Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

Soliq kodeksiga
muvofiq: 
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi 
soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining 
vakili ishtirok etishi mumkin.
Soliq to‘lovchi 
moliya-xo‟jalik
faoliyatining tekshiruvini o‘tkazish (taftish 
qilish) uchun 
quyidagilar asos bo‟ladi:
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha 
vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda 
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, 
tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar 
ko‘rsatiladi;
davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish 
maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi.
Soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari 
(taftishlari) bir yilda ko‘pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‘z 
vaqtida hamda to‘liq hajmda rioya etayotgan soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik 
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga 
oshiriladi. 
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‘jalik 
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‘pi bilan bir marta, 
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari moliya-xo‘jalik 
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, 
boshqa tadbirkorlik sub‘ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq 
tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining 
moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran 
dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi. 


166
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan 
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik 
faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining 
byudjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish 
bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan 
e‘tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi.
Tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali 
tekshiruvlardan o‘tkazilishi mumkin. 
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi 
haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin 
tadbirkorlik sub‘ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan 
holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya 
va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub‘ektining faoliyati to‘g‘risida 
davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda 
tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‘yicha 
qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari 
tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan 
chiqishi mumkin.
Soliq monitoringi amalga oshirilgan soliq davri uchun moliya-xo‘jalik 
faoliyati bo‘yicha rejali tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Soliq tekshiruvi o‘tkazilishi 
soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi kerak. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) 
davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub‘ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish, 
ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar ko‘rsatish (ishlar 
bajarish) joyi qaerda joylashganligidan qat‘i nazar, takrorlashga yo‘l qo‘yilmagan 
holda, tadbirkorlik sub‘ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tegishli davlat 
soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 


167
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari 
tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‘tkazish dasturiga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganda o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
soliq tekshiruvi soliq to‘g‘risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini 
o‘rganish uchun o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu qonun hujjatlarining ro‘yxati;
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan 
holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 
Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan 
bevosita oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi 
mumkin. Bunda tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali 
tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish 
o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan 
davrni qamrab oladi.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari Soliq 
kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lovchining hududi va joylarini tekshirishga, 
mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va 
predmetlarni olib qo‘yishga, soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining 
rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga 
oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar 
olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish 
choralarini ko‘rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab 
qilishga, soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.


168
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq 
hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda soliq tekshiruvlarini ro‘yxatga 
olish kitobi to‘ldiriladi.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish