UCH O’LCHOVLI MODELLASHTIRISH KARKAZ USULI S.K. Kurbanov (assistant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) Uch o’lchovli modellashtirish asoslarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, eng avvalo uning usullari haqida tushunchaga ega bo’lishimiz talab etiladi. Mazkur ma’ruzada uch o’lchovli modellashtirishning usullari haqida fikr yuritilgan. Karkazli modellashtirishning xususiyati shundaki, u birinchi darajali geometrik elementlardan - chiziqlar va qirralardan iborat bo’ladi. Karkazli modellar ko'p qirrali bo'lgan ob'ektlarni, ya'ni tekis yuzalar bilan chegaralangan ixtiyoriy shakldagi yopiq ko'p qirrali obyektlarni yoki ma'lum pozitsiyalarda o'rnatiladigan jismlarni harakatlantirish natijasida olingan narsalarni aniqlash uchun foydalaniladi. 3D model bu holda, ko'p qirrali obyekt uchlarining koordinatalari, ular orasidagi bog'lanishlarni, ya'ni qirralarni ko'rsatib beradi. 1-rasmda eng sodda primitivlardan hisoblangan kubning karkazli modeli va sakkizta uchi koordinatalari ro'yxati ko'rsatilgan, ularning orasidagi bog'lanishlar ikkita gorizontal va to'rtta vertikal qirralarni belgilash bilan belgilanadi. 1-rasm. Kub uchlari koordinatalari bilan aks ettirilgan karkazli modeli Eng ko’p tarqalgan karkazli modellashtirish – instrumentlar trayektoriyasini aks ettirish, detallarni oddiy ishlov berish operatsiyalarini bajarish kabi jarayonlarda foydalaniladi. Masalan, 2,5 yoki 3 o'qda frezalash. 2,5-o'qning kontseptsiyasi shundaki, oddiyroq tizimlar faqat doimiy ko’ndalang kesim bilan shakllarni modellashtirishlari mumkin. Bunday shakllar ikki yarim geometriya deb ataladigan tushunchaga tegishli (2,5 o'lchovli geometriya). Karkazli modelning noaniq talqini uning asosiy kamchiliklaridan biridir. Masalan, 1-rasmdagi kubning uch o'lchovli tasviri. Ushbu rasmdagi kubni ikki xil ko’rinishda yuqori yoki pastki ko'rinish sifatida talqin qilish mumkin (2a-rasm). Yoki piramidaning uch tomonlama ko’rinishini talqin qilish mumkin (2b-rasm) a) 219 b) c) 2-rasm. Karkazli modelni talqin qilishda noaniqliklar: a - kubni 2 xil ko’rinishda talqin etilishi, b - piramidani perspektiv va 3 xil ko’rinishi (to’g’ridan, yuqoridan va o’ngdan), c – aylana qirrali obyekt Karkazli modellarini qayta ishlashda yashirin chiziqlarni olib tashlash operatsiyalari odatda faqat qo'lda muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin, chunki ba'zi ko'rinishda ko'rinmaydigan chiziqlar boshqa ko'rinishda ko'rinadi. Egri qirralarni taniy olmaslik va fazoviy komponentlarning o'zaro ta'sirini aniqlash imkoniyati yo’qligi karkazli modellashtirishning qo'llanilishini cheklaydi. Masalan, ob'ektning aksonometrik tasviri (2c-rasm) berilgan shaklning karkazli ko'rinishini noto'g'ri talqin qilinishiga mos keladi. Karkazli modellashtirishning yuqoridagi kamchiliklaridan tashqari, karkazli ma'lumotlaridan fizik xususiyatlarni (masalan, massa, sirt maydoni, og'irlik markazi yoki inertsiya momenti) hisoblashda paydo bo'ladigan qiyinchiliklarni ham ta'kidlash lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |