Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


 Mikroprotsessor  va  mikro  EHMli  axborot-o‘lchash



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/140
Sana01.01.2022
Hajmi3,76 Mb.
#298573
TuriУчебное пособие
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR

 
10.2 Mikroprotsessor  va  mikro  EHMli  axborot-o‘lchash  
tizimlarini elektroenergetikaning dispetcherlik 
boshqarilishida qo‘llanishi 
 
Ma’lumki,    birlashgan    elektroenergetik    tizimlarida    turli    rejimlarni    olib  
borishda  elektrostansiyalarni    va    elektr    tarmoqlari    va    remont    sxemalarini  
normal    tanlash,  parallel    qo‘shilgan    elektrostansiyalarni    barqaror    ishlashini  
ta’minlash,    nominal  chastotani    ushlab    turish,    aktiv    va    reaktiv    quvvatni  
samarali    taqsimlash,  kuchlanishni    sozlash    va    hokazo    masalalar    turadi.  
Elektroenergetik    tizimlarini  rivojlanishi,    ya’ni    parallel    ishlaydigan  
stansiyalarni  ko‘payishi,  elektr  tarmoqlar sxemasini  murakkablashishi  tezkor  
(operativ)  boshqarish  tizimini  barpo  etish  masalasini  qo‘yadi.  Har  qanday  
boshqarish    tizimini,    shu    jumladan    dispetcherlik  boshqarish    asosida  
informatsion    jarayonlar,    ya’ni    ob’ekt    holati    to‘g‘risidagi  axborotning  
birlamchi    o‘zgartirilishi,    yig‘ish,    axborotga    dastlabki    ishlov    berish,  uni  
uzatish,    xotiralash,    hisoblash    ishlarini    bajarish,    taqsimlash,    tasvirlash, 
ro‘yxatlash    va    boshqarish    buyruqlarini    ijro    etish    yotadi.    Elektroenergetik 
tizimlarida  o‘lchash  texnikasini  rivojlanishi  asosida axborotni  yig‘adigan  va 
boshqarish buyruqlarini ijro etadigan telemexanik tizimlar (TMT) yaratilgan. 
Misol    uchun,    O‘zbekiston    elektroenergetik    tizimida    bunday    TMT  
o‘tgan  asrning 40  yillarida  vujudga  kelgan.  TMTlar  energetik  ob’ektlardan,  
odatda,  kommutatsiyali  apparatlar    holati  (uzilgan,  qo‘shilgan)  to‘g‘risida 
telesignalizatsiya    (TS),    avariyaning    oldini    olish    (AOO),    tok    kattaliklar  
kuchlanish,    quvvat    va  hokazolar    teleo‘lchovi    (TO‘)    to‘g‘risida  axborotni  
uzatadi.    TMT    uskunalari  energoob’ektlarning    kommutatsion    apparatlarini  
ajratish  va  qo‘shishi  to‘g‘risida teleboshqarish(TB) buyruqlarini uzatadi. TS va 
AOO  signallari  releli  himoya  va  avtomatika    (RHA)    sxemalari    yordamida  
shakllanadi.    TO‘    signallari    tok    va  kuchlanish  transformatorlaridan  qabul 
qilinadi. 


 
157 
RHA    sxemalari    elektromexanik    yoki    mikroelektron    bazasida    hamda  
ko‘rsatkichli  asboblar    va    elektr    energiya    hisoblagichlar    qo‘llanilganda  
ularning  axborotini to‘g‘ridan to‘g‘ri TMTlar orqali uzatish ma’lum qiyinchiliklar 
tug‘diradi. 
Energoob’ektlar  to‘g‘risida axborotlarni  dispetcher  boshqarishning  yuqori 
bosqichlariga faqat TMT yordamida uzatish mumkin.  
Zamonaviy    axborot-o‘lchash    tizimlarida  mikroprotsessorlar    (MP)    va 
elektron  hisoblash  mashinalaridan  (EHM)  foydalanish  RHA,  nazorat  etish  
va telekommunikatsiyali  texnologik  sxemalariga  keskin   o‘zgarishlar  kiritadi.  
MP    va  EHMdan    foydalanish,  turli    uskunalar    bajaradigan    funksiyalarni  
yagona    uskunada  bajarish    imkoniyatini    yaratadi.    Shuning    uchun    MP    va 
EHMlarni    qo‘llash  uskunalarning    ishonchliligini,    tezkor    va  avtomatik  
boshqarishni    iqtisodiy  ko‘rsatkichlarini    oshiradi.    Hozirgi    zamon    axborot-
o‘lchash    tizimlari  energoob’ektlarini    texnik    tashxis    (diagnostika)    ishlarini,  
o‘lchash,    nazorat,    tezkor  va  avtomatik    boshqarish,    axborotlarni    yig‘ish    va  
ularga    ishlov    berish,    tezkor  axborotni    ro‘yxatlash    va    hujjatlashtirish,  
kattaliklarni    belgilangan    qiymatlardan  og‘ishi,    chiqib    ketishi    va    normal  
avariya    holatlari    to‘g‘risida  axborotni  boshqarishning  yuqori  bosqichlariga 
uzatishga murakkab bo‘lmagan hisoblashlarni bajaradi.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish