Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


  XVII BOB. Daryolarning loyqa oqiziqlari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

 


153 
XVII BOB. Daryolarning loyqa oqiziqlari 
 
17.1. Daryolarning energiyasi va ishi 
 
Yer sirtida harakatlanayotgan suv ma’lum energiyaga va shu tufayli 
ish bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Uzunligi 
L
km bo‘lgan daryo 
uchastkasida, shu oraliqdagi pasayish balandligi 
H
m va o‘rtacha suv sarfi 
Q

sek
m
/
3
bo‘lgan holda, daryoning energiyasi (
E
) birlik vaqt uchun 
m/sek
kg
,
1000




H
Q
E
ifoda bilan aniqlanadi. 
Shu 
uchastkadagi 
sekundli 
energiya 
miqdori 
kilovattlarga 
aylantirilsa, u 
brutto quvvat
yoki 
kadastrli quvvat
deyiladi. Agar 1 kvt = 
102 ligini e’tiborga olsak, 
sek
m
/
3
holda daryoning ayni uchastkasidagi 
kilovattlarda ifodalangan quvvati 
kVt
,
81
,
9
102
1000
H
Q
H
Q
N






,
tenglik bilan aniqlanadi. 
Agar
N
ni daryo uchastkasi uzunligi 
L
ga bo‘lib yuborsak, daryoning 
solishtirma (kilometrli) quvvati
hosil bo‘ladi: 
kVt/km
,
L
N
N
sol


Daryoning butun uzunligi bo‘yicha ajratilgan uchastkalar quvvati 
yig‘indisi daryoning 
to‘la quvvati
ni beradi: 
kVt.
,
81
,
9





H
Q
N
Daryoning to‘la quvvatini havza maydoni 
F
ga bo‘lib yuborsak, 
daryo havzasining solishtirma quvvati
(
n
) ga ega bo‘lamiz: 
F
N
n



Tabiiy sharoitda daryolar energiyasi suv zarrachalari va qatlamlari 
orasidagi ishqalanishlarni, yer yuzasidagi, o‘zan tubi va qirg‘oqlari 
qarshiliklarini yengishga, suvda muallaq holda va o‘zan tubida yumalab 
(sudralib) harakatlanadigan oqiziqlarni, shuningdek, suvda erigan 
moddalarni oqizishga sarf bo‘ladi. Shu ish natijasida eroziya (yuvilish) va 
oqiziqlarning akkumlyatsiyasi jarayonlari ro‘y beradi, ular esa, o‘z 
navbatida, yer yuzasi va daryolar o‘zani shakllarining o‘zgarishiga olib 
keladi. 
 
17.2. Oqiziqlarni o‘rganishning maqsadi, vazifalari 
Daryo oqiziqlarini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 
Ularni o‘rganish natijasida to‘plangan ma’lumotlardan xalq xo‘jaligining 


154 
juda ko‘p tarmoqlari va yo‘nalishlarida foydalaniladi. Bu yo‘nalishlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- gidrotexnik inshootlar ­ suv omborlari, GESlar, kanallar va 
ko‘priklarni loyihalash, qurish va ulardan samarali foydalanish; 
- daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayonlari 
qonuniyatlarini o‘rganish; 
- daryo havzasida o‘rmon ­ melioratsiya ishlarini reja asosida amalga 
oshirish; 
- daryolarda suv transporti harakatini doimiy ta’minlash; 
- suv havzalari ixtiologiyasi va gidrobiologiyasi maqsadlari uchun 
o‘rganish. 
Oqiziqlar rejimini to‘g‘ri baholay olmaslik, xalq xo‘jaligiga katta 
zarar yetkazadi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 
Turkmanistondagi Murg‘ob daryosiga qurilgan, suv sig‘imi 75 mln. m
3
bo‘lgan Sultonbent suv ombori qisqa muddat ichida loyqa oqiziqlar bilan 
to‘lib qolgan. Dog‘istonda qurilgan Oqsuv suv ombori ham foydalanishga 
topshirilgandan keyingi uch yildayoq loyqa oqiziqlar bilan to‘lib, yaroqsiz 
holga kelib qolgan. 
Qadim zamonlardanoq daryolarda kemalar qatnovini yaxshilash 
maqsadida daryo o‘zanini to‘g‘rilash, oqiziqlar bilan to‘lib qolgan joylarni 
tozalashga majbur bo‘lganlar. Daryo o‘zanini to‘g‘rilash ishlarini amalga 
oshirish, ularni kemalar qatnovi uchun yaroqli holga keltirish, albatta, 
olimlarning ishtiroksiz bo‘lmagan. Masalan, Rossiyada V.M.Loxtin 
(1849­1919), N.S.Lelyavskiy (1853­1905), N.E.Jukovskiy (1873­1943) 
kabi yirik olimlar bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘z 
tavsiyalari bilan ishtirok etganlar. 
Yuqoridagi ishlarni bajarishda oqiziqlarning miqdori, yil ichida 
taqsimlanishi, granulometrik tarkibi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj 
seziladi. Shu sababli daryolarda suv rejimining elementlari bilan bir 
vaqtda, oqiziqlarni ham doimiy­statsionar ravishda muntazam kuzatib 
borish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday kuzatishlar O‘rta Osiyoda birinchi marta 
1909 - yilda V.G.Glushkov rahbarligida tashkil etildi. Oqiziqlarni kuzatish 
usullari, ularni amalga oshirish haqidagi "Ko‘rsatma" ham shu olim 
tomonidan tayyorlangan. 
V.G.Glushkov loyqa oqiziqlarning granulometrik (mexanik)

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish