Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


 Elektrodinamik o‘lchash asboblari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/140
Sana01.01.2022
Hajmi3,76 Mb.
#298573
TuriУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR

3.2. Elektrodinamik o‘lchash asboblari 
 
Elektrodinamik  o‘lchash  mexanizmlari  (3.4-rasm)  qo‘zg‘almas  g‘altak  4  va 
qo‘zg‘aluvchan  g‘altak  3,    porshen    2(strelka  bilan  jips  mahkamlangan)va  
kamera    1    dan  tashkil  topgan.    Bu    asbobda    aks  ta’sir  etuvchi  moment  tok 
o‘tkazuvchi  spiral  prujinalar  yordamida  hosil  qilinadi. Ko‘rsatkich  esa    2    o‘qqa  
o‘rnatiladi.    Elektrodinamik  o‘lchash  mexanizmlarida    aylantiruvchi  moment 
qo‘zg‘almas  g‘altak  magnit  maydoni  bilan  qo‘zg‘aluvchan  g‘altakdagi  tokning 
o‘zaro  ta’siri  natijasida  yuzaga  keladi.  Qo‘zg‘aluvchan  g‘altak  o‘qqa  yoki 
tortqilarga mahkamlangan bo‘ladi. 
 
3.4-rasm. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmi: 1 – tinchlantirgichning g‘ilofi; 
2 –strelka; 3  –  qo‘zg‘aluvchan g‘altak; 4-qo‘zg‘almas  g‘altaklar. 
 
G‘altaklardan  mos  ravishda  I

va  I

toklar  o‘tganda  ular  atrofida  B

va  B

induksiyali  magnit  maydonlari  hosil  bo‘ladi  va  qo‘zg‘aluvchan  qismga  ikkita 
maydonlar yo‘nalishlarining moslashishiga harakat qiluvchi kuch yuzaga keladi.  
Bu  holda  natijaviy  maydon  asosan  qo‘zg‘almas  g‘altak  maydoni  ulushiga 
to‘g‘ri  keladi,    chunki  undagi  chulg‘am  o‘ramlar  soni  qo‘zg‘aluvchan  g‘altak 
chulg‘amining  o‘ramlar  sonidan  50  martacha  ortiq  qilib  tayyorlanadi.  
G‘altaklarga toklar spiral prujinalar yoki tortqilar orqali beriladi.  Qo‘zg‘aluvchan 
qismni 
tinchlantirishda 
havoli 
yoki 
magnitoinduksion 
tinchlantirgichdan 
foydalaniladi.  


 
28 
Elektrodinamik  o‘lchash  mexanizmida  hosil  bo‘ladigan  aylantiruvchi 
momentni  ikkita  o‘zgarmas  tokli  g‘altaklar  elektromagnit  energiyasi  orqali 
topiladi. 
G‘altaklarning  o‘zaro  induktivligi  qo‘zg‘aluvchan  qism  burilish  burchagiga 
bog‘liq  emas.  Agar  teskari  ta’sir  etuvchi  moment  elastik  materialdan  yasalsa,    u 
holda  qo‘zg‘aluvchan  qism  burilishining  turg‘un  rejimidan  foydalanib  tegishli 
muvozanat tenglamasi hosil qilinadi. 
Elektrodinamik 
asbobning 
statik 
tavsifidan 
g‘altaklardagi 
toklar 
yo‘nalishlarining  bir  paytda  o‘zgarishi  ko‘rsatkich  og‘ish  burchagi  ishorasini 
o‘zgartirmasligi  ko‘rinadi.    Shuning  uchun  ham  elektrodinamik  asboblar 
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlari o‘lchashlarida qo‘llaniladi. 
Elektrodinamik  asbob  o‘zgaruvchan  tok  manbaiga  ulanganda  uning 
g‘altaklaridan  o‘zgaruvchan  toklar  o‘tadi.  G‘altaklardan  bir-biridan    burchakka 
siljigan toklar o‘tayotgan bo‘lsin. 
Qo‘zg‘aluvchan  qism  ma’lum  inertsiyaga  ega  bo‘lganligi  tufayli  u 
momentning  oniy  qiymati  ta’sirida  harakat  qilishga  ulgurmaydi  va  momentning 
bir davr mobaynida o‘rtacha qiymatiga proporsional bo‘lgan burchakka buriladi.  
Elektrodinamik mexanizmlar asosida nafaqat ampermetr va voltmetrlar balki 
boshqa kattaliklarni,  masalan,  aktiv quvvatni o‘lchashda ham foydalaniladi. 
Elektrodinamik  asboblarining  asosiy  afzalliklari    –    o‘zgarmas  va 
o‘zgaruvchan toklarda ko‘rsatishining bir xilligi  (g‘altaklar ketma-ket ulanganda)  
va ko‘rsatishning vaqt bo‘yicha mo‘’tadilligidir. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish