Nazorat savollari
1. Gidrol, digidrol va trigidrollarning farqi nimada?
2. Toza suv elektr tokini o‘tkazadimi?
3. Tabiiy suvlarda vodorod ko‘rsatkichi qanday o‘zgaradi?
4. Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy ionlarni eslang.
5. Quruqlikdagi suvlar Dunyo okeani suvidan qaysi anionlarning
ko‘pligi bilan farq qiladi?
6. Yer sayyorasida kechadigan tabiiygeografik jarayonlarda suvning
ishtiroki qanday ahamiyat kasb etadi?
7. Suvning inson hayotidagi ahamiyatini misollar bilan isbotlang
8. Qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazishda suvning
ahamiyati qanday?
9.
Daryo suvi va uning tabiiy jarayonlar hamda inson hayotidagi
ahamiyatiga tavsif bering.
10. Daryo suvining qanday tabiiy xususiyatlari mavjud?
11. Daryo suvining kimyoviy tarkibi va xossalariga izoh bering.
12. Daryolarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
57
III BOB. Tabiatda suvning aylanishi va unda daryolarning o‘rni
3.1. Yer sharida quruqlik va suvning taqsimlanishi
Yer sirtining okeanlar va dengizlar bilan qoplangan yuzasi umumiy
nom bilan
Dunyo okeani
deb ataladi. U planetamizning suv qobig‘i
bo‘lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir.
Gidrosfera
,
yuqorida aytilgandek, Dunyo okeanidan tashqari,
quruqlikdagi suvlar, jumladan, daryolar, ko‘llar, muzliklar, batqoqliklar,
atmosferadagi suv bug‘lari, tuproqdagi namlik, shuningdek, yer osti
suvlaridan tashkil topgan.
Yer sirtining umumiy maydoni 510 mln. km
2
bo‘lsa, shundan 361
mln. km
2
i yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan. Quruqlik yuzasi esa -
149 mln.km
2
yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki
suv havzalarining yig‘indi maydoni uning umumiy maydoniga nisbatan 3
foizdan kamroqni, muzliklar esa taxminan 10 foizni tashkil etadi.
Yer sharida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan.
Quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo‘lib, uning yuzasi umumiy
maydonga nisbatan 39 foizni tashkil etadi. Janubiy yarim sharda esa quruqlik
bor-yo‘g‘i uning 19 foizini egallagan. Quruqlik va suvning kengliklar
bo‘yicha bunday taqsimlanishi atmosferaning umumiy sirkulyasiyasiga va
suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Gidrosferaning turli qismlarida suv turlicha miqdorda taqsimlangan.
Bu masalani yoritishda M.I.Lvovich rahbarligidagi olimlar, aniqrog‘i,
K.P.Voskresenskiy tomonidan bajarilgan hisoblashlar natijalarini keltirib
o‘tish o‘rinlidir. Ularning aniqlashicha, Yer sharidagi suvning umumiy
hajmi 1 mlrd 386 mln.km
3
dan ortiq. Shundan 1 mlrd 338 mln.km
3
qismi,
ya’ni 96,5 foizi Dunyo okeanida, 23,4 mln.km
3
i - Yer po‘stida, 24
mln.km
3
dan ortiqroq qismi muzliklar va doimiy qor qoplamida, 176,4
ming km
3
hajmdagi suv esa ko‘llardadir (3.1jadval).
Alohida qayd etish lozimki, daryolar o‘zanida ayni bir vaqtda mavjud
bo‘lgan suv miqdori atigi 2,1 ming km
3
ni tashkil etadi. Shuningdek,
Yerdagi suvning umumiy hajmi ham kelajakda yanada aniqlashtirishni
talab etadi, Chunki sayyoramizdagi yer osti suvlarining miqdori ham hali
aniq baholangan emas.
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rnib turibdiki, Yer sharidagi
chuchuk suvlarning umumiy zaxirasi 35 mln. km
3
deb baholanadi. Bu
miqdor Yerdagi umumiy suv hajmining 2,53 foizini tashkil etadi. Lekin
uning asosiy qismi, ya’ni 68 foizdan ko‘prog‘i Antarktida, Grenlandiya va
Arktika orollaridagi muzliklarda, 30,1 foizi esa yer osti suvlaridan iboratdir
58
3.1jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |