Bargburgasimonlar yoki psilidlar - Psyllinea kenja turkumi. 4(5). Oldingi qanotining uch tomoni yumaloq yoki biroz qisiqroq, lekin
burchakli emas. Oldingi qanotidagi Medial tomiri Cubital tomiri bilan umumiy
naycha hosil qiladi (96, b-1-rasm). Kostal tomirining uzilmasi bor. Anal tomirining
uzilmasi biroz Cu
2
tomirining ustki tomonidan surilgan.
Bargburgalar - Psyllidae oilasi. 5(4). Oldingi qanoti o‘tkir burchakli. R, M va Cu tomirlari oldingi qanotining
bir o‘zak nuqtasidan tarqalgan (104, b-2-rasm) yoki M tomir R tomirdan shoxlangan
va Cu tomiri bilan bog‘lanmagan. Kostal tomirda uzilmasi yo‘q, anal tomirning
uzilmasi uning o‘rtasiga qarab surilgan.
Triozidlar - Triozidae oilasi. 6(1). Panjalari 3 bo‘g‘imli. Mo‘ylovlari kalta, 3 bo‘g‘imli, 3 bo‘g‘imi ingichka,
uzun, ba’zan bo‘g‘imli
qilchani hosil qilgan. Qanotlarida bo‘yiga yotgan tomirlardan
tashqari ko‘ndalanglari ham bor. Ba’zan oldingi qanotlari orqadagilaridan ko‘ra
qalinroqdir.
Saratonsimonlar - Cicadinea kenja turkumi. 7(10). Qanot ustligisini o‘zagi qanot tangachasi bilan qoplangan, mo‘ylovlari
doimo ko‘zlari ostida - chekkasida yoki ko‘zining pastki qirra chuqurchasida
yopishgan. Boshida uzunasiga ketgan qillari rivojlangan. O‘rta oyoqlarining toschasi
336
uzun.
Fulgoroidlar - Fulgoroidea bosh oilasi. 8(9). Orqa oyoq boldirining tepasi yirik, lansetsimon, harakatchan pixli.
Mo‘ylovlari ko‘zining pastki qirrasi kesigida.
Svinushkilar - Delphacidae