Minayasar pashshalar -
Agromyzidae
oilasi.
75(74).
Peshonasining o‘rta chizig‘iga yo‘nalgan oldingi qilchalari yo‘q.
76(79).
Qanotlarida anal va orqa asosiy katakchasi yo‘q. Anal tomiri (A) yo‘q
yoki ba’zi hollarda faqat burma shaklda rivojlangan.
77(78).
Subkostal (Sc) tomiri yo‘q, kostal (C) tomiri radial (R
1
) tomirida bitta
uzlukli.
Boshoqli o‘simlik pashshalari -
Chloropidae
oilasi.
78(77).
Subkostal (Sc) tomiri aniq rivojlangan. Kostal tomiri 2 ta uzlukli: biri
radial (R
1
), ikkinchisi yelka ko‘ndalang tomiri oldida joylashgan. Tuxum qo‘ygichi
yumshoq, tortiluvchan. Tanasi ko‘pincha kichik (0,9-7 mm), qora yoki kulrangda.
Lichinkalari o‘simlikxo‘r yoki saprofag, ba’zilari yirtqich. Suvda, nam tuproqlarda,
o‘simlik minalarida yashaydi.
Qirg‘oqchi pashshalar -
Ephydridae
oilasi.
79(76).
Qanotlarida anal katakchasi, ko‘pchilik holatda anal (A) tomiri bor.
Anal katakchasi yopiq. Tanasi kichik, ba’zan o‘rta kattalikda (1,5-5mm), har xil
rangli - yaltiroq qora rangdan qo‘ng‘ir sariq ranggacha. Qanotlari tipik, ba’zan tepa
tomoni qo‘ng‘ir dog‘li.
Lichinkalari odatda saprofag.
Drozofillar -
Drosohilidae
oilasi.
80(1).
Qanotlari yo‘q yoki ular to‘liq rivojlanmagan va uchishga
moslashmagan.
81(82).
Mo‘ylovlari ko‘p bo‘g‘imli, asosiy bo‘g‘imidan tashqari qolganlari
deyarli bir xil tipda rivojlangan.
Uzunmo‘ylovlilar -
Nematocera
kenja turkumi.
82(81).
Mo‘ylovlari uch bo‘g‘imli, ba’zan ikki yoki bir bo‘g‘imli.
Kalta mo‘ylovlilar -
Brachycera
Do'stlaringiz bilan baham: |