­ni yaratishdan iborat edi.
Qurolli Kuchlarimiz va ulaming asosiy jangovar bo‘linma- larining prinsipial nuqtayi nazardan mutlaqo yangicha tashkiliy- tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo‘limlar, rotalar, polklar, yordam- chi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli samara bermaydigan bo‘linmalar tugatildi. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida armiyamiz va uning qismlarining yuqoridan quyigacha bo‘lgan qurilishini tubdan qayta tashkil etish, ulaming harakatchanligi va tezkorligini, jangovar imkoniyatlarini kuchaytirish, eng muhimi, barcha darajadagi koman- dirlaming mustaqilligini ta’minlash va mas’uliyatini oshirish imko- nini beradi.
Shu bilan birga, o‘ta muhim jangovar topshiriqlami bajarishga yo‘naltirilgan Maxsus operatsiyalar bo‘yicha kuchlaming qismlari tashkil etildi. 0‘ziga xos alohida tayyorgarlik tizimiga ega bo‘lgan, zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlangan ushbu bo‘linmalar ehtimol tutilayotgan dushmanning har qanday tajovuzkorona xatti- harakatlariga munosib zarba berishga qodir qudratli kuch sifatida shakllandi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari tog‘li hududlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchilaming jangari to‘dalarini yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar buning yaqqol tasdig‘idir.
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqarti- rilgani, qo‘shinlaming sifat tarkibini yaxshilash va ulaming safini to‘ldirish tartiblarining takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlangani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmati joriy etilga- ni, shartnoma-kontrakt asosida xizmat o‘tash jarayoni amalda yakun- langani armiyaning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar qobiliyatini tubdan o‘zgartirdi.
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan serjantlar tayyorlash maktablari barpo etildi va ular zamo­naviy jangovar-o‘quv bazalari bilan ta’minlandi. Bugun serjantlar tarkibi armiyamizning tom ma’nodagi tayanch ustuniga askarlaming ustozi, ofitserlaming eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda.
Mustaqillik yillarida barcha bo‘g‘indagi komandirlaming yuqori professional qobiliyati va malakasini ta’minlash, ulaming intellektu- al saviyasini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli Kuchlar tarkibini sifat ji- hatidan butunlay o‘zgartirish va ulami bugungi kun talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan komandirlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar safiarida xizmat qilish 0‘zbe- kistonning har bir fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki mamlakatimizda orzu qilishga sazovor kasbga aylandi.
Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakat­lar, birinchi galda Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkor­lik sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Qo ‘ shinlarimizning moddiy-texnik bazas ini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash masalasi ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.
Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuch­lar Oliy Bosh Qo‘mondoni I. Karimov bu sohada ishning zarur bo‘lgan masalalari haqida batafsil gapirdi:

  • Biz bugun g‘oyat murakkab va notinch zamonda yashamoq- damiz. Markaziy Osiyo mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan qaltis vaziyat, butun dunyoda davom etayotgan nizo va qarama- qarshiliklar, tobora ko‘lami kengayib borayotgan terrorizm, ekstre­mizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg‘otmasdan qolmay- di, albatta.

Bulaming barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamla­katimiz taqdiri va kelajagi uchun befarq bo‘lmagan har bir insondan doimo hushyor va ogoh bo‘lishni, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashni, davlatimiz sarhadlarini qo‘riqlash va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo‘lgan bar­cha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi vazifalami belgilab berdi;
birinchidan, xavfsizlikka qarshi qaratilgan zamonaviy tahdid va xatarlami tahlil qilish bo‘yicha boshlangan tizimli ishlarimizni da- vom ettirish va chuqurlashtirish, mavjud xatarlaming yaqin va uzoq muddatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini aniqlash, Qurolli Kuchlarimizning mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan har qanday tahdidlarga munosib va samarali tarzda qarshi tura olish imkoniyatlarini baholashga tanqidiy nuqtayi nazardan yon- dashish;
ikkinchidan, qo‘shinlaming zamonaviy qurol-yarog1 va texni- ka, o‘ta aniq ishlaydigan qurollar, boshqaruv va aloqaning elektron, kompyuterli tizimlari bilan, shuningdek, ishonchli anjom-aslaha va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishini yanada yuksaltirish, pirovard natijada birlashma va qismlar, birinchi galda terrorizmga qarshi bo‘linmalaming ta’minot darajasini, jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi va tezkorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish;
uchinchidan, shaxsiy tarkibning o‘quv-jangovar va mashq tay­yorgarligi tizimining samaradorligini kuchaytirish, harbiy xizmat­chilaming yuksak intizomini ta’minlash, ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar va texnikadan mohirona foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalami takomillashtirish. Harbiy xizmatchilaming shaxsiy va guruh tarkibidagi tayyorgarlik darajasi, intellektual sa- lohiyatini oshirishni ta’minlaydigan modellashtirish, simulatsiya va harbiy ta’limning boshqa zamonaviy usullarini keng joriy etish lo­zim.
Barcha bo‘g‘indagi komandirlaming eng muhim vazifasi - ar- miyadagi tarbiyaviy ishlami yanada takomillashtirish, har qaysi har­biy xizmatchi ongida mamlakatimiz taqdiri uchun chuqur mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, ularda yuksak ma’naviy va axloqiy fa- zilatlami tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, vatan- parvarlik hissiyotini kuchaytirishdan iborat ekanini yaxshi anglab olishimiz zarur.
Harbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sifatini oshirishda har yili o‘tkaziladigan va an’anaga aylanib qolgan «Eng yaxshi serjant», «Eng yaxshi guruh komandiri», «Eng yaxshi vzvod komandiri», «Eng yaxshi batalyon komandiri» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu ishlaming barchasidan ko‘zlangan bosh maqsad - yuksak jangovar tayyorgarlik va professionalizmni, harbiy intizomni mus­tahkamlash bo‘yicha qo‘shinlarda o‘zaro musobaqa ruhini kuchayti­rish, seijant va ofitserlarda yetakchilik xususiyatlarini rivojlantirish, harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhimi shakllantirish- dan iboratdir.
Shu bois ana shunday tanlovlami butun armiya miqyosida o‘tkazish tajribasini har tomonlama qo‘llab-quwatlash va kengay­tirish zarur, deb hisoblayman. Tanlovda qatnashadigan harbiy xiz- matchilami munosib taqdirlash tizimini har jihatdan takomillashti- rish, ya’ni tanlov g‘oliblariga muddatidan awal navbatdagi harbiy unvonlar berish, ulami moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish, harbiy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda ular uchun qo‘shimcha im­tiyozlar berishni ko‘zda tutish darkor;
to‘rtinchidan, qo‘shinlar tarkibini yanada maqbul holga kelti­rish, ulaming tashkiliy-tarkibiy tuzilmasini, Qurolli Kuchlami bosh­qarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlami izchil davom ettirish. Bu yo‘nalishdagi eng muhim vazifa - jangovar harakatlar chog‘ida muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi shartlaridan biri bo‘lgan birlashma va qismlaming tezkor harakatlanish imkoniyati va harbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat;
beshinchidan, harbiy xizmatchilar va ulaming oilalarini ijtimo­iy himoya qilish, uy-joy va maishiy sharoiti, tibbiy xizmatdan foyda­lanish imkoniyatini yaxshilash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan ishlami yanada kuchaytirish davlatimiz va jamiyatimizning asosiy vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
0‘z-o‘zidan ayonki, bu vazifaning ahamiyati va mohiyati 2007- yilning yurtimizda «Ijtimoiy himoya yili», deb e’lon qilingani bilan- gina bog‘liq emas, albatta. Ushbu masalaning muhimligi va dolzarb- ligi shundaki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda har tomonlama yaxshi tayyorlangan, yetarli darajada ta’minlangan va ijtimoiy himo- yalangan, qudratli Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, chegaralarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz tinch va osoyishta hayotining mus­tahkam tayanchi va ishonchli kafolati bo‘la oladi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar qatorida mamlaka- timizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashda Qurolli Kuchlarimizning shakllantiri- lishi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
Sobiq SSSR parchalanganidan keyin yuzaga kelgan sharoitda, qurolli kuchlarda boshqamv, intizom va tartib amalda yo‘qotilgan, mamlakat xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar kundan kunga ku- chayib borayotgan bir vaziyatda Mudofaa vazirligini, uning organla­ri va joylardagi qo‘mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o‘z vaqti­da qabul qilingan yakka-yu yagona to‘g‘ri qaror bo‘ldi.
Kadrlar eng awalo, ofitserlar tarkibini saqlab qolish va mustah­kamlash, armiya saflarini milliy kadrlarimiz bilan to‘ldirish, ular­ning tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlash, eng muhimi, mamlakatimizdan jangovar texnika va qurollar olib chiqib ketilishining oldini olish o‘ta muhim ahamiyatga ega edi.
Keyinchalik, mintaqamizdagi tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora­yotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, armiyani isloh qilish bo‘yicha yangi prinsiplar negizida Qurolli Kuchlami barpo etish va tashkil qilishga asoslangan, xavfsizlikka tahdid soladigan real xavf-xatarlami nazarda tutadigan uzoq mud- datga mo‘ljallangan dastur shakllantirildi.
Ushbu dasturni amalga oshirish jarayonida milliy armiyamiz tashkiliy jihatdan yangicha tarkibiy tuzilishga ega bo‘ldi, qisqa mud- datda harbiy okmglar, chegaraviy mintaqalar tashkil etildi, Qurolli Kuchlami boshqarishning butun tizimi, birlashma va qismlaming tarkibi va joylashuvi qayta ко‘rib chiqildi, qo‘shinlaming moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, ulami zamonaviy qurol-yarog1 bi­lan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, o‘ta muhim jangovar topshiriqlami bajarish- ga yo‘naltirilgan Maxsus operatsiyalar bo‘yicha kuchlaming bo‘lin- malari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Terrorizmga qarshi kurash kor- pusi tuzildi. Bu bo‘linmalar ehtimol tutilayotgan dushmanning har qanday tajovuzkorona harakatlariga qarshi munosib zarba berishga qodir ekani Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li tumanlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchilaming jangari to‘dalarini yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarda namoyon bo‘ldi.
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqarti- rilgani, qo‘shinlaming sifat tarkibini yaxshilash va ulaming safini to‘ldirish tartiblarining takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlangani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmatining joriy qi- lingani, shartnoma-kontrakt asosidagi xizmatga o‘tish jarayoni amal- da yakunlangani armiyamiz qiyofasini, uning mazmun-mohiyatini qayd etish zarur.
Serjant va ofitser kadrlarni tayyorlashning axborot va komp- yuter texnologiyalariga, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlariga asoslangan samarali tizimi tashkil etildi.Harbiy xizmatchilami va ulaming oilalarini ijtimoiy himo­ya qilish, zarur turarjoy va maishiy sharoit bilan ta’minlash bora­sida ham ko‘p ishlar qilindi. So‘nggi besh yilning o‘zida harbiy unvonlar bo‘yicha maoshlar, harbiy xizmatdan bo‘shagandan keyin to‘lanadigan nafaqalar miqdori ikki barobardan ziyod oshirildi.
Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, Vatanimiz- ning xavfsizligi Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ta’minlanmoqda, armiyada xizmat qilish 0‘zbekiston fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki nufuzli kasblardan biriga, tom ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.

Armiya xizmatini o‘tayotgan yigitlarimiz harbiy mutaxassilik- lami puxta egallash bilan birga jismoniy va ma’naviy jihatdan chi- niqib, irodasi toblanib, qat’iy hayotiy pozitsiyasi shakllanmoqda, Vatan himoyasi yo‘lida doimo tayyor turadigan mard va jasur inson- lar bo‘lib kamol topmoqda.О 11 i n oh i bob

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish