Birinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida eng avvalo odamlar yangicha turmush tarziga ko‘nikma hosil qilishlari kerak edi. Islohotlaming mazmun-mohiyatini anglashlari, mustaqil taraq- qiyot afzalliklari va beqiyos imkoniyatlarini tushunib olishlari lozim edi. Buningsiz hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki, har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda ham inson asosiy hal qi- luvchi omil. Shuning uchun ham yangilanishlar, eng awalo, uning qalbidan, ongi va tafakkuri elagidan o‘tkazilishi lozim.
0‘zbekistonda, xuddi iqtisodiy islohotlarga bo‘lgani kabi, de- mokratiyaga munosabatda ham ana shu tarzda yo‘l tutildi. Demak, oldin jamiyat barqarorligini ta’minlash, odamlami demokratik hayot tarziga o‘rgatish, ularga demokratik tamoyillami tushuntirish so‘ng esa demokratik jarayonlami faollashtirib, uning qoidalarini ishlab chiqish zarur edi.
Aslini olganda 0‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘li tanlangandayoq demokratiyani joriy etishning strategik das- turlari ishlab chiqilgan edi. Biroq, buni e’lon qilish uchun hali erta, ya’ni jamiyat hali bu dasturlami amalga oshirishga tayyor emas edi.
Mana endi demokratik jarayonlami chuqurlashtirishning yangi bosqichi boshlandi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan VI sessiyasi ana shu yangi davmi boshlab berdi va demokratik jarayonlami chuqurlashtirish tamoyilla- rini ko‘rsatib berdi.
Birinchidan, jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha sohalarida tub islohotlami amalga oshirish, shu asosda demokratik tamoyillami turmush tarziga aylantirish uzoq davom etadi gan uzluksiz jarayondir. Bu kundalik tashvishimiz bilan bog‘liq bo‘lgan va umuman mamlakat taqdirini belgilaydigan muhim hodi- sadir. Jamiyatda demokratiyani chuqurlashtirish izchillikni taqozo etadigan, sobitqadamlik bilan turli qarshiliklar va to‘siqlami yengib, eskicha qoliplami sindirib tashlab, yangicha tafakkur tarzini joriy qiladigan murakkab jarayondir.
Ikkinchidan, jamiyatni demokratlashtirish bu bevosita iqtisodiy islohotlardan tortib huquqiy, siyosiy va ma’naviy yangilanishlarga bevosita tayangan voqelikdir. Sessiyada ta’kidlanganidek «demokra- tiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy, siyosiy va ma’naviy jara- yonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda». Bu «talay muhim qonunlar, tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmaganligida, qabul qilingan huquqiy me’yorlar va kafolatlami ro‘yobga chiqa- rishning aniq mexanizmi yetarli darajada ishlab chiqilmagan»ida ko‘rinadi.
Ayni ana shunday qarashning o‘zi hokimiyatning qonun chiqa- mvchi, ijro etuvchi va sud tizimlari hamda jamoat tashkilotlari keng miqyosli faoliyatini kuchaytirish, ta’sirchanligini va ish samaradorli- gini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Yoki aniqroq qilib aytganda ular faoliyatini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning butun bir tizimini yaratishga, bu sohada uzoq muddatli pirovard maqsadlar- ni inobatga olgan strategik dasturlami ishlab chiqishga, uni hayotga izchillik va sobitqadamlik bilan joriy etishga shu yo‘l bilan odamlar tafakkurida o‘zgarish yasab, jamiyat ma’naviy qiyofasini shakllanti- rishga safarbar etish lozimligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |