U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-BOB. ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA PREDMETI VA ASOSIY



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

1-BOB. ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA PREDMETI VA ASOSIY 
YO‘NALISHLARINING METODOLOGIK MUAMMOLARI 
Mazkur bob zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining konseptual 
masalalarini o‘rganish bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar 
va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va 
uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa 
iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar 
va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida 
o‘rin beriladi. 
Bob so‘ngida iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari, ularning mazmuni va 
qo‘llanish xususiyatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan. 
 
1. Zamonaviy iqtisodiy nazariya fani predmetining konseptual masalalari 
Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini o‘rganishda unga taalluqli mavzularni 
alohida bo‘limlarga ajratilishi mazkur muammolar to‘g‘risida yanada kengroq, 
izchil va to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shunga ko‘ra, bakalavriat 
yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida 
to‘rtta asosiy bo‘limni ajratib olgan edik: iqtisodiy taraqqiyotning umumiy 
asoslari; bozor iqtisodiyoti nazariyasi; milliy iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)ning 
amal qilish va rivojlantirish qonuniyatlari; jahon xo‘jaligi.
1
Hozirgi sharoitda 
iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bunday asosiy 
bo‘lim yoki qismlarga ajratishga turli mualliflar tomonidan turlicha 
yondashilmoqda. Jumladan, A.Bulatov tahriri ostida nashr etilgan darslikda 
quyidagi bo‘limlar ajratib ko‘rsatilgan: iqtisodiyot nazariyasining asoslari
mikroiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; o‘tish davri iqtisodiyoti nazariyasi; jahon 
xo‘jaligi.
2
E.Borisov tomonidan tayyorlangan darslikda esa bu bo‘limlar quyidagi 
ko‘rinishda bayon etilgan: iqtisodiyotga kirish; iqtisodiy munosabatlar tizimi
1
Qaralsin: Shodmonov Sh. Sh., G‘afurov U.V. “Iqtisodiyot nazariyasi” (darslik). – T., “Fan va texnologiya” 
nashriyoti, 2005. 
2
Qaralsin: Ekonomika: Uchebnik. 3-e izd., pererab. i dop. / Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. A.S.Bulatova. – M.: 
Ekonomist, 2005.. 



mikroiqtisodiyot; mezoiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; jahon iqtisodiyoti.
3
Bundan 
ko‘rinadiki, ko‘pchilik darslik va o‘quv qullanmalarda mavzularni bo‘limlarga 
ajratishda ma’lum darajada erkinlik mavjud bo‘lsada, mazmun va mohiyat 
jihatidan umumiy tavsif kasb etuvchi yondashuvlar ham uchraydi. Shulardan biri – 
iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga iqtisodiyotning turli darajalaridan 
kelib chiqqan holda yondashuv hisoblanadi.
Ushbu 
o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligidagi 
magistratura talabalariga mo‘ljallanganligi hamda unda bakalavriat kursidagi 
nazariy muammolar nisbatan kengroq va chuqurroq darajada o‘rganilishi 
zarurligini hisobga olib, barcha mavzularni ikki – mikrodaraja va mikrodarajadagi 
iqtisodiy tizim nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz. 
Ma’lumki, iqtisodiyot asosan ikki sohaga bo‘linadi: mikroiqtisodiyot va 
makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o‘z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy sub’ektlar 
faoliyatini oladi: 
1.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari, 
zamindorlar, firmalar va hokazo. 
2.
Alohida bozorlar – ishlab chiqarish vositalari bozori, ishchi kuchi bozori, 
iste’mol mollari bozori va hokazo. 
3.
Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo. 
Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan 
bog‘langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyasiya darajasi, foiz stavkasining 
o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab 
oladi. Biroq, keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara 
yo‘qolib bormoqda. Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi 
tahlilning uzviy davomiga aylanib bormoqda. Shuningdek, ba’zi bir olimlar 
tomonidan mikro- va makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlarini 
3
Qaralsin: Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: TK Velbi, Izd-vo 
Prospekt, 2005. 


10 
umumlashtiruvchi oraliq daraja – mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish 
zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham uchramoqda.
4
Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab 
chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar 
asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi.
Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq 
aniqlikka ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning 
o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab 
berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan 
tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib, 
takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari 
hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi. 
Jumladan, R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli 
kitobida 2 xil o‘zaro bog‘liq nazariyaning muammoning echimini topishdagi 
qo‘llanishi misol tariqasida keltiriladi (1-jadval): 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish