Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Sel toshqinlarining miqdoriy ko‘psatkichlari va



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/214
Sana18.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#821555
TuriУчебное пособие
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214
Bog'liq
pdf (2)

20.4. Sel toshqinlarining miqdoriy ko‘psatkichlari va
ularni aniqlash usullari 
 
Tog‘li hududlarda qurilish ishlarini loyihalashtirish, seldan 
himoyalanish va sel xavfini prognozlash uchun sel oqimi ko‘rsatkichlarini 
hisoblashning zamonaviy usullarini yaratish talab etiladi. Buning uchun 
bo‘lib o‘tgan sel hodisalari haqidagi axborotlarni to‘plash, ularni birlamchi 
qayta ishlash, umumlashtirish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. 
Ta’kidlash joizki, sel to‘g‘risidagi «Sel havzalarini tekshirish 
bo‘yicha hisobotlar» hamda «Sel faoliyatining yillik sharhlari» kabi 
materiallarda har doim ham sellar haqidagi zaruriy ma’lumotlar bo‘lmaydi. 
Aniqrog‘i, ularda ko‘pincha oqib o‘tgan sel toshqinlarining miqdoriy 
ko‘rsatkichlari berilmaydi. Quyida shu muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalar qisqacha yoritiladi.
Sel toshqinlari ko‘rsatkichlarini ular qoldirgan izlar bo‘yicha 
aniqlash 
Sel toshqinlari va ularning ko‘rsatkichlarini sel oqimi qoldirgan 
izlarga ko‘ra ishonarli baholash imkoniyatlari biz o‘ylaganimizdan ancha 
kamroq. Shunga qaramay, hozirgi kunga qadar sellarni aynan shu usulda 
baholash sel oqimlariga oid miqdoriy ma’lumolar to‘plashning deyarli 
yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar nazorat belgilari o‘rnatilgan 
joylar qoidaga mos ravishda tanlansa va sharxlansa, oqib o‘tgan sellar 
izlari yuzasidan olingan ma’lumotlar keyinchalik ham ommaviy axborot 
manbai sifatida qimmatli material bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Sel oqimlari turlarini aniqlash. 
Suv va oqiziqlardan iborat oqimlar 


184 
o‘zan sohilidagi o‘t bilan qoplangan qiyalik va terrasalarda o‘zlarining eng 
katta (keyingilari kichik bo‘lsa pastroqda) sathlarining daryo uzunligi 
bo‘yicha uzluksiz izini qoldiradi. Ular qurib qolgan o‘t, singan va yuvilgan 
ildizlar, poyalar va ko‘pincha po‘stlog‘idan tozalangan shoxchalar holida 
yoki o‘zan qayirida cho‘kib qolgan qum va loy ko‘rinishida bo‘ladi. Suv 
oqimi o‘tgan hudud atrofida o‘suvchi daraxt va butalarda odatda o‘sha 
oqim qorishmasi yopishib qolgan bo‘ladi. Bular turli balandlikda bo‘lgani 
uchun hamma vaqt ham maksimal suv sathini aniqlashning iloji bo‘lmaydi. 
Qoyalarda esa agar kuzatuvchi toshqin o‘tishidan keyin darhol belgi 
qo‘ymagan bo‘lsa, sel toshqini maksimal sathining izlari unchalik aniq 
saqlanib turmaydi. 
Odatda, loyli va loy-toshli oqimlar shunday izlar qoldiradi. Shu bois 
ham bunday izlarning mavjudligi, bu turdagi sel oqimining o‘tganidan 
guvohlik beruvchi dalildir. Biroq, ta’kidlash joizki, suv-oqiziqlar loyli va 
loy-toshli oqim ketidan o‘tgan bo‘lishi ham mumkin yoki aynan o‘sha 
o‘zanda boshqa vaqtda o‘tgan va o‘ziga xos izlarni boshqa turdagi sellar 
qoldirgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Loyli va loy-toshli oqimlar 
o‘tadigan sel o‘zanlarining eng ishonchli belgisi, bu ko‘p sonli, odatda, 
katta-katta terrasalarning mavjudligidir. Bular sel massalarining qattiq 
materialidan vujudga kelgan bo‘ladi. Faol harakatlanuvchi o‘choqlardan 
pastroqda joylashgan sel o‘zanlarida har doim turli sathlarda har xil sel 
oqimlari izlarini yoki ularning alohida to‘lqinlariga xos bo‘lgan 
terrasalarini topish mumkin. Loy-toshli oqimlar sel o‘zani o‘lchamlariga 
mos bo‘lgan katta xarsang toshlarni oqizib o‘tadi va shu bois sohil bo‘ylab 
ushbu toshlardan iborat uyumlar hosil bo‘ladi. Loyli va loy-toshli oqimlar 
tegib o‘tgan, biroq shikast yetkazilmagan daraxt va butalarning ma’lum 
qismlari quyuq sel qorishmasi bilan chaplangan bo‘ladi (20.4-rasm).
Ayrim hollarda daraxtlarning po‘stlog‘i archilib ketadi. Bunday izlar 
aynan faqat suvdan iborat bo‘lmagan sel oqimlari o‘tganini tasdiqlovchi 
ishonchli dalil bo‘ladi. Ular keyingi yog‘ib o‘tadigan yomg‘irlardan so‘ng 
ham, daraxtlar shoxlari bilan himoyalangani tufayli uzoq vaqtgacha 
saqlanib turadi. Ba’zi daraxtlarning, ayniqsa, archalilarning pastki 
shoxlarida qurib qolgan loy bo‘laklarini bir necha yillardan so‘ng ham 
topish mumkin (20.5-rasm).

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish