U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


 Zamonaviy iqtisodiy nazariya fanining vazifalari, ularning tipologiyasi va



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
2. Zamonaviy iqtisodiy nazariya fanining vazifalari, ularning tipologiyasi va 
namoyon bo‘lish shakllari
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki 
tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. 
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining 
to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
1) 
bilish vazifasi
- har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental 
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar 
hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni 
kengaytiradi;
2) 
amaliy vazifa
– amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan 
resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib 
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, 
cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha 
xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini 
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir; 
3) 
uslubiy vazifasi
– iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning 
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy 
va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi; 


12 
4) 
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi
– ushbu vazifa shundan iboratki, uning 
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga 
singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy 
mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon 
miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini 
ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy 
ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat 
hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta’minlash, pulning 
qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib 
berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, 
uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish 
yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. 
Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi 
shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, 
qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi 
mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan 
iboratdir. 
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va 
tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot 
nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy 
bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini 
beradi. 
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va 
hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish