U yu. O„roqov


 Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri va



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/99
Sana14.12.2022
Hajmi1,86 Mb.
#886035
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
Давлат-хариди

5.3. Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri va 
insofsiz ijrochilarning yagona reestri 
Maxsus axborot portali operatori maxsus axborot portalidan 
foydalanish vositasida davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan 
shartnomalar reestrini (bundan buyon matnda shartnomalar reestri deb 
yuritiladi) yuritadi. 
Shartnomalar reestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi: 

davlat buyurtmachisining nomi; 

moliyalashtirish manbasi; 

ijrochini aniqlash usuli; 

xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan 
sana va shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari

shartnoma tuzilgan sana; 

tovar (ish, xizmat), shartnoma bahosi va uni ijro etish muddati, 
tovar (ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning 
nomi hamda ijro etilgan shartnomaga doir tovarni ishlab chiqaruvchi 
to‗g‗risidagi axborot; 

ijrochi soliq to‗lovchining nomi, firma nomi (agar mavjud bo‗lsa), 
joylashgan eri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi, 
otasining ismi (agar mavjud bo‗lsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun), 
identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning 


72 
 
qonun hujjatlariga muvofiq ijrochi soliq to‗lovchining o‗xshash 
identifikatsiya raqami, bundan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy 
ahamiyatga ega bo‗lgan va davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv 
fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‗xshash 
fondlarni to‗ldirish uchun mo‗ljallangan madaniy qimmatliklarni, shu 
jumladan muzey ashyolarini va muzey kollektsiyalarini, shuningdek noyob 
va qimmatbaho nashrlarni, qo‗lyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan 
ularning ko‗chirma nusxalarini) etkazib beradigan jismoniy shaxs 
to‗g‗risidagi axborot mustasno; 

shartnomani o‗zgartirish to‗g‗risidagi axborot, shartnomaning 
o‗zgartirilgan shartlari ko‗rsatilgan holda; 

shartnomani ijro etish to‗g‗risidagi axborot, shu jumladan 
shartnoma uchun haq to‗lash, shartnomada nazarda tutilgan 
majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlik munosabati bilan 
moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar, penyalar) hisoblanishi to‗g‗risidagi 
axborot; 

shartnomani bekor qilish to‗g‗risidagi axborot, bekor qilish 
sabablari va asoslari ko‗rsatilgan holda. 
Shartnomalar reestridagi axborot to‗lov undirilmagan holda tanishib 
chiqish uchun ochiq bo‗lishi kerak. 
Shartnomalar reestrini yuritish tartibi vakolatli organ tomonidan 
belgilanadi. 
Qaysi shartnomalar to‗g‗risidagi axborot shartnomalar reestriga 
kiritilmagan bo‗lsa, o‗sha shartnomalar uchun haq to‗lanmaydi. 
Insofsiz ijrochilarning yagona reestri. 
Insofsiz ijrochilarning yagona 
reestri vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan ro‗yxatdan iborat 
bo‗lib, unga quyidagi ma‘lumotlar kiritiladi: 

xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‗yicha belgilangan 
shartlarda davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat 
xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‗yin 
tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‗oliblari to‗g‗risidagi; 

majburiyatlarni 
bajarmaganlikda 
yoxud 
tegishli 
tarzda 
bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar 
haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‗lmaydigan kuchlar 
oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar 
mustasno; 

sudning qaroriga ko‗ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya 
bilan bog‗liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar 
to‗g‗risidagi. 


73 
 
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ijrochi uch yil 
davomida davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi, bu muddat tamom 
bo‗lgach ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reestridan chiqarib 
yuborilgan hisoblanadi. 
Ijrochilar 
Insofsiz 
ijrochilarning 
yagona 
reestriga 
kiritish 
to‗g‗risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish