Nilometr tizimidagi quduq va o‘lchov ustuni.
Daryolarda suv
o‘lchash inshootlarini qurishdan oldin ulardagi suv sathi tebranishlarini,
ya’ni suv sathining mumkin bo‘lgan eng yuqori ko‘tarilishi hamda eng
quyi pasayishlarini aniq hisobga olish zarur. Bu esa, o‘z navbatida,
o‘rganilayotgan daryoda suv sathining yil davomida fasllar bo‘yicha (bahor
yoki yozda suv ko‘payishi, kuz va qishda kamayishi) hamda yillararo (kam
suvli, ko‘p suvli yillar) o‘zgarishi haqida tegishli ma’lumotlarga ega
bo‘lishni talab etadi. Agar bunga amal qilinmasa, to‘linsuv yoki toshqin
davrida daryoda suv ko‘payib, suv sathi o‘lchov ustunidagi yuqori chegara
(belgi) dan ko‘tarilganda ham, aksincha, kamsuvli davrda suv keskin
kamayib, uning sathi ustundagi quyi chegaradan pastga tushib ketganda
ham o‘lchov ustunidan hisob olish imkoniyati yo‘qoladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, baland Asvon to‘g‘oni qurilguncha,
Nil daryosida suv sarfining yil davomida fasllar bo‘yicha o‘zgarib turishi
natijasida, uning Qohira yaqinidagi suv sathi qariyib 810 metr
balandlikdagi oraliqda o‘zgarib turgan. Boshqacha aytganda, daryoda suv
ko‘paygan mavsumdagi eng baland suv sathi bilan suv kamaygan davrdagi
suv sathlari orasidagi farq, ya’ni suv sathi o‘zgarishlari amplitudasi shu
qiymatga teng bo‘lgan.
Qariyb 1150-yil muqaddam qurilgan "Miqyos anNil" tizimidagi
quduq hamda shu quduq ichiga tik holatda o‘rnatilgan o‘lchov ustuni Nil
daryosi suv sathi tebranishlarini sig‘dira oladigan o‘lchamlarda qurilgan.
Aniqrog’i, quduq Nil daryosidagi suv sathi o‘zgarishlari amplitudasini
qanoatlantiradigan darajadagi chuqurlikda (kamida 10 metr) qazilgan,
29
uning o‘rtasiga o‘rnatilgan ustunning balandligi ham shu qiymatdan kichik
bo‘lmagan.
O‘zo‘zidan ko‘rinib turibdiki, "Miqyos anNil" ning o‘lchov
ustunidagi belgilar (katta va kichik darajotlar) Nil daryosining Qohira
shahri yaqinida kuzatilishi mumkin bo‘lgan suv sathining eng katta
qiymatidan yuqorida ham, eng kichik qiymatidan pastda ham bo‘lgan. Shu
tufayli bo‘lsa kerak, Nil daryosida suv sathini qayd etib boruvchilar
(kuzatuvchilar) inshoot yordamida u ishga tushgan 861-yildan to 1946-
yilgacha bo‘lgan (qariyb 1100 yillik) oraliqda daryodagi barcha eng katta
va eng kichik suv sathlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘lganlar.
Yuqorida inshootga berilgan tavsifda "Miqyos anNil" tizimidagi
quduq kvadrat shaklida bo‘lganligi va quduq o‘rtasida oq marmar bilan
qoplangan sakkiz qirrali ustun o‘rnatilganligi qayd etilgan edi.
Dastlab, o‘lchov ustunining oq marmar bilan qoplanganligi xususida
fikr yuritaylik. Bu holatni allomaning 10 metrdan ortiq chuqurlikka ega
bo‘lgan quduq ichini yoritishda tabiiy yorug‘likdan unumli foydalanishga
bo‘lgan intilishi bilan tushuntirish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, o‘lchov
ustunining oq marmar bilan qoplanishi Ahmad Farg‘oniyning yorug‘lik
fizikasi - optikadan ham chuqur bilimga ega bo‘lganidan dalolat beradi.
Alloma bundan tashqari, marmarning namlikka o‘ta chidamliligini va
asrlar davomida yemirilmasdan saqlanishini ham hisobga olgan bo‘lishi
kerak.
Ustun nima uchun sakkiz qirrali bo‘lgan? Birinchidan, sakkiz qirra
qadimdan barkamollik ramzi hisoblanadi. Ikkinchi sababini esa, yuqorida
inshoot tavsifida keltirilgan "kuzatuvchi suv sathi haqida hisob olish uchun
aylanma shaklida qurilgan maxsus zinapoyalardan foydalangan" degan
jumlalarni eslash bilan tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, ustundagi
o‘lchov belgilari uning faqat bir tomonida bo‘lsin. U holda quduqqa
aylanma shaklida qurilgan zinapoyalardan tushib, hisob oladigan
kuzatuvchi o‘z vazifasini to‘la bajara olmas edi. Bu salbiy holatga faqat
silindr shaklidagi ustunda yoki qurilish ishlarini amalga oshirishda unga
nisbatan
birmuncha
qulayroq
bo‘lgan sakkiz qirrali ustundan
foydalanilganda to‘la barham beriladi. Bundan ko‘rinadiki, o‘lchov
belgilari (arab tirsak birligi va qirotlarda) ustun aylanasi bo‘yicha yoki
ustunning zinapoyadan ko‘tarilayotgan va tushayotgan kuzatuvchining
harakati yo‘nalishlariga mos tomonlarigagina qo‘yilgan.
Yuqoridagilarga xulosa sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
1) alloma «Nilometr»ni loyihalash va qurishdan oldin Nil
daryosidagi suv sathi o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni, aniqrog‘i,
ularning tebranish amplitudasini ham hisobga olgan;
30
2) Nil daryosining gidrologik rejimi haqida, ayniqsa, uning asosiy
elementi hisoblangan suv sathining yil ichida va yillararo o‘zgarishi
bo‘yicha to‘la ma’lumotga ega bo‘lgan;
3) alloma quduq ichini yoritishda tabiiy yorug‘likdan samarali
foydalanishga, natijada esa, kuzatuvchining o‘lchov ustunidan aniq hisob
olishi uchun qulay imkoniyat yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |