111
DUNYO TILLARI VA ULARNING TASNIFI
31-§. Dunyo tillari.
Dunyo tillarini qarindosh va qarindosh
bo‘lmagan tillarga ajratib o‘rganish XVIII asrning ikkinchi yarmida
paydo bo‘lgan tarixiy-qiyosiy tilshunoslikning izlanish samaralaridan
biridir. Umuman qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning,
tilshunoslikka bergan
eng katta hosilasi butun dunyodagi tillarning geniologik tasnifini
yaratish imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytsak,
komporativistikaning asoslanishi butun dunyodagi tillarning geniologik
tasnifini yaratish imkonini berdi. Tillarni bir-biriga qiyoslab, taqqoslab
o‘rganish tillardagi so‘zlarning ma’nolari,
grammatik xususiyatlari bir-
biridan juda katta farq qilishini ko‘rsatdi. Bir - biridan katta farq qilagn
tillar kelib chiqishiga ko‘ra qardosh tillar bo‘la olmaydi. Shuningdek,
tillarni qiyoslash oqibatida ba’zi tillarning leksik boyligi, grammatik
xususiyatlari, ulardagi so‘zlarning shakllari va ma’nolari, paydo bo‘lish
manbai ham bir-biriga ancha yaqin ekanligi ko‘rinadi. Bunday tillar bir
tildan kelib chiqqan,
qardosh tillar
hisoblanib,
grammatik tuzilishi va
boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi
til
oilasi
deb qaraladi. Masalan, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar,
boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, gagauz, qoraqalpoq, turk,
chuvash kabi tillar turkiy til oilasiga kiritiladi. Chunki, bu tillardagi
o‘xshashlik, yaqinlik, umuman, qardoshlik tomonlari ularning so‘z
boyligi, fonetik, grammatik qurilishiga bir – biriga juda o‘xshaydi.
Qardosh tillar jamiyatning tarixiy
taraqqiyot jarayonida yo
differensiya yoki integratsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan tarixiy
hodisadir. Shuning uchun tillarning qarindoshligini biologik hodisa deb
qarash xatodir [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 156].
Qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarda o‘xshashlik hodisalari uchrashi
mumkin. Til ochiq tizim bo‘lgani uchun, bir tildan ikkinchi bir tilga
tinimsiz so‘zlarning kirib kelishi yuz beradi. Ma’lum bir tilda boshqa bir
qardosh bo‘lmagan tildan kirgan so‘zlar ham ko‘plab uchraydi. Masalan,
o‘zbek tiliga arab tilidan:
ism, fe’l, harf, kalima, jumla, qofiya, vazn,
balog‘at, istiora, mantiq, falsafa, savod, ma’no, mazmun
singari, rus
tilidan
mashina, stol, stul, ruchka
kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan.
Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh
112
til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan,
bunday tillarning
qardosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la
olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan
so‘zlar juda ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari
butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida
turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan so‘zlar
tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganilgan etnogenez jihatdan
ham qardosh bo‘lib
chiqmaydi, chunki til materialining kelib chiqishi
jihatidan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, qardosh emasligi ma’lum bo‘ladi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga
qarashli bo‘lganligi uchun bu tillar leksikasidagi so‘z boyligi ma’nolari,
so‘larning fonetik va grammatik tuzilishlari jihatidan ham birmuncha
o‘xshashlik, yaqinligi aniq sezilib turadi. Jumladan, evropa tillari va boshqa
tilarda ham bunday xususiyatlarni qiyoslab o‘rganishda qardoshlik aloqalari
aniqlandi
.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z negizlari,
grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib,
ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan hisoblanadi. Ulardagi biror so‘z yoki
grammatik vositalardagi noo‘xshashlik ma’lum
bir fonetik qonuniyat
asosida yuz bergan. Masalan, o‘zbek tilidagi
g‘
tovushiga qozoq tilidagi
u (w)
tovushi muvofiq keladi:
bog‘ - bau (baw), tog‘-tau (taw);
o‘zbek
tilidagi
t
tovushiga ozarbayjon tilidagi
d
tovushi muvofiq keladi:
temir-
demir, til-dil;
o‘zbek tilidagi
y
tovushiga qardosh tillardagi
tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangan
hamda qardosh tillardagi so‘zlarning leksik ma’nolari va grammatik
qurilishlaridagi ba’zi bir farqlar ular tilining o‘ziga xos xususiyatlariga
bog‘liq.
Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-
biridan ozmi-ko‘pmi
farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning
ma’nolari asosan o‘zaro juda yaqin bo‘ladi. Shu kabi har bir tilning
boyligi inson irqining oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu
asosda, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyoti
jarayonida bir o‘zak tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro
munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq
tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni
guruhlarga ajratadi.
113
Professor N.Uluqov tillarning geniologik
tasnifiy birliklari deb
quyidagilarni ko‘rsatadi [N.Uluqov, 2016: 44]:
Do'stlaringiz bilan baham: