2-BO`LIM.“SOLIQ MAMURCHILIGINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI MEXANIZMI”
5-MAVZU: SOLIQ TO‟LOVCHILAR VA SOLIQ OB‟YEKTLARTINI
HISOBGA OLISH TIZIMI
1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish.
2.Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni hisobga
olish.
3.Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarning hisobini
yuritish.
1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish.
Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning hisobini yuritadi. Soliq
to‘lovchilarning hisobini yuritish ularni hisobga qo‘yish va ular to‘g‘risidagi hisob
ma‘lumotlarini yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi hisobga
qo‘yilayotganda unga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi hamda
soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisobga qo‘yish ma‘lumotlari O‘zbekiston
Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestriga kiritiladi. O‘zbekiston
Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati organi tomonidan
soliq to‘lovchiga berilgan identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi
guvohnoma yoki soliq to‘lovchi bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati
organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat
56
ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi
guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq to‘lovchi hisobga
qo‘yilganda unga beriladigan raqamdir. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
o‘zgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq to‘lovchiga berilmaydi.
Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxsning tugatilishi,
jismoniy shaxsning vafoti yoki boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati
bilan, ushbu voqealar ro‘y bergandan keyin uch yil o‘tgach, bekor qilinishi
mumkin. Soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqamlarini berish Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan
«O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini
berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida»gi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi
soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reestrini shakllantirish;
soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish; soliqlarning byudjetga
tushishini hisobga olish va soliq organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha
ma‘lumotlarni komp`yuterda ishlashni joriy etish; soliq qonunchiligiga rioya
etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama
tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish; soliq organlari bilan davlat xokimiyati
va boshqaruvining boshqa organlari, bank muassasalari va moliyaviy tusdagi,
shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi
boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish; daromadlarni,
to‘langan soliqlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, jismoniy
shaxslar tomonidan ijtimoiy va boshqa sug‘urta bo‘yicha davlat jamg‘armalariga
to‘lovlarni
hisobga
olishni
birxillashtirishrni
ta‘minlashga
qaratilgan.
Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining barcha soliq majburiyatlari va barcha
ijtimoiy huquqlari bo‘yicha yagona hisoblanadi, uning davlat hokimiyati va
nazorat organlari bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi hamda boshqa sug‘urta
jamg‘armalaridan to‘lovlar (mablag‘lar) olish bo‘yicha barcha o‘zaro
munosabatlarida qo‘llanadi va o‘zgartirilmaydi. Soliq to‘lovchining identifikatsiya
raqami quyidagilarda albatta yozib qo‘yilishi kerak: yuridik va jismoniy
57
shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada,
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi
organlarida ularni hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; faoliyatning
ayrim turlari bilan shug‘ullanishga doir litsenziyasida; cheklardan tashqari, pul
bilan hisob-kitob qilinadigan to‘lov hujjatlarida, shuningdek ularning elektron
shaklida; davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy va soliq
hisoboti hujjatlarida; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik,
fuqarolik-huquqiy hamda mehnat shartnomalarida; yuridik shaxslar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar bitimlar tuzganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi
hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar hamda transport hujjatlarida;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda qiymat ifodasiga ega bo‘lgan
moliyaviy, mulkiy hamda boshqa majburiyatlar yuzaga kelganligini, shuningdek
ularning bajarilishini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda. Soliq to'lovchining
identifikatsiya raqami to'qqizta raqamli belgidan iboratdir, dastlabki 8 raqam soliq
to'lovchining o'z raqami, oxirgi raqam esa nazorat sonini tashkil etadi. Shunday
qilib, soliq to'lovchining identifikatsiya raqami tuzilishi quyidagicha ko'rinishga
ega bo'ladi: Soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini kodlashtirish uchun
seriyali tartib usulidan foydalanadi. Bunda soliq to'lovchilarning identifikatsiya
raqamlari barcha to'plami soliq to'lovchilarning tiplarini aniqlashtiruvchi ikki
turkumlash guruhiga: jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan. Ushbu
maqsadlarda
quyidagi
kodlardan
foydalanilishi
kerak:
20000000Xdan
29999999Xgacha — yuridik shaxslar uchun; 40000000Xdan 79999999Xgacha —
jismoniy shaxslar uchun; bunda X-soliq to'lovchining identifikatsiya raqami
sonlari izchilligi to'g'riligini nazorat qiluvchi son, ushbu son O'zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo'mitasida komp`yuter tomonidan soliq to'lovchiga
identifikatsiya
raqami
berish
jarayonida
muayyan
algoritm
bo'yicha
shakllantiriladi.
Zarurat
bo'lganda,
kodlashtirish
tizimi
imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida quyidagi kodlar zaxira qilingan: 00000000Xdan
19999999Xgacha;
30000000Xdan
39999999Xgacha;
80000000Xdan
99999999Xgacha. Soliq to‘lovchi sifatida quyidagilar hisobga qo‘yiladi: yuridik
58
shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari o‘zlari joylashgan yerdagi
(pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida; yuridik shaxsning soliq
majburiyatini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo‘linmalari — alohida
bo‘linmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi
davlat soliq xizmati organida; jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida;
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — doimiy
muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan
joyidagi davlat soliq xizmati organida; mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilar
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining
norezidentlari — soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati
organida. Soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i, molmulk
solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha
majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq
to‘lovchi soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida
obyekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi kerak. Bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati
organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat
ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi kerak.
Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga
qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova
qilinadi. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari soliq
solish obyekti vujudga kelgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida ushbu Kodeksga
muvofiq davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim
etishi shart. Masalan, fuqaro A.Axmedov Olmazor tumanidan uy-joy sotib oldi. U
o‘n kunlik myddat ichida Olmazor tuman soliq inspeksiyasiga hisobga qo‘yish
to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Yuridik shaxslar — O‘zbekiston
59
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur faoliyatni amalga oshirish
boshlangan kundan e‘tiboran bir yuz sakson uch kundan kechiktirmasdan davlat
soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi
arizani taqdim etishi shart. Doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan
yuridik shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining hisobga qo‘yish
to‘g‘risidagi arizasiga shartnoma yoki yuridik shaxs — O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish
uchun berilgan ishonchnoma, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy
muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma
ilova qilinadi. Yer solig‘i, shuningdek ko‘chmas mulkka taalluqli qismida
molmulk solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari yer uchastkasiga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati
organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda
ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Davlat soliq
xizmati organi hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar
asosida soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi, soliq
to‘lovchi haqidagi hisobga qo‘yish ma‘lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi soliq
to‘lovchilarining yagona reestriga kiritadi va tegishli ariza berilgan kundan
e‘tiboran uch kundan kechiktirmay kundan kechiktirmay soliq to‘lovchi hisobga
qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |