Uchinchi kitob


Amir Temur - bizning sha’n-shavkatimiz, g‘urur-iftixo- rimizdir



Download 57,25 Mb.
bet120/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Amir Temur - bizning sha’n-shavkatimiz, g‘urur-iftixo- rimizdir.
Amir Temur - xalqimiz dahosining timsoii. ma’naviy qudra- timiz ramzidir.
Aziz do‘stlar!
Biz hazrati Temumi buyuk bunyodkor, deb boshimizga ko‘ta- ramiz. Ro‘yi zaminning sayqali bo‘lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning bosh- qa hududlarida bunyod etilgan nodir me’moriy obidalar, tengsiz bog‘-u rog‘lar Temurbek bobomizga xos amaliy shijoat samarasidir.
U benazir zotning o‘smirlik yillari mo‘g‘ul istibdodi avjiga chiqqan yillarga to‘g‘ri keldi. Bu paytda Movarounnahrday gullab- yashnagan poydor yurt tarixiy nomini ham yo‘qotib, mustamlaka o‘lkasiga - Qhig‘atoy ulusiga aylanib qolgan edi. Masjid-u mad- rasalar, kutubkonalar vayron qilingan, sug‘orish inshootlari ishdan chiqqan, son-sanoqsiz soliqlar, kelgindi va mahalliy amaldorlaming jabr-zulmi xalqning sillasini quritgan edi.
Bu kabi cheksiz adolatsizlikdan yosh Temurbekning qanchalar iztirob chekkanini bizning avlodimiz - siz bilan biz, ayniqsa, chuqur his etamiz. Chunki oradan olti asr o‘tib, xuddi shunday ko‘rguliklar bizning ham boshimizga tushdi.
Shavkatli ajdodimizning o‘lmas xizmatlari shundaki, u murak­kab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Istiqlolchi- larga qaqshatqich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqlol bayrog‘ini baland ko‘tardi. Parokanda mamlakatlar, ellar, elatlami birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi.
Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida birday amal qilib, axloqiy- ma’naviy mezonga aylandi.
Yigirma asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan Toshkent Amir Temur- ning muqaddas qadamjolaridan biridir. Jannatmakon bobomiz qadim Shoshga alohida e’tibor bilan qaragan. Shu zaminda o‘tgan Shayx Zayniddin bobo, Zangiota singari ko‘plab mo‘tabar zotlaming maq- baralarini obod qilib, ulaming ruhlarini shod etgan.
Olti yuz yildan so‘ng biz - Amir Temuming bugungi vorislari sohibqironning tabarruk nomlarini tiklash, ruhi poklarini shod etish- dek savobli va sharafli ishga qo‘l urib, shahri azim Toshkentning qoq markazida bobokalonimizga haykal o‘matdik.
Bugun zo‘r shodiyona bilan ochilayotgan temuriylar tarixi dav­lat muzeyi Sohibqiron shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy ado- lat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir.
Aytish mumkinki, Amir Temur xiyoboni go‘zal bir uzuk bo‘lsa, bu muzey shu uzukning yoqut ko‘zidir.
Muzevni ziyorat qilgan har bir inson mening bu so‘zlarim sho- irona tashbeh yoki mubolag‘a emasligiga ishonch hosil qiladi. Bu muzeyda bizning o‘tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiq- bolimiz ham bamisoli ko‘zguda aks etgandek namoyon bo‘ladi.
Kimki, 0‘zbek nomini, oszbek miilatini kuch-qudratini, ado- latparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyatrivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka Ishonchini ang- lamoqchi bo‘Isa, Amir Temur siymosini eslashi kerak.
Aziz yurtdoshlarim!
Fursatdan foydalanib, barchamizning nomimizdan, el-yurtimiz nomidan shu oliy imoratni bunyod etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Qadrli vatandoshlar!
Amir Temuming bashariyat oldidagi o‘lmas xizmatlarini ma’rifatli jahon munosib baholab kelmoqda. Sohibqiron yubileyi- ning YuNESKO tomonidan xalqaro miqyosda keng nishonlanayot- gani ana shu e’tirofning yorqin dalilidir.
Shunday quvonchli va hayajonli damlarda Amir Temurdek bu­yuk zot nasib bo‘lgan millat farzandlari ekanimizni, tomirimizda Amir Temur shijoati jo‘sh urayotganini o‘ylasak, anglasak, qalbi- mizni chinakam iftixor tuyg‘ulari qamrab oladi.
Amir Temur hayotining mazmuni, betakror faoliyatining asosiy ma’nosi - Vatan ozodligi, Vatanga muhabbat degan oliy qadriyatlar- dan iboratdir.
Sohibqiron bobomizning ruhiyati istiqlol va hurlik, erkinlik g‘oyalari bilan tabiiy va go‘zal bir ravishda uyg‘unlashib ketgan. U hatto umrining so‘nggi onlarida ham zurriyodlariga qarata «Istiqlol bilan mulk-u millat, lashkar va ra’iyatni boshqaringiz», deb va- siyat qilgan.
Chuqurroq o‘ylab qarasak, bu vasiyat aynan bizlar uchun - bu­yuk sohibqironning bugungi avlodlari uchun aytilgan.
Hamisha el g‘amini, yurt g‘amini o‘ylab yashagan sohibqiron yovlar ostida toptalgan o‘lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do‘stlar, barchamiz yakdil bo‘lib, halol mehnatimiz, aql-u zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan 0‘zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik! Bu yo‘lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin», degan dono o‘gitlari doimiy shiorimiz bo‘lsin!
Muhtaram jamoat!
Bugungi marosim ham hademay tarix mulki bo‘lib qoladi. Oradan yillar, asrlar o‘tadi, ammo Xudoning marhamati bilan, adolat bilan tiklangan ulug‘ ajdodlarimizning tabarruk nomlari abadiy yashaydi.
Shu bois mening iymonim komilki:
Sohibqiron dahosi yo‘lchi yulduz kabi charaqlab, bizni doimo olijanoblik va bunyodkorlikka chorlaydi!
Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, 0‘zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!
Ilohim, hazrati Amir Temur e’zozlagan g‘oyalar - shijoat va mardlik, adolat va qat’iyat har birimizga hamisha hamroh bo‘lsin!
Jahonga Amir Temurdek buyuk dahoni bergan xalq mangu yashasin, baxt-u saodati ziyoda bo‘lsin!
Barcha ezgu ishlarimizda tangrimizning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Temuriylar tarixi Davlat muzeyining ochilishi marosimida so ‘zlangan nutq, 1996-yil 18-oktabr

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish