Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet70/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Ikkinchidan, xalqaro terrorizm nafaqat insonning jismoniy ku- shandasi, balki uni ma’naviy jihatdan ham barbod etuvchi, uning nasli-nasabini buzuvchi, Yer yuzida majruh-u nimjon odamlaming ko‘payishiga, aqliy va ma’naviy jihatdan zaif aholining ko‘payishiga olib keladigan jinoyat turiga - biologik kemtik, nuqsonli halokatga eltuvchi xatarli hodisaga aylanayotganligini ham 0‘zbekiston rahba­ri birinchi bo‘lib ko‘tardi.
Prezident I. Karimov kiritgan uchinchi taklif bu - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tizimini isloh qilish, uni bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqimiga moslashtirish va insoniyat taq­diriga aloqador, hayot keltirib chiqarayotgan yangidan yangi muam­molami hal etishga ko‘proq jalb etish bilan bog‘liq bo‘lgan taklif- lardir. Jumladan, Prezident Islom Karimov «Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng awalo, xalqaro ter- rorizmni mablag‘ biian ta’minlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-yaroq bilan ta’minlab, joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning so‘zsiz baja- rilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirishdan iborat bo‘lishi lozim», - dedi. Bu chindan ham YXHT faoliyatini yangi zamonga moslashtirish uchun uning tarkibi, tizimi va faoliyat doirasini tako­millashtirish zarurati tug‘ilganini ko‘rsatadi.
Istanbul sammiti 0‘zbekiston so‘zining qudratini, uning siyo­siy irodasini va jahon taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini yana bir bor namoyish qilgan ulkan hodisa bo‘ldi. U yana bir bor dunyoning eng nufuzli siyosatdonlari e’tiborini xalqaro terrorizm va ekstremizmning tub mohiyatini, uning taraqqiyot omillarini, Yer shari va insoniyat taqdiriga solayotgan tahdidlarini har tomonla­ma chuqur tahlil etishga, ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan muno- sib baho berishga qaratdi. Prezident Islom Karimov nutqi bugungi 0‘zbekiston siyosatining butun ko‘lamini va umuminsoniy qadriyat- ga daxldorligini ko‘rsatadi.
Hamjihatlik - xavfsizlikning bosh omili
XIX asming saksoninchi yillarida dunyo mamlakatlarini ikkiga ajratib turgan Berlin devori qulab, undan keyin «sovuq urush» siyo­sati barham topganidan so‘ng, odamzod boshidagi urush xavfi go‘yo yo‘qolgandek tuyildi. Lekin voqealar rivoji bu ishonchning o‘tkinchi ekanini isbotladi. Boz ustiga, odamzodning tinch hayot va farovonli- giga xavf soluvchi boshqa tahdidlar - terrorizm va zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va fundamentalizm, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasi yuzaga chiqdi.
Qolaversa, XX asming so‘nggi o‘n yilligida o‘z davlat mustaqil­ligini qo‘lga kiritgan mamlakatlar jahon siyosiy xaritasi, binobarin xavfsizlik tizimida katta o‘zgarishlar yasadi. Shunday bir sharoit­da yer yuzidagi har bir davlat, ayniqsa, yangi mustaqil respublika- lar uchun o‘z xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash bosh masala- ga aylandi. Shu jumladan, 0‘zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa yirik xalqaro tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik ham, awalo, mamla- katimizning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Negaki, bugungi kunda 0‘zbekistonning taraqqiyoti uchun tinchlik va barqarorlik eng asosiy shart sanaladi.
0‘zbekiston Prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga sa­fari, NATOning 50 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilgan tadbirdagi ishtiroki 0‘zbekiston, qolaversa butun mintaqa xavfsizligi va bar- qarorligi haqida ayrim mulohazalami aytishga undadi. Bilamizki, Afg‘onistonda kechayotgan urush, qo‘shni Tojikistondagi beqaror- lik mintaqamiz, shu jumladan, 0‘zbekiston osoyishtaligiga ham har daqiqada xavf solib turardi. Bu xavf nimalarda ko‘rinadi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, bu­gungi kunda Afg‘oniston narkotik moddalar «eksporti» bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu esa nafaqat bizning mintaqamiz, balki Yevropaga ham katta tashvish tug‘diryapti. Mazkur davlatlar- dagi beqarorlik sabab ayrim kuchlar diniy ekstremizm va fundamen­talizm yo‘lidagi harakatlarga zo‘r berayaptiki, ayni hoi 0‘zbekiston uchun nechog'li jiddiy ekanini 1999-yil 16-fevralda Toshkentda yuz bergan mudhish voqealar, undan keyingi 2001-2004-yillardagi ter- roristik harakatlar yana bir karra tasdiqladi. Qolaversa, ayrim mam- lakatlaming shovinistik harakatlari ham mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyotiga xavf solayotgani sir emas. Shunday bir sharoitda 0‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash borasida dunyoning rivoj- langan davlatlari, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan NATO bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani tabiiy.
Ma’lumki, 0‘zbekiston NATO «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining faol ishtirokchisi sanaladi. Dastur asosidagi o‘zaro mu- loqot esa harbiy-o‘quv mashqlari doirasida kengaymoqda. Lekin 0‘zbekiston NATOga a’zo bo‘lmaydi. Buning ikkita sababi bor.
Birinchidan, 0‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tamoyilla- ridan biri hech qanday harbiy bloklarga a’zo bo‘lmaslikdir. Prezident Islom Karimov bu masalani yanada sodda qilib tushuntirib aytdiki, birorta o‘zbek askari o‘z mamlakatimiz chegaralari hududidan tash- qariga borib, har xil mojarolarda ishtirok etmaydi.
Ikkinchidan, 0‘zbekistonning bugungi siyosiy-jug‘rofiy hola- ti ham biror-bir harbiy blokka kirish amaliyotiga to‘g‘ri kelmaydi. Mabodo shunga amal qilinadigan bo‘Isa, mintaqadagi xavfsizlik mu- vozanatiga putur yetkazib qo‘yish mumkin. Garchand mintaqamiz- dagi ayrim davlatlar o‘z sa’y-harakatlari bilan mintaqa xavfsizligiga rahna solayotgan bo‘lsa-da, 0‘zbekiston rahbariyati bularga qarshi harakat qilmasligini ochiq-oydin ma’lum qilgan. Aksincha, bizning maqsadimiz mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni, farovon hayot- ga erishishni ta’minlashdir. 0‘zbekiston - NATO munosabatlarining asl mohiyati ham shu - davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, qolaversa, mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan ibo­rat.
Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to‘laqonli a’zosi sanaladi, qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik qiladi. Mazkur Shimoliy alyans, NATOga a’zo hamda unga she- rik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish 0‘zbekiston uchun juda muhim. Islom Karimov Yevroatlantika hamkorlik kengashining yalpi majlisida so‘zga chiqib, 0‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik va bar­qarorlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan quyidagi omillarga alohida to‘xtalib o‘tdi:

  • yigirma yildan beri o‘sha davr nuqtayi nazaridan davom etib kelayotgan va mintaqa xavfsizligiga katta tahdid solayotgan afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish. Shu o‘rinda bir fikmi aytish joizdir. Agar Yevropaning biror-bir nuqtasida kichkinagina janjal chiqsa-yu, uch-to‘rt kishi qurbon bo‘Isa, masala darrov jahonshumul ahamiyat kasb etadi. Holbuki, Afg‘onistonda kuniga yuzlab odamlar urush tufayli halok bo‘layotgani jahon ahlida unchalik ham katta tashvish tug‘dirmayotgani ajablanarli. Fikrimizcha, buning sababi jahon xavfsizlik tizimida muvozanat yo‘qligidir. 0‘zbekistonning, qolaversa, boshqa davlatlaming ham NATO bilan hamkorlikni yana­da rivojlantirishga intilayotgani ayni shu muvozanatni ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz;

  • yadro quroliga ega davlatlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘y- maslik zarur. Negaki, keyingi vaqtda Janubiy Osiyoda o‘tkazilgan yadro sinovlari kishini tashvishga soladi;

  • mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmning tarqali- shiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Aytish mumkinki, bugun aynan diniy ekstremizm va fundamentalizm yer yuzidagi ko‘plab urushlar, moja- rolarga «havo berib» turibdi;

  • terrorizm va zo‘ravonlik, qurol-yarog‘ hamda narkotik modda­lar kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurashni kuchaytirish zarur. Ayni shu masalalarda 0‘zbekiston NATO va unga sherik boshqa davlatlaming ko‘magiga ehtiyoj sezadi.

Islom Karimovning «Eksimbank» prezidenti J. Hermon bilan muloqoti, shuningdek, Kapitoliyda 0‘rta Osiyo hamda Kavkaz dav- latlari rahbarlari hamrohligida AQSH senatorlari bilan uchrashuvi ham tashrifning muhim voqealaridan bo‘ldi. Shu o‘rinda AQSH senatorlari bilan bo‘lgan uchrashuv haqida biroz to‘xtalib o‘tsak. Senator Sem Braunbek uchrashuvni ochar ekan, ayni vaqtda AQSH senati «Buyuk Ipak yo‘li - XXI asr» nomli qonun qabul qilishga chog‘lanayotganini ma’lum qildi. AQSHning Buyuk Ipak yo‘liga qi- ziqayotgani xayrli, albatta. Tabiiy bir savol tug‘iladi: nega Buyuk Ipak yo‘li oradan ikki ming yil o‘tib yana muhim strategik ahamiyat kasb etyapti? Sabab shuki, bugun bu yo‘ldan nafaqat mazkur min­taqa davlatlari, balki Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, AQSH ham katta manfaat topishi mumkinligi tobora yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari senatorlar bilan uchrashuvda so‘zga chiqib, yig‘ilganlaming e’tiborini Buyuk Ipak yo‘lini rivojlantirish- ga qanday omillar, kuchlar xalal berishi mumkin, degan masalaga qaratdi. Sir emaski, ayrim mamlakatlar О‘ita Osiyo va Kavkaz dav- latlarining g‘arbga tomon yangi aloqa koridorlariga ega bo‘lishini xohlamaydi. Ayniqsa, mazkur mintaqadagi neft va gazni jahon bozo- riga chiqarish uchun yangi yo‘nalishlaming paydo bo‘layotgani ular­ning paytavasiga quit tushirayotir. Ikkinchidan, diniy ekstremizm va fundamentalizmning mazkur mintaqa mamlakatlarida tarqalishi va buning asnosida yuzaga keladigan beqarorlik ham davlatimiz- ning hamkorlik yo‘lidagi sa’y-harakatlariga putur yetkazishi mum­kin. Uchinchidan esa, ayrim davlatlar hamon shovinistik kayfiyatdan xalos bo‘la olmayotgani bilan bog‘liq. Ular mintaqada o‘z ta’sirlarini saqlab qolish uchun turli amallardan foydalanyapti. Bu harakat esa Buyuk Ipak yo‘lini tiklash, о‘zaro integratsiyalashuv yo‘lidan bo- rayotgan davlatlaming maqsadiga zid. Va nihoyat, Osiyodagi ayrim davlatlar o‘z strategik maqsadiarini ko‘zlab Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishiga va rivojlanishiga xalal berishi mumkin. Shuning uchun bu haqda gap ketganda, yuqorida tilga olingan masalalarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida milliy xavfsizlik kengashi, xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari bo‘yicha maslahat organi tashkil etildi.
Shubhasiz, yuqoridagilar 0‘zbekistonda milliy xavfsizlikni ta’minlash va barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo‘lib xizmat qiladi.


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish