U. X. Safarov, N. M. Karakulov


 Davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

 
2.5. Davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra 
klassifikatsiyalashtirish
Jahon davlatlari faqat maydonining katta kichikligi va geografik o‘rnigagina 
emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-birlaridan farq 
qiladilar. Ilmiy manbaalarda mazkur guruhlashtirish ko‘rinishini tahlil qilishda 
turli mezonlar taklif etiladi. Shular orasidan jahon davlatlarini rivojlanish 
darajasiga ko‘ra guruhlashtirishda quyidagi ko‘rsatgichlar asos qilib olinadi: 

mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy 
mahsulot (YaIM) miqdori; 

yalpi milliy mahsulotda qayta ishlovchi sanoat maxsulotining 
ulushi; 

aholining savodxonlik darajasi va turmush darajasi; 

o‘rtacha umr ko‘rish darajasi va b. 
BMT aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM miqdoriga ko‘ra 
davlatlarni guruhlashtirishda quyidagi mezonga tayanadi:

 o‘ta qashshoq davlatlar – yiliga 1500 $ 


36 

 qashshoq davlatlar – 1500-3000 $ 

 kambag‘al davlatlar – 3000-5000 $ 

 qoniqarli ta’minlagan davlatlar - 5000-10000 $ 

 o‘rta ta’minlangan davlatlar – 10000-15000 $ 

ta’minlangan davlatlar – 15000-20000 $ 

 boy davlatlar - 20000 $dan ortiq.
Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra 2016 yil aholi jon boshiga 
YaIM (sotib olish qobiliyatini hisobga olgan holda)ning o‘rtacha jahon
ko‘rsatkichi 15 ming AQSh dollaridan ortiq ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Jahonning 
73 ta davlati o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori ko‘rsatkichni qayd qilganlar. 
Ular orasida Qatar (127 660 AQSh dollari), Lyuksemburg (104 003 AQSh dollari), 
Singapur (87 855 AQSh dollari), Bruney (76 884 AQSh dollari), Quvayt (71 887 
AQSh dollari) kabi davlatlar peshqadamlik qilsalar, Markaziy Afrika Respublikasi 
(652 AQSh dollari), Kongo Demokratik Respublikasi (773 AQSh dollari), Burundi 
(814 AQSh dollari), Liberiya (855 AQSh dollari) va Niger (1107 AQSh dollari) 
jadvalda eng quyi pog‘onani egallab turibdilar.
Umumiy YaIMda qayta ishlovchi sanoat ulushining yuqori bo‘lishi uning 
iqtisodiyotida tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining yaxshi yo‘lga 
qo‘yilganidan darak beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra rivojlangan davlatlar YaIMda 
undiruvchi
 
sanoat ulushi 10%dan oshmasligi kerakligi aytib o‘tiladi.
Aholining savodxonlik va turmush darajasi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ko‘rsatib beradi. Aholi hayot tarzi uning moddiy mablag‘ topish 
darajasini ifodalab beradi. Ma’lumki, aynan iqtisodi rivojlangan davlatlardagina 
aholining ta’lim olishi, yaxshi yashashi uchun davlat tomonidan imkoniyatlar 
yaratib berilgan. Gruziya, Kuba, Estoniya kabi davlatlar eng yuqori – 99,8%
ko‘rsatkich bilan savodxonlik darajasiga ko‘ra jahonda oldingi o‘rinlarni egallaydi. 
Savodxonlik darajasiga ko‘ra jahonda O‘zbekiston 99.3% bilan yetakchi 
davlatlardan hisoblanadi. Statistik ma’lumotlar ularga qarama-qarshi tarzda 
iqtisodiyoti ancha sust rivojlangan Mali (26,2%), Niger (28,7%), Burkina-Faso 
(28,7%) kabi davlatlar past darajaga egaligini ko‘rsatib beradi. 


37 
Jahon aholisining turmush darajasiga ko‘ra esa Norvegiya, Avstraliya, 
Shveytsariya, Daniya, Niderlandiya davlatlari juda yuqori, Belorus, Rossiya, 
Ummon, Ruminiya, Urugvay davlatlari yuqori, Hindiston, Misr, Marokash, 
O‘zbekiston, JAR o‘rta, Keniya, Nepal, Pokiston, Myanma, Angola kabi davlatlar 
past daraja ko‘rsatkichlarini qayd qiladi.
Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra BMT tomonidan 3 toifaga bo‘lish 
qabul qilingan: 
1.
Iqtisodiy jihatidan rivojlangan davlatlar. 
2.
Iqtisodi o‘rta rivojlanishga ega bo‘lgan davlatlar. 
3.
Iqtisodiy jihatidan rivojlanayotgan davlatlar. 
BMT iqtisodiy jihatidan rivojlangan mamlakatlarga Yevropa, Osiyo, 
Shimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning jami 60 ga yaqin davlatlarini 
kiritgan. 
Ular 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning 
yuqori 
darajasi, 
bozor 
iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega ekanligi, iqtisodiyotning ochiqlilik 
darajasi, YaMM tarmoq tarkibida xizmat ko‘rsatish sohalarining katta salmoqqa 
egaligi, sanoatida fantalab, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlarning 
rivojlanganligi 
hamda 
qishloq 
xo‘jaligining 
mexanizatsiyalashganligi 
(intensiv 
rivojlanganligi) 
kabi 
jihatlar 
bilan 
boshqalardan ajralib turadi. 
Lomonosov nomidagi MDU geograf olimlari tomonidan taklif etilgan 
jahon davlatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra guruhlashtirishda 
rivojlangan davlatlar asosiy davlatlar, iqtisodi yuqori rivojlangan G‘arbiy 
Yevropaning kichik davlatlari va “Ko‘chirma kapitalizm” davlatlari guruhlariga 
ajratiladi. Ular orasida albatta jahon iqtisodiyotida katta salohiyatga ega bo‘lgan 
AQSh, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Italiyadan iborat bo‘lgan 
asosiy davlatlar guruhi ajralib turadi. 7,6% jahon quruqlik maydonini, 9,8% 
aholisini o‘zida jam qilgan mazkur olti davlat jahon YaMMning 30%ni tayyorlab 
berishi ularning haqiqatan ham juda katta iqtisodiy qudratga ega ekanligini 
namoyon etadi. 


38 
Jahon iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlar ichida asosiy davlatlar bilan 
bir qatorda katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bo‘lgan yettita kuchli davlatni 
tashkil etuvchi “Katta yettilik davlatlari” guruhi mavjudligi qayd qilinadi.
Shuningdek “Katta sakkizlik davlatlari” (2-jadval) guruhi ham bor edi. Mazkur 
toifaga 1998-yildan Rossiya ham kiritilingan edi. Hozirda turli iqtisodiy cheklovlar 
natijasida Rossiya Federatsiyasi “Katta sakkizlik davlatlari” faoliyatida ishtirok 
etmayapti. Hozirgi kunda iqtisodiy salohiyoti jihatidan G-20 yoki “Katta 
yigirmatalik davlatlar” (3- jadval) guruhi ham ajratilmoqda. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish