117
Nazorat uchun savollar
1.
Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy
maqsadlari nimalardan iborat?
2.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
xarid tizimida
qanday vakolatlari mavjud?
3.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat xaridlari sohasida
qanday vakolatlari mavjud?
4.
Qaysi organ davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi?
5.
Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ qanday funksiyalarni
bajaradi?
6.
Xarid tizimida qonunniylik ustidan davlat nazoratini qaysi
tashkilotlar o‗z vakolatlari doirasida amalga oshiradi?
7.
Xarid tizimida jamoatchilik nazoratini kimlar amalga oshiradi?
8.
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha
komissiya shikoyatni qabul qilib olganda qancha vaqt ichida u haqda
davlat buyurtmachisini xabardor qiladi?
9.
Ishtirokchining shikoyati asosli deb topilgan taqdirda, shikoyatlarni
ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya qanday choralarni ko‗radi?
10.
Davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikni
buzganlik uchun
qanday ma‘muriy javobgarlik choralari belgilangan?
118
12-BOB. DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH YO„NALISHLARI
12.1. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning zaruriyati
Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi davlat xaridlari orqali
amalga oshiriladi. Bu byudjet muvozanatini saqlashga bevosita ta‘sir
qiladi. Binobarin, davlat xaridlari miqdorini eng maqbul darajada saqlab
turish asosida zarur samaradorlikka erishiladi.
Zamonaviy sharoitda, byudjet mablag‗larining maqsadli sarflanishini
ta‘minlash, hamda korxona, tashkilotlarning diversifikatsiyalashuvida va
rivojlanishida keng raqobatni yaratish va ularni rivojlantirish maqsadida
davlat
xaridlarining yanada mukammal, ochiq va shaffof, savdo
ishtirokchilarining yuqori darajadagi raqobatini va ularning teng ishtirokini
ta‘minlaydigan, takomillashgan davlat xaridlari shakllarini joriy etish
orqali zamonaviy xarid mexanizmi yo‗lga qo‗yilishi va rivojlantirilishi
dolzarb masalalardan biri bo‗lib hisoblanadi.
Davlat moliyasini boshqarishda byudjet mablag‗laridan samarali
foydalanishni ta‘minlash, davlat ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan
tovar va
xizmatlarni etkazib berishda tadbirkorlik sub‘ektlarining keng ishtirokini
yanada rivojlantirish hamda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida
raqobat va shaffoflikni yanada kuchaytirish mamlakatimizda davlat
xaridlari tizimini takomillashuvini talab qiladi.
Mamlakatimizda
davlat
xaridi
tizimini
izchillik
bilan
takomillashtirish yo‗nalishida keng ko‗lamli ishlar olib borilmoqda.
Buning uchun zarur bo‗lgan huquqiy-tashkiliy poydevor yaratilgan.
Yaqin kungacha davlat xaridlari sohasi 30 dan ortiq normativ-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinardi, bunda yaxlit tizim mavjud emas
edi.
Buning oqibatida esa ba‘zan huquqiy jihatdan bir-birini rad etuvchi
holatlar ham vujudga kelgan. Ayrim holatlarda
esa takrorlovchi tartib-
taomillar korruptsiyaga sharoit yaratgan va ko‗p vaqt yo‗qotishga sabab
bo‗lgan.
Bu kabi muammolarning oldini olish, davlat xaridlarini tartibga
soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda
uni bir xilda qo‗llash maqsadida 2021 yil 22 aprelda «Davlat xaridlari
to‗g‗risida»gi yangi tahrirdagi O‗zbekiston
Respublikasi Qonuni qabul
qilindi. Ushbu Qonun davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu
sohada tadbirkorlarning raqobatlashuvini ta‘minlamoqda, davlat byudjeti,
119
markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‗lgan korxonalar
mablag‗laridan samarali foydalanishga imkon yaratmoqda.
Shu bilan birga, davlat xaridlari bo‗yicha tender va tanlov savdolarini
elektron tarzda o‗tkazish to‗g‗risidagi Nizom, Tovar (ish, xizmat)larni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri va soddalashtirilgan usulda xarid qilish to‗g‗risidagi
Nizomlarni ishlab chiqish, davlat xaridlari bo‗yicha boshqa qonunosti
hujjatlarni unifikatsiyalash ham muhim masalalardan sanaladi.
O‗zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etishning yaqin
kelajakdagi asosiy istiqbolli yo‗nalishi bu –
internet va zamonoviy
texnologiyalarga asoslangan elektron xarid hisoblanadi. Jahon banki va
boshqa xalqaro tashkilot mutaxassislari davlat xaridini elektron tarzda
tashkil etish loyihalari buyicha rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarning
tajribalari haqida ma‘lumotlarni to‗plab, uni
tizimlashtirmoqdalar.
Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish va uni rivojlantirish,
dunyo miqiyosida savdoni elektron tarzda tashkil etish an‘anasining tabiiy
davomi hisoblanadi.
Zamonoviy tarmoq texnologiyalaridan davlat xaridini tashkil etishda
foydalanish, xaridni qog‗ozli hujjat aylanmasiga asoslangan an‘anaviy
tarzda tashkil etishga nisbatan bir-qancha yutuqlarga ega. Tanlov
hujjatlarini ―qog‗ozli‖
tashkil etish, tanlov haqida matbuotda e‘lon nashr
etish, tovar etkazib beruvchilar bilan muloqot, tanlovga ishtirok etish
uchun arizalarni to‗plash kabi texnologiyalarni ideal tarzda tashkil
etilganda ham, ushbu jarayon davlat buyurtmachisidan ancha kuch va vaqt
talab etadi. Agar hujjatlarga tuzatish va aniqlik kiritish talab etilsa, unda
barcha jarayonlarni deyarli boshdan qayta boshlash kerak bo‗ladi.
An‘anaviy usulda xaridni tashkil etishda
tovar va xizmatlar etkazib
beruvchilarga ham ancha noqulayliklar mavjud, masalan, tanlov haqida
ma‘lumot topish, hujjatlar to‗lamini sotib olish, uni aniqlashtirish va
to‗ldirish, arizalarni taqdim etish zarur.
Internet-texnologiyalarni joriy etish, savdoni o‗tkazishga tayyorgalik
jarayonlarini va tanlov savdolarini samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi, tanlovga ishtirok etishni soddalashtirish
va uning shaffofligini
oshirish hisobiga tovar va xizmatlar etkazib beruvchilar sonini ortishiga
olib keladi. Davlat buyurtmasini joylashtirish bo‗yicha savdolarga
mamlakatning chekka hududlaridagi kichik va o‗rta korxonlar ham ishtirok
etish imkoniyati oshadi. Natijada raqobat kuchayib, ancha foydali takliflar
yuzaga chiqadi.
120
Jahon banki dunyodagi yirik xalqaro moliya instituti sifatida,
bugungi kunda ko‗plab rivojlanayotgan mamlakatlarga davlat xaridini
tashkil etishda elektron savdolar tizimini joriy etish bo‗yicha
ko‗maklashmoqda. Mazkur yordam maslahat shaklida bo‗lib, uning
yo‗nalishlarini ko‗rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: