Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet152/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Uchinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti olti milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish. Bu osonlik bilan ko‘chmaydi. Buning uchun qator mamlakat- lararo va mintaqalararo faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar maqomini biroz o‘zgartirib, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doi- rasiga kiritish zarur. Ana shunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u shug‘ullanadigan masalalar konkretlashadi. Joylarda unga bo‘ysunuvchi xalqaro tash- kilotlaming mintaqaviy muammolar va mamlakatlararo munosabat- larda yuz berayotgan muammolami o‘z vaqtida hal etish imkoniyati tug‘iladi. BMTning turli mintaqalardagi, jumladan, Markaziy Osiyo- dagi vakolatxonalari imkoniyatlarini kengaytirish ulaming maqomi- ni oshirish zamrati haqida gapirar ekan, Prezident I. Karimov «Bir- iashgan Millatlar Tashkiloti qayerda? Amerikada, Nyu-Yorkda joylashgan. O‘zbekiston qayerda? Markaziy Osiyoda! Shuning uchun bu yerdagi tashkilotning tarkibi, albatta, kengroq bo‘lishi kerak. Unga hali ko‘proq huquq berish va iqtisodiy nuqtayi na- zardan imkoniyatlarini kengaytirish kerak» - deydi, 0‘zbekiston televideniyesi muxbiri savollariga javob bera turib.
Ayni paytda turli mintaqalarda, turli doiralarda faoliyat ko‘r- satayotgan xalqaro tashkilotlar ancha-muncha. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, arab davlatlarida Islom Tashki­loti, Janubiy-Sharqiy Osiyoda Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va huquqiy doirada ish olib borayotgan xalqaro tashkilotlar mavjudki, ana shulaming hammasini birlashtirib, Birlashgan Millat­lar Tashkiloti doirasiga kiritish, xalqaro tashkilotlar yagona tizimini vujudga keltirish XXI asr taqdirini belgilaydigan muhim omil ekan- ligini ko‘rsatib berdi.
Mavzuga doir material
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov janobi oliylariga Muhtaram Prezident janoblari!
Mintaqangizda tinchlik va xavfsizlik hamda uni iqtisodiy ri­vojlantirish muammolari, shuningdek, bu sohalarda va Birlashgan Millatlar Tashkilotida 0‘zbekistonning tutgan o‘mi xususida fikr- lashuvimizni davom ettirish uchun BMT taraqqiyot dasturi ma’muri Gustav Snetning mamlakatingizga tashrifidan foydalanib, Sizga qu- yidagilami bayon qilmoqchiman.
Awalo, Sizga shu yilning boshida Kopengagenda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot masalalari bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuvda qatnashganingiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganining ellik yilligi bayrami munosabati bilan oktabr oyida Nyu-Yorkda Siz bilan bo‘ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutaman.Sizning Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha doi­miy seminar tashkil etishga doir tashabbusingizni mintaqadagi tinch­lik va xavfsizlikni mustahkamlash ishiga qo‘shilgan muhim va ijobiy hissa, deb bilaman. Seminar tobora rivojlanib, mintaqada mojarolar- ning oldini oladigan siyosiy choralaming ta’sirchan doirasini barpo etishda yordam bergan va shu tariqa, BMTning bu sohadagi sa’y- harakatlariga qo‘shimcha kuch-quwat bag‘ishlagan bo‘lur edi.
Men 0‘zbekiston va uning qo‘shnilari - Qozog‘iston hamda Qirg‘izistonning shu mamlakatlaming harbiy xodimlaridan ibo­rat bo‘lgan va BMTning tinchliksevar operatsiyalarini qo‘llab- quwatlash maqsadlariga xizmat qiladigan qo‘shma organini tuzish g‘oyasini tabriklayman. Bu organ bosh kotib tasarrufidagi vositalar zaxirasini yana bir qimmatli vosita bilan to‘ldirgan bo‘lur edi.
Afg‘oniston va Tojikistondagi vaziyatning beqarorligi hamma- mizni tashvishga solmoqda. Men bu mamlakatlardagi mojarolar- ni tinch hal etish yo‘llarini izlashda 0‘zbekistonning mustahkam hamkorligini juda qadrlayman. Shuningdek, men Siz hamda boshqa mamlakatlar hukumatlari Tojikistonga berayotgan ezgulik yordamini yuqori baholayman.
Prezident janoblari, bu xavfli mojarolami siyosiy vositalar or­qali hal etishda О‘zbekiston hukumatining xalqaro tashkilotlar bilan uzoq hamkorlik qilishiga ishonchim komil.
Pirovardida Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan iqti­sodiy islohotlar dasturi muhimligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Janob Snetning tashrifi bu dastumi amalga oshirishda, shuningdek, iqtiso­diy va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa sohalarida BMT tashkilotla- rining Sizning hukumatingiz bilan hamkorlik qilishga qat’iy niyat qilganini tasdiqlaydi.
Prezident janoblari, Sizga bo‘lgan kamoli ehtiromimni qabul et- gaysiz.
Samimiy istaklar ila,
BUTROS G‘OLIY, BMT Bosh kotibi

  1. yil, 26-iyul.

«Xalq so ‘zi» 16-avgust 1995-yil.

  • * *

Albatta, 0‘zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jon- lashtirish, uning yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va hamkorlik­ni kuchaytirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflari hamjamiyatga a’zo bo‘lgan davlatlaming vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki, ke­yingi paytda BMT tizimida islohotlar o‘tkazish lozimligi haqida ko‘p gap-so‘z bo‘layapti-yu, ammo biror bir aniq taklif, asosli re- jani hech kim ko‘tarib chiqmagan edi. Shu boisdan ham jahonning ko‘p mintaqalarida yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlami tugatish- da BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning markazidagi, Bosniya - Gersogovinadagi qonli fojialaming uzoq davom etishi BMTning nufuzini ancha tushirib yubordi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda I. Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi.
0‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalqaro maydon- da ma’lum salmoqqa ega bo‘lib, nufuzi tobora ortib bordi. Ayniqsa,

  1. yilda bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 21-22-iyun kunlari Italiya Respublikasining Florensiya shahridagi «Fortezza de basso» qal’asida Yevropa Ittifoqiga (YI) a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi - Sammit bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur Ittifoq bilan 0‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu, aytish mumkinki, res­publika siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlari ishtirokida imzolangan bu bitim nafaqat g‘arbiy Yevropa mamla­katlari biian respublikamiz o‘rtasidagi aloqalar ravnaqining mu­him huquqiy asosi, balki 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlaming tan olinishi va yosh mustaqil davlat mustaqilligining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo ‘ llab-quwatlanishidir.
Masalaning yana bir jihati shundaki, tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lmish dunyo siyosati va iqtisodiyotiga integratsiyalanish uchun muhim poydevor yaratilayotganidan dalolat beradi.
Islom Karimov erishilgan bitimni 0‘zbekiston va Yevropa Itti- foqi o‘rtasidagi munosabatlarda «yangi turmush nuqtasi» deb ba- holadi.
0‘zbekiston o‘z taraqqiyotida, shuningdek, tashqi siyosiy alo- qalarida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlikka katta e’tibor berdi. Mustaqillik yillarida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqti­sodiy va harbiy sohalardagi hamkorlik aloqalari o‘zining rivojlanish bosqichiga chiqqan. Bu borada 1992-yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochilishi, 1995-yilning aprel oyida AQSH mudofaa va- ziri Uilyam Perrining yurtimizga safari, shundan so‘ng 0‘zbekiston Mudofaa vazirining AQSHdagi uchrashuvlarini va o‘tgan yilning avgust oyidagi mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining alohida vzvo- di Amerika tomoni hamkorligida Luiziana shtatida joylashgan Fort- Polk harbiy istehkomida o‘tkazgan NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasidagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini, shu­ningdek, 1995-yilning oktabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan AQSH vitse-prezidenti Albert Gorr o‘rtasida Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlami alohida ta’kidlamoq joiz.
0‘zbekistonda 1996-yil boshlarigacha amerikalik sarmoyador- lar ishtirokida 200 ta o‘zbek-amerika qo‘shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning Nyumont Mayning Korporat- siyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi qo‘shma korxonasi bor. Amerikaning 28 ta kompaniya, fir- ma va banki Toshkentda o‘z vakolatxonalarini ochgan.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 23-28-iyun kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrif bi­lan bordi. 25-iyun kuni I. Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Bu uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar rivojida, mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyati integratsi- yalashuvi yo‘lida va, aytish mumkinki, mintaqa taraqqiyotida ulkan imkoniyatlar kashf etdi.
Mavzuga doir material

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish