Uch fazali EYuK tizimning uch fazali toklari deb bir xil chastotali va fazalari o‘zaro
120 0 ga siljigan uchta sinusoidal bir fazali toklar tizimiga aytiladi. Uch fazali tizim
yordamida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani uzoq masofalarga uzatish, bir
fazali tizimga nisbatan samarali hisoblanadi. Uch fazali EYuK tizimni hosil qilish,
uni iste’molchilarga uzatish va bevosita iste’mol qilishda qo’llaniladigan uch fazali
sinxron generatorlar, motorlar, transformatorlar konstruktsiyasi ishlab
chiqarishuchun qulay va samarali, ularni ekspluatatsiyasi tejamli va ishonchlidir.
Texnologik tomondan uch fazali tizimlarda aylanuvchi magnit maydoni hosil qilish
nisbatan qulayu sanaladi. Sinxron va asinxron elektr motorlarning ishlash
tamoyillari ushbu aylanuvchi magnit maydonning tokli o ‘tkazgichga ta’siri hisoblanadi.
Uch fazali tizimga ta’rif, tushuncha va formulalar.
Bir xil chastotali va fazalar bo’yicha o’zaro 120’ siljigan uchta EYuK li zanjirdagi tok
uch fazali tok deb ataladi. Uch fazali EYuK tizimi, uch fazali iste’molchi va ularni
o’zaro bog’lovchi o’tkazgichlar uch fazali zanjirni shakllantiradi. Uch fazali
generator EYuK larinig oniy qiymatlari quyidagicha ifodalanadi:
e(a) = E(m) sin t; e(b) = E(m) sin( t-120 0 ); e(C) = E(m) sin( t +120 0 ) Simmetrik
rejimda ushbu EYuK lar oniy qiymatlarining algebraik yig’indisinolga teng bo’ladi:
e(a)+ e(b)+ e(c)= 0 EYuK vektorlarining geometrik yig’indisi yopiq uchburchak
hosil qiladi. Uch fazali zanjirda ikki turdagi kuchlanish va toklar mavjud bo’ladi:
Faza kuchlanishi –liniya simlarining har biri bilan neytral sim orasidagi kuchlanish
bo’lib Ua , Ub va Uc lar bilan yoki umumiy tarzda U(f) bilan belgilanadi; Liniya
kuchlanishi – liniya simlari orasidagi kuchlanish, boshqacha aytganda generator
chulg’amlarining A va B, B va C hamda C va A nuqtalari orasidagi UAB, UBC va UCA kuchlanishlar yoki umumiy tarzda UA bilan belgilanadi;Faza toki – generator chulg’amlarining yoki iste’molchilarning bosh uchidan oxirgi uchiga yo’nalgan tok
bo’lib umumiy tarzda If ko’rinishida belgilanadi. Liniya toki – Zanjirdagi liniya
simlaridan oqib o’tayotgan tok bo’lib umumiy tarzda IL bilan belgilanadi. Uch
fazali zanjirlarda generator, transformator chulg’amlari va iste’molchilar ikki xil
sxemada: “yulduz” (Ү) yoki “uchburchak” (∆) usulida ulanadi. Generator
chulg‘amlarini “yulduz” (Ү) usulida ulanishi va EYuKlarning vektor diagrammalari
Uch fazali tokning quvvati. Uch fazali simmetrik zanjirlarda quvvatlar quyidagicha
hisoblanadi:
Aktiv quvvat: P(3f)=3P(f)=3U(f)*I(f)*cos(α)
Reaktiv quvvat: Q(3f)=3Q(f)=3U(f)*I(f)sinα
S(3f)=(P(3f)^2+Q(3F)^2)*1/2=3U(f)*I(f)=3^(1/2)*U(l)*I(l)
Uch fazali simmetrik zanjirlarda tokning quvvatini bir fazali va uch fazali
vattmetrlar yordamida o’lchash mumkin. Elektr zanjirlarda uch fazali simmetrik
iste’molchilarni “yulduz” sxemasidan “uchburchak” sxemasiga o’tkazib ulanganda,
liniyadagi tok 3 hamda iste’molchining quvvati 3 martaga ko’payadi. Ushbu
xususiyatdan amaliyotda keng miqyosda foydalaniladi. 48 Elektr stantsiyalarida
uch fаzаli sinхrоn gеnеrаtоrlаr o’rnatilgan bo’lib, aynan ular yordamida uch fаzаli
elektr energiyasi hosil qilinadi. Uch fаzаli sinхrоn gеnеrаtоr ikkita asosiy qism –
qo’zg’almas stator va aylanuvchi rotordan) iborat bo’ladi. Stator pazlariga
chulg’amlar soni bir xil, o’zaro bir-biridan 120’ ga siljigan uchta chulg’am
joylashtiriladi. Rotor vali(o’qi)ga esa N va S ikki qutbli elektromagnit mustaxkam o'rnatilgan.
Ushbu elektromagnit cho’lg’mi maxsus manbadan o’zgarmas tok bilan ta’minlanadi.
l 0 ‘zgarmas tok zanjirida quwatni voltmetr va ampermetr yordamida o‘lchasa bo‘ladi. Buning uchun tok
va kuchlanishni bir vaqtning o'zida o‘lchab, ulami ko'paytirish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |