U. X. Safarov, N. M. Karakulov


-rasm. Temir rudasi va uning xududiy tarqalishi



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

3-rasm. Temir rudasi va uning xududiy tarqalishi 
Rangli metallar turlari orasida alyuminiy va mis rudalari katta sanoat 
talabiga ega bo‘lgan metallar sirasiga kiradi. Alyuminiy nomidagi metall tabiatda 
0% 
10% 
20% 
30% 
40% 
50% 
33% 
15,70% 
41% 
2,80% 2,10% 
4,50% 
1% 
1,30% 
8% 
4% 
16,60% 
49,90% 
2,90% 
17,40% 
1950 y 
2016 y 


49 
mavjud emasligi ko‘pchilikka ma’lum. U boksit, alunit, nefelin kabi mineral xom 
ashyolar tarkibida katta miqdorda uchraydi. Odatda boksit tarkibida 30-60% 
glinozem (alyuminiy xom ashyosi) mavjud bo‘ladi. Umuman jahon boksit zahirasi 
55-75 mlrd tonna deb baholanadi. Uning 30% Afrika, 20%dan ortig‘i Avstraliya, 
20%dan ortig‘i Janubiy Amerika va Karib havzasi mintaqasi, 18% Osiyoga to‘g‘ri 
keladi. Uni qazib olish bo‘yicha Avstraliya, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Braziliya 
kabi davlatlar yetakchilik qiladilar. 
Mis og‘ir rangli metallardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunday metallar xom 
ashyolari tarkibida toza mahsulot miqdori o‘ta pastligi bilan ajralib turadi (1-2% 
hattoki ba’zan undan ham kam). Shu bois mis rudasi bilan bog‘liq bo‘lgan mis 
ishlab chiqarish sanoati asosan xom ashyo mavjud hududlarda rivojlantiriladi. Uni 
qazib chiqarish bo‘yicha esa Chili (umumjahon mis rudalarining 25%), Peru, 
AQSh, XXR, Avstraliya kabi davlatlar oldingi o‘rinlarni egallaydilar.
Rangli metallarning boshqa turlarining zahiralari asosan bir necha 
davlatlardagina mavjudligi bilan ajralib turadi. Ko‘p hollarda ularning umumiy 
zahirasining 
2
/

va undan ortiq qismi
4-5 davlat hududida to‘plangan bo‘ladi. 
Masalan: molibdenning asosiy zahiralari Xitoy, AQSh, Chili; xromniki 
Qozog‘iston, JAR, Hindiston; nikel zahiralari bo‘yicha Avstraliya, Braziliya, 
Yangi Kaledoniya, Rossiya va Kuba; qo‘rg‘oshin zahiralariga ko‘ra Xitoy, 
Avstraliya, AQSH, Kanada, Peru; ruh zahiralari bo‘yicha esa Avstraliya, Xitoy, 
Peru, Meksika, Qozog‘iston kabi davlatlar yetakchilik qiladi.
Qimmatbaho metallar orasida oltin alohida ahamiyatga egadir. U nafaqat 
qimmatbaho metall turi, balki shu bilan birga jahon iqtisodiyotida asosiy savdo 
vositasi rolini ham o‘ynaydi. Qimmatbaholiligi bois xom ashyo tarkibida 
0,00032% sof mahsulot bo‘lgan holatda ham ishlab chiqarish uchun samarador 
hisoblanadi. 
Tabiatda 30dan ortiq oltinli minerallar ma’lum. Undan tashqari, 
tarkibida oltin bo‘lgan boshqa metallar (mis, nikel, qo‘rg‘oshin, rux, kumush, 
temir, marganets)ning rudalaridan ham oltin olinadi. Xitoy, JAR, AQSh, 
Avstraliya, Peru oltin qazib olishda yetakchilik qiladilar.


50 
Oltin –noyob metal hisoblanadi. U yer ostida ham, namlikda ham o‘z 
xususiyatini yo‘qotmaydi. Ammo uni izlab topish va to‘g‘ jinslaridan ajratib olish 
juda ko‘p mehnat va mablag‘ni hamda yuqori texnologiyalarni talab etadi. Oltin 
zargarlikdan tashqari elektronika, kompyuter ishlab chiqarishda, kosmik kemalar 
va jihozlarda, atom reaktorlarida ko‘p qo‘llaniladi. Masalan bitta atom reaktorining 
ichki devori 16 kg oltin bilan qoplanadi.
Tarixiy manbalarga ko‘ra oltin dunyoda qadimdan qazib olingan va undan 
turli buyumlar yasashda foydalanilgan.
 
World Gold Council tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra j
ahonda jami 2007 
yilda 3 488.0 t oltin qazib olingan bo‘lsa, uning hajmi 2015 yilga kelib 4 258.0 
tonnani tashkil etdi (5 rasm va 5 jadval).
Jami oltinning 50% dan ortig‘ini dunyoning 200 ta oltin konlaridan qazib 
olinadi. Shundan 6 ta konning yillik quvvati 31 tonnadan, 8 ta konning quvvati 25 
t, 21 ta konning quvvati 15 tonnadan ortiqni tashkil etadi. Jahondagi yirik oltin 
konlariga qatoriga Boddington (Avstraliya), Lihir (Papua Yangi Gvineya), 
Penasquinto (Meksika), Carlin (AQSh), Yanacocha (Peru), Pueblo Viejo 
(Dominikan 
Respublikasi), 
Cortez 
(AQSh), 
Goldstrike 
(AQSh), 
Grasberg(Indoneziya) va O‘zbekistondagi Muruntov koni kiradi.
Radioaktiv rudalar orasida esa uran katta sanoat ahamiyatiga egadir. Katta 
miqdorda energiyaga ega bo‘lgan bu metall radioaktivligi jihatidan nafaqat sanoat 
ahamiyatiga ega, balki harbiy sanoatda ham unga talab kattadir 1 kg uran
yoqilganda olinadigan energiya 1 kg yuqori sifatli toshko‘mir yonganda beradigan 
energiyaga qaraganda 3 mln marta ko‘proq. Uranning umumjahon zahirasi 5.7 
mln. tonnani tashkil qiladi. Yillik o‘rtacha qazib olish miqdori esa 40 ming 
tonnadan ortiq. Uranning asosiy konlari AQSh (Kolorado platosi), Kanada 
(Ontario va Saskachevan provintsiyalari), Frantsiya (Markaziy Frantsiya massivi) 
va JAR (Vitvatyerand)da, Avstraliya va Gabonda ham uranning yirik konlari bor. 
O‘zbekiston hududida uranning ahamiyatga molik zahiralari mavjud.
Uran sanoati xom ashyoni qazib oilsh, uni boyitish, eritish va tayor yoqilg‘i 
holatida ishlab chiqarishlarni o‘zida birlashtiradi.


51 
Uran – noyob metall hisoblanadi.
Uran (lot. Uranium) — kulrang tusli 
metall. Uning 3 ta allotropik modifikatsiyasi maʼlum: aU, (3U, yU. Uran 
(kimyoviy unsur)ning suyuqlanish temperaturasi 1132°, qaynash temperaturasi 
3818°, zichligi 19,120 g/sm3. Uran (kimyoviy unsur) inert gazlardan tashqari 
deyarli hamma elementlar bilan reaksiyaga kirishadi, metallar bilan intermetall 
birikmalar hosil qiladi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5, 6 valentli.
Uran (kimyoviy unsur) rudalarini boyitishda gidrometallurgiya usullari 
qoʻllanadi. Koʻpincha Uran (kimyoviy unsur) rudasiga koʻp miqdorda sulfat yoki 
nitrat kislota yoxud ularning aralashmasidan qoʻshib, Uranni eritmaga oʻtkaziladi. 
Eritmaga aminlar va alkilfosfatlar qoʻshib, Uran ekstraksiya yoki ion almashtirish 
yoʻli bilan yot jinslardan ajratib boyitiladi. Soʻngra boyitilgan eritmalardan 
ammoniy diuranat (NH4),U2O7 yoki natriy diuranat Na2U2O7 yoxud uran 
(IV)gidroksid U(OH)4 holida choʻktiriladi. Bu choʻkmalar Uran birikmalarini xreil 
qilishda dastlabki modda sifatida ishlatiladi. 
Uran yadro reaktorlarida asosiy yoqilgʻi sifatida qoʻllanadi. Uran tuzlari 
fotografiyada, analitik kimyoda, shisha tayyorlashda (shishani sariq-yashil tusli 
qilishda) va yuqori haroratga chidamli sirlar uchun boʻyagich modda sifatida 
ishlatiladi. 
Odam, hayvon va oʻsimlik toʻqimalarida juda oz (10"s-10"8%) miqdorda, 
oʻsimlik kulida 1,510~5%, baʼzi bir qoʻziqorin va suvoʻtlarda koʻproq Uran 
boʻladi. Uran odam va hayvon organizmiga - oshqozonga suv va ovqatdan, nafasga 
havodan va teri orqali kiradi. Uran qonda uzoq vaqt aylanmaydi. U hayvon va 
oʻsimlikning normal hayot faoliyati uchun zarur element hisoblanadi, lekin uning 
fiziologik funksiyasi yaxshi aniqlanmagan. Uranni qazib olishda va ishlov berishda 
undan zaharlanish mumkin. Uran organizmga kirganida barcha organ va 
toʻqimalarga taʼsir etadi. Zaharlanshdan saqlanish uchun germetik qurilmalardan 
foydalanish, havo va suvni toza tutish, ishchilarni tibbiy nazoratdan oʻtkazib turish 
va gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. 
O‘zbekiston jahonda uranga boy davlatlardan biri 
h
isoblanadi.
O‘zbekiston 
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston 


52 
Respublikasining foydali qazilma boyliklari zaxiralarining Davlat balansi 
01.01.2013 yil holati bo‘yicha mamlakatimizda 1717 ta konlar mavjud. Shundan 
radioaktiv metallar (asosan uran) konlari soni 33 tani tashkil qiladi. Mustaqillik 
yillarida shularning 829 tasi qidirib topildi va ko‘pchilik konlardan foydalanish 
yo‘lga quyilgan. Mustaqillik yillarida 16 ta radioaktiv metallar konlari topildi. 
01.01. 2018 yil holatiga ko‘ra 38 ta radioaktiv metal konlari qayd etilgan.
Uran zahirasi jahonda 5 718 400 tonnani tashkil etadi (6-jadval). Qimmatli 
yoqilg‘i zahirasi bo‘yicha jahonning yetakchi davlatlari 6 jadvalda keltirilgan 
bo‘lib, unga ko‘ra uran zahirasi eng ko‘p bo‘lgan davlat Avstraliyadir. 
Avstraliyada jahon uranining 29% joylashgan. Ikkinchi o‘rinda qo‘shni 
Qozog‘iston (jahon uranining 13%) egallaydi. Zahira hajmi jihatidan bu 
davlatlardan so‘ng Kanada, Rossiya, JAR, Niger, Braziliya, Xitoy, Namibiya kabi 
mamlakatlar turadi. O‘zbekiston zahira ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 11 davlat 
hisoblanib, uning zaxirasi 131 100 t tashlil qiladi. Bu dunyo uranining 2% tengdir.
Uran zahirasi bo‘yicha jahonning etakchi davlatlari. 4- jadval 
Davlat nomi 
Zahirasi, tonna
Jahond
agi ulushi, % 

Avstraliya 
1664100 
29 

Qozog‘iston 
745300 
13 

Kanada 
509800 


Rossiya 
507800 


JAR 
322400 


Niger 
291500 


Braziliya 
27680 


Xitoy 
272500 


Namibiya 
267000 

10 
Mongoliya 
141500 

11 
O‘zbekiston 
131100 

12 
Ukraina 
115800 



53 
13 
Botsvana 
73500 

14 
AQSh 
62900 

15 
Tanzaniya 
58100 

16 
Iordaniya 
47700 

Boshqa davlatlar 
232400 

Jami 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish