U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

unumdorlikning 
kamayib borish qonuni
degan qonunni kashf qilishgan. 
Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil 
oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot 
ham pasayib ketadi. 
Bu qonunni ular iqtisodiyotning universal qonuni deb e’lon qiladilar va uni 
isbotlash uchun ko‘pdan-ko‘p yer bir birligiga (gektarga) sarflangan qo‘shimcha 
kapital unumdorligining pasayib borishini ko‘rsatadilar. 
Bu qonun e’lon qilinganiga 100 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, u davrlarda fan-
texnika etarli rivojlanmagan edi. Bunday sharoitda u to‘g‘ri bo‘lgan. Lekin hozirgi 
fan-texnika va texnologiya tez rivojlanib, yangiliklar ishlab chiqarishga joriy 
qilinib turgan davrda bu qonunning amal qilmasligi deyarli hamma adabiyotlarda 
va hamma iqtisodchi olimlar tomonidan tan olinmoqda. 
Shunday qilib keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining 
pasayib borish qonuni quyidagicha to‘rt holatda amal qilishi mumkin: 
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay faqat bir omil to‘xtovsiz 
oshirilganda; 
2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda; 
3) omillar o‘rtasidagi miqdoriy va sifatiy nisbatlar buzilganda; 


45 
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-ko‘rona 
amalga oshirilganda; 
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ishchi kuchi – insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlari yig‘indisi. 
Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishda 
vosita bo‘lib xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, stanoklar, traktorlar, pluglar, 
qurulmalar, uskunalar va boshqalar. 
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalar (er – suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar). 
Kapital – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishlatilib, o‘z egalariga 
daromad keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag‘laridir. 
Er-suv – tuproq unumdorligi, o‘tloqlar, suvlar, o‘rmon, qazilma boyliklardan 
iborat bo‘lgan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar. 
Tadbirkorlik qobiliyati – insonda bo‘lgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik, 
novatorlik, iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan cho‘chimaslik hislatlarining birligi. 
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni ko‘zlab amalga 
oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy 
ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan 
iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
qiymatning o‘sishi jarayonidir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish – o‘zaro bog‘liqlikda va doimiy aloqada bo‘lgan 
barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdar. 
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi 
bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat. 
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilarning zaruriy ish vaqtida yaratilgan 
va ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan 
mahsulot. 


46 
Qo‘shimcha mahsulot – ishchi va xizmatchilarning qo‘shimcha ish vaqtida 
yaratilgan mahsulot bo‘lib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha 
qismidir. Qo‘shimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga 
tegishlidir. 
Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni bildiradi. 
Qo‘shilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital miqdori 
ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital 
miqdorining o‘sgan qismi. 
O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga 
to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori. 
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi 
kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish