U. X. Safarov, N. M. Karakulov


Davlat tuzumiga ko‘ra klassifikatsiyalashtirish



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

2.3. Davlat tuzumiga ko‘ra klassifikatsiyalashtirish 
Davlatlar ularni boshqarish holatiga ko‘ra monarxiya va respublika 
ko‘rinishlarida bo‘ladi. Monarxiya eng qadimiy davlat tuzumi bo‘lib hisoblanadi. 
Monarxiya 
deb davlat boshqaruvi to‘liq yoki qisman biron shaxsga (monarxga) 
tegishli bo‘lgan hamda ko‘p hollarda boshqaruv avloddan-avlodga o‘tuvchi davlat 
tuzumiga aytiladi. Monarxiya davlat shaklining asosiy belgilari quyidagilardan 
iborat: 
 
• umrbod o‘z hokimiyatiga egalik qiluvchi davlat boshlig‘ining mavjud 
bo‘lishi (shox, qirol, imperator, sulton, amir va b); 
• boshqaruvning vorisiy xususiyatga egaligi (odatlarga yoki qonunlarga 
muvofiq); 
• monarx millat birligini ifodalaydi, tarixiy urf-odatlarga rioya qilinishini 
ta’minlaydi, davlatni jahon hamjamiyatidagi qiyofasini aks ettiradi va b.
Monarxiyaning konstitutsion va mutloq monarxiya turlari mavjud. 
Konstitutsion monarxiya o‘z navbatida parlamentar ko‘rinishiga ega bo‘lsa,
mutloq monarxiya davlatlarining bir qismi teokratik ko‘rinishi ham bor. 
Davlatni boshqarishning monarxiya shakli ancha kam tarqalgan. Hozirda 
jahon davlatlari ichida hammasi bo‘lib, 29 ta monarxiya shaklida ega bo‘lgan 


31 
davlatlar bilan birga 10 dan ortiq Britaniya hamdo‘stligi shaklida boshqariluvchi
davlat va mamlakatlar bor. Yevropada o‘z monarxlariga ega bo‘lgan 12 ta, 
Osiyoda 13 ta, Afrikada 3 ta, Okeaniyada bir davlat mavjud (monarxiya 
dalatlarining to‘liq ro‘yhati ilovalarda keltirilgan). Hamdo‘stlik davlatlari tarkibiga 
kiruvchi Buyuk Britaniya monarxini o‘z davlat boshlig‘i deb tan oluvchi davlat va 
mamlakatlarning asosiy qismi Karib havzasi va Okeaniya mintaqalarida joylashgan 
(masalan: Avstraliya Ittifoqi, Kanada, Beliz, Grenada, Solomon orollari va b.). 
Monarxiyalarda imperator, qirol, knyaz, shoh, sulton va boshqalar davlat 
boshlig‘i hisoblanadi. Bunday davlatlar orasida konstitusion monarxiyalar 
ko‘pchilikni tashkil etadi. Mazkur davlatlarda monarx hokimlik qilsa-da, davlatni 
idora qilmaydi. Bunday mamlakatlarda monarxiya tuzumi o‘ziga xos tarixiy, 
ba’zan ming yillik an’ana sifatida saqlanadi va “toj-taxt”ning bir vaqtlardagi 
qudratidan darak berib turadi, xolos. Masalan: Buyuk Britaniya dunyodagi eng 
keksa konstitusion monarxiya davlatidir. Qirol davlat va sud tizimining boshlig‘i, 
harbiy kuchlar bosh qo‘mondoni, ingliz davlat cherkovining dunyoviy boshlig‘i, 
shuningdek Buyuk Britaniya tomonidan boshqariluvchi Hamdo‘stlikning ramzi 
hisoblanadi (bu hamdo‘stlikka 50 ga yaqin mamlakat kiradi). Qirol parlament 
qabul qilgan qonunlarni tasdiqlab imzo qo‘yadi. 
Yevropa qit’asidagi deyarli barcha monarxiyalar konstitutsion ko‘rinishga 
egadir. Osiyo, Afrikada joylashgan monarxiya davlatlarining katta qismini 
monarxiya davlat tuzumining mazkur shakli tashkil qiladi. 
Mutloq monarxiyada, aksincha, monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan. 
Biroq hozirgi zamon jahon siyosiy xaritasida bunday mamlakatlar kam qolgan. 
Ma’lumotlar tahlili bunday davlatlar soni Yevropa va Afrikada bittadan (Vatikan 
va Svazilend), Osiyoda esa 5 ta ekanligini ko‘rsatmoqdadir Saudiya Arabistoni – 
mutloq monarxiyadir. Bu yerda qirol qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat 
vazifasini o‘taydi. Ayni vaqtda u bosh vazir, bosh qo‘mondon, oliy hakam, 
shuningdek diniy boshqaruvchi vazifalarni bajaradi. Hukumat asosan qirol 
sulolasidan tarkib topadi. Mutloq monarxiya davlatlari orasida Saudiya Arabistoni 
Vatikan va Bruney bilan birga teokratik monarxiya davlati ham bo‘lib hisoblanadi. 


32 
Boshqarishning respublika shakli ancha keng tarqalgan bo‘lib, dunyo 
mamlakatlarining ¾ qismi respublikalardir. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish