Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/140
Sana01.01.2022
Hajmi3,76 Mb.
#298573
TuriУчебное пособие
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   140
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR

Teleo‘lchash tizimlari 
Ko‘p  hollarda  elektr  o‘lchash  vositalari  o‘lchanadigan  ob’ektga  yaqin 
joylashtirilishga    mo‘ljallangan.    Teleo‘lchash    tizimlari    (TO‘T)    ancha    uzoq 
masofada turgan ob’ektlardan o‘lchash axborotini uzatishga imkon beradi. Buning 
uchun o‘lchanayotgan kattalik avval o‘lchash o‘zgartgichi O‘O‘ yordamida uzatish 
uchun qulay bo‘lgan elektr kattalikka aylantiriladi va aloqa uzatish qurilmasi O‘Q 
orqali  qabul  qilish    qurilma    QQQ    ga    uzatiladi.  QQQ    esa  signalni  o‘lchash 
asbobi O‘A ga beradi.  
TO‘Tlari    har    xil    belgilarga    ko‘ra    farqlanadi.    Uzatiladigan    kattalik  
turiga ko‘ra tok, chastota, vaqt  va  raqamli  TO‘Tlari,  ishlash asoslariga ko‘ra 
analogli,  impulsli    va    raqamli    TO‘Tlariga  ajratiladi.    Bundan    tashqari,  
TO‘Tlari  aloqa kanalini  ajratish  usuli,  aniqlik  sinfiga  ko‘ra  ham  farqlanadi.  
TO‘Tlar  mutloq, nisbiy  va  keltirilgan  xatoliklari  bilan  baholanadi.  Asosiy  
keltirilgan    xatolikning  qiymatlariga  qarab  TO‘Tlar  0,25;  0,6;  1,0;  2,5  va  4,0 
aniqlik sinflariga bo‘linadi. 


 
155 
O‘V    laridan    farqli    o‘laroq    TO‘Tlarining    aloqa    kanallariga    tashqi  
omillar  ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Asosan uch xil tashqi omillar farqlanadi: 
1) fluktatsion – amplitudasi va vaqt intervali har xil bo‘ladigan impulslar; 
2)    sinusoidal    –    sanoat    qurilmalari    va    tarmoqlaridan    induksiyalangan 
signallar; 
3)    impulsli    –atmosfera    hodisalaridan,    har    xil    qurilmalar    va  
boshqalardan  hosil  bo‘ladigan  amplitudasi  va  vaqt  oralig‘i    turlicha  bo‘lgan 
impuls signallar. Bu omillarning ta’sirida qo‘shimcha xatoliklar yuzaga keladi. 
Analog    TO‘T    (ATO‘T)lari.    ATO‘Tlarda    o‘lchanayotgan    kattalik  
uzluksiz elektr  signalga  aylantirilib  aloqa  kanali  orqali  O‘V  o‘lchash  vositalariga 
uzatiladi.  
ATO‘Tlarda  axborot  tok,  kuchlanish,  chastota  va  faza  o‘zgarishi  orqali 
uzatiladi.Tokli    ATO‘Tlarida  axborot    o‘zgarmas    yoki    o‘zgaruvchan    tok  
ko‘rinishida uzatiladi. 
Kuchlanishli  ATO‘Tlarida aloqa  kanalida  tok  kamayishi  tufayli  signalni 
uzoq    masofaga    uzatish    qiyinroq.    Tokli    ATO‘Tlar    kompensatsiyali    va 
nokompensatsiyali turlariga bo‘linadi. 
Impulsli    TO‘Tlari.    Bunday    TO‘Tlarda    ATO‘Tlardan    farqli    o‘laroq 
o‘lchanayotgan  kattalik    avval    proporsional    vaqt  oralig‘iga  o‘zgartiriladi.  
Impulsli TO‘Tlarda  oralig‘i  turlicha  bo‘lgan  har  xil   o‘lchash  kattaliklarini  
uzatish  imkoniyati  mavjud.  Ko‘p  kanalli    TO‘Tlari  shu  tamoyilda  ishlaydi. 
O‘lchanayotgan kattalik  impulsning  qaysi  parametriga   o‘zgartirilishiga  qarab  
impulsli    TO‘Tlar  vaqt-impulsli,  amplituda-impulsli  va  impuls-chastotali 
TO‘Tlarga bo‘linadi. 
Raqamli    TO‘Tlari.    Bunday    TO‘Tlarda    signal    aloqa    liniyasi    orqali 
impulslarning    ma’lum    kombinatsiyasi    ko‘rinishda    uzatiladi.    Impulsli  
TO‘Tlardan  farqi  shuki,  o‘lchanayotgan  kattalik  raqamli  kodga  almashtiriladi. 
Bunda  ko‘pincha  ikki-o‘nlik  sanoq  tizimi  qo‘llaniladi.    Raqamli  o‘lchash 
axborotini  uzatishda  tashqi  muhit    ta’sirini    kamaytirish    uchun    xatolarni  
izlaydigan  va  to‘g‘rilaydigan  raqamli kodlardan  foydalaniladi.  Lekin  bunday  
usulni    qo‘llash    apparaturani  murakkablanishiga    va    uning    narxi    ancha 


 
156 
qimmatlashishiga  olib  keladi.  Hozirgi vaqtda  xatolarni  izlaydigan  va  ularni  
mikroprotsessorli  vositalar  yordamida to‘g‘rilaydigan maxsus dasturlar mavjud. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish