114
rostlashda foydalanilishi mumkin, aynan: bosim, quvvat, ko‘pincha, namlik, sath
va boshqalar.
Ф0303.2 o‘lchagich-rostlagichdan adapter - qaydlagich AD4 bilan
foydalanishda barcha o‘lchashlarni qaydlash mumkin. O‘lchagich-rostlagichning
kommutatsiyalovchi jihozi ikkita qayta uzib-ulagich elektromagnitli reledan
tashkil topadi, ularning har biri programmali har qanday kanallardan o‘lchashga
mo‘ljallangan. Ф0303.2 o‘lchagich-rostlagichni programmalash asbobning old
panelida joylashgan boshqarish tugmachalari orqali, hamda, shuningdek, RS485
interfeysi bo‘yicha programmali amalga oshiriladi.
Ф0303.2 o‘lchagich-rostlagichdan foydalanishni quyidagi misol orqali
namoyish qilish mumkin:
Suv ta’minotini avtomatlashtirishning asosiy vazifasi bo‘lib iste’molchilarga
etkazilayotgan suvning bosimini ta’minlash hisoblanadi. Buni amalga oshirish
uchun turlicha usullar qo‘llanadi:
Suvning naporini nasos vujudga keltirishi mumkin, kuzatuvchi avtomatik
tizim orqali suvning bosimi nasosning chiqishida o‘rnatilgan bosim datchigi
yordamida
boshqarish amalga oshiriladi;
chegaralangan balandlikda joylashgan, naporli idishga suvni haydab napor
hosil qilish mumkin, va idishga suvni davriy ravishda haydab undagi suvning
sathini ushlab turish mumkin.
Avtomatika sxemasi uchun o‘lchash va avariyali signalizatsiya sathning
oxirgi tavsiya etilgan variantlarning biri bo‘yicha sathning o‘lchanishi va avariyali
signal berish uchun avtomatik boshqarish sxemasi 8.24-rasmda tasvirlangan.
Mazkur sxema PTOKX «Ilinskoe» (Podmoskove)da o‘rnatilgan VNS-9 rusumli
suv nasos stansiyasining bir qismidir. Ushbu tizimning asosi bo‘lib tor profilli
Ф0303.2. o‘lchagich - rostlagich qo‘llanadi. Asbob chiziqli nurdiodli shkala bilan
ta’minlangan, bu shkala idishdagi suvning staxini indikatsiyali tarzda nazorat
qilish uchun juda qulaydir.
Sath idishda o‘rnatilgan gidrostatik bosim datchiki yordamida o‘lchanadi.
Datchik o‘lchagich — rostlagichning kirishiga kelib tushadigan 4-20 mA li tokli
signallarni ishlab chiqaradi. Sath datchigi o‘lchagich-rostlagich ichkarisida
o‘rnatilgan 24 V li ta’minot manbasidan ta’minlanadi.
116
ikkinchi kanal orqali qishki vaqtda javondagi ishchi haroratni ushlab turish uchun
qizdirgichni ulashda foydalanish mumkin.
8.25-rasm. Nasos stansiyasining suv xavzasidagi sathni nazorat qilish
takomillashtirilgan tizimining tasviri.
Ob’ektni telemexanika yoki SCADA-tizimi bilan Ф0303.2 o‘lchagich-
rostlagichga bog‘lash uchun asbob RS-485 rusumli interfeys bilan jihozlanishi
mumkin. Idishga suv uzatuvchi nasosni boshqarish uchun o‘zida qo‘shib
o‘rnatilgan PID- rostlagichli 3-fazali aylanish tezligi o‘zgartirgichidan
foydalanish mumkin. PID-rostlagichning kirish uchun signal Ф0303.2. o‘lchagich
— rostlagichning 4-20 mA li analogli chiqishidan uzatiladi.
SCADA (supervisory control and data acquisition, dispetcherlik boshqaruvi
va ma’lumotlarni yig‘ish).
Do'stlaringiz bilan baham: