ishlab chiqarish vositalar
qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi
(s);
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga
tegishli qismi -
zaruriy mahsulot qiymati
(v);
3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va
jamiyat uchun ishlab chiqarilgan
qo‘shimcha mahsulot qiymati
(m)dan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda, oldingi ishlab chiqarish jarayonlarida yaratilgan va
ushbu jarayonda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatidan
hamda shu ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan yangi qiymatdan iboratdir.
Chunki yaratilgan mahsulotning bir qismidan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol
qilingan ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash uchun foydalaniladi. Ishlab
chiqarishning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi uchun iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari har qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa
yordamchi materiallar o‘rnini to‘ldirib turishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab
chiqarilgan mahsulotning bir qismidan foydalaniladi. YAratilgan mahsulotdan
iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan
qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band
bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va
37
boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan
va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan
zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda
saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi
avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur
bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Zaruriy mahsulot sof mahsulotning muhim qismi bo‘lib, bevosita ishchi va
xizmatchilarga tegishlidir. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi,
ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha
mahsulot deyiladi.
Bu qo‘shimcha mahsulot bevosita ishchiga emas, balki tadbirkorlarga va
mulkdorlarga hamda davlatga tegishlidir.
Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot jamiyat taraqqiyotining deyarli hamma
bosqichlariga xosdir. Lekin ular o‘rtasidagi nisbat turli davrlarda turlicha bo‘ladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki davrida jamoadosh hamma kishilarning vaqti
faqat zaruriy mahsulotni, ya’ni yashash uchun eng zarur mahsulotni topib eyish
bilan band bo‘lgan. Keyinchalik, ya’ni bu tuzumning oxirlariga kelib, qisman
mehnat unumdorligi oshib, zaruriy mahsulotdan ortiqcha, ya’ni qo‘shimcha
mahsulot paydo bo‘lgan va uning to‘planib ayrim kishilar tomonidan
o‘zlashtirilishi natijasida xususiy mulk paydo bo‘lgan.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining quldorlik, feodalizm va kapitalizm deb
atalmish bosqichlarida qo‘shimcha mahsulotning mavjudligi haqida hech kim
munozara qilmaydi. Lekin jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida qo‘shimcha
mahsulotning ijtimoiy shakli turlicha bo‘ladi. Masalan, quldorlik jamiyatida quldor
latifundistlar daromadi, feodal jamiyatida uch ko‘rinishda (barshchina, obrok, pul
solig‘i), kapitalizmda esa qo‘shimcha qiymat ko‘rinishlarida bo‘ladi.
Sobiq sotsialistik jamiyatda ko‘pgina iqtisodchilar zaruriy va qo‘shimcha
mahsulot faqat xususiy mulkchilik davriga xos deb tushunib, ijtimoiy mulk mavjud
bo‘lgan davrda u bo‘lmaydi deb keldilar. Ular bu tushunchalarning umumiqtisodiy
38
tushuncha bo‘lib, moddiy asosi saqlanib qolishini va ularning ijtimoiy shakli
o‘zgarishini hali tushunib etmagan edilar. Lekin ular korxonalar olayotgan foyda
mahsulotning qaysi qismi ekanligini, davlat boshqaruvi, mudofaa, ta’lim, fan-
madaniyat uchun zarur mablag‘lar qayerdan olinishini, bu mablag‘larning tub
manbai nimadan iborat ekanligini tushuntirib bera olmas edilar. Ushbu nazariy
zaruriyat tufayli 1965 yillardan keyingina zaruriy va qo‘shimcha mahsulot
iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo‘lib, iqtisodchilarga tushuntirila boshlandi. Hozir,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ham bu tushunchalarni rad qiluvchi kishilar
topiladi.
Lekin bunday iqtisodchilarga mulkdorlar va tadbirkorlar olayotgan foyda,
foiz, dividend daromadlari, davlat soliqlari, yer rentasi kabi pul ko‘rinishidagi
daromadlarning tub manbai nima, ular milliy mahsulot qaysi qismining
taqsimotdagi harakat ko‘rinishi, degan savolga javob bera olmaydilar. Foyda va
boshqa turli ko‘rinishdagi daromadlar manbaini bilmaslik nima uchun tovarlarni
ishlab chiqaruvchi korxonalar zarar ko‘radi-yu, uni sotuvchilar foyda ko‘radi
degan savollarga ham javob berishda ojizlikka olib keladi. Ular iqtisodiy hodisa va
jarayonlarning tub ildiziga tushunmasdan
,
uning yuzaki tomonlarini o‘rganish
bilangina cheklanib qolgan ko‘rinadi.
Ularning birdan-bir isbot dalili go‘yo qo‘shimcha mahsulot kapitalizmda
ekspluatatsiya darajasini ko‘rsatish, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasida sinfiy
ziddiyatni ko‘rsatish uchun K.Marks tomonidan o‘ylab topilgan narsa emish. Lekin
bu kasbdoshlarimiz qo‘shimcha mahsulot to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani rivojining uzoq tarixiga borib taqalishini, K.Marksdan
juda oldingi davrlarda vujudga kelganligini bilishmaydi. Masalan, arab olimi Ibn
Xoldun Abdurahmon Abu Zayd o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar»
(Ibratli misollar kitobi)da, ya’ni K.Marksdan 500 yil oldin zaruriy va qo‘shimcha
mahsulotning farqiga borib, ularni ajratib ko‘rsata olgan edi.
7
7
Qarang: A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.O‘rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Toshkent, «Moliya» nashriyoti,
2002, 41-42-betlar.
39
Keyinchalik fiziokratlar maktabining asoschisi F.Kene o‘zining «Iqtisodiy
jadval» asarida merkantilistlardan farqli iqtisodiy fanda olg‘a qadam tashlab boylik
savdoda yoki tashqi savdoda ko‘paymasligini, u faqat ishlab chiqarishda o‘sib
ko‘payishini, boylikning bu ko‘payishi sof mahsulot, ayniqsa qo‘shimcha mahsulot
evaziga sodir bo‘lishini ko‘rsatib berdi. F.Kene ishlab chiqarilgan mahsulot bilan
qilingan harajatlar o‘rtasidagi farqni, ya’ni qo‘shimcha mahsulotni sof mahsulot
deb atagan edi.
Keyinchalik qo‘shimcha mahsulot nazariyasi A.Smit va D.Rikardolar
tomonidan ancha batafsil rivojlantirildi. Ular yangi qiymat yollanma ishchilar
tomonidan yaratilishini, yollanma ishchining ish vaqti ikkiga bo‘linib, zaruriy ish
vaqtida o‘zini va oilasini boqish uchun zarur bo‘lgan qiymat yaratishini, ish
kunining qolgan qismi bo‘lgan qo‘shimcha ish vaqtida esa mulk egalari
o‘zlashtirib oladigan qo‘shimcha qiymat yaratilishini ko‘rsatib bergan edilar.
8
Bu qisqacha chekinishdan ko‘rinib turibdiki, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot
tushunchalari Marksgacha iqtisodiy adabiyotlarda qo‘llanilib, tushuntirib kelingan
ekan. K.Marks bu tushunchalarni kengroq boyitib ko‘rsatdi, lekin unda ham
qo‘shimcha mahsulotning faqatgina kapitalizmdagi ijtimoiy shakliga, ya’ni uning
qiymat tomoniga e’tibor berib, qo‘shimcha qiymat deb ataydi va ko‘proq
kapitalizmda ekspluatatsiya darajasini aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida Rossiyada keyingi (2004-2005)
yillarda nashr etilgan qator yangi adabiyotlarda, jumladan: V.YA.Ioxin,
E.F.Borisov tomonidan yozilgan, shuningdek D.D.Moskvin, A.G.Gryaznova va
T.V.Chechelovalar rahbarligida mualliflar guruhi tomonidan yozilib, nashr qilingan
iqtisodiyot nazariyasi dasrliklarida sof mahsulotning tarkibiy qismlari bo‘lmish
zaruriy va qo‘shimcha qiymatlarning mazmuni, hosil bulish jarayonlari,
qo‘shimcha qiymat turlari, massasi va normasi, ularni ko‘paytirish usullari
haqidagi masalalar batafsil berilgan.
8
Qarang: Smit A. «Исследование о природе и причинах богатства народов».; Рикардо Д. «Начало
политической экономии и налогового обложения». Анталогия экономической классики. М., 1993, с.46,199.
40
Bu adabiyotlarda yozilganlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha mahsulotni
kim qanday tushunishidan qat’iy nazar, doimo mavjud bo‘lgan ob’ektiv
umumiqtisodiy kategoriyadir. Lekin shuni ta’kidlash joizki, hozirgi davrdagi
adabiyotlarda ham asosan qo‘shimcha mahsulotning bir tomoniga, ya’ni qiymat
tarafiga e’tibor berilgan va uni qo‘shimcha qiymat deb ta’riflagan. Xolbuki, biz
yuqorida aytganimizdek, qo‘shimcha qiymat qo‘shimcha mahsulotning bir tarafi,
ya’ni qiymat tarafi bo‘lib, uning naflilik tarafi e’tibordan chetda qolmoqda.
Qo‘shimcha mahsulotni rad qilish o‘rniga uning mazmunini, harakat
shakllarini puxta o‘rganib, yanada ko‘paytirish va taqsimlanishini takomillashtirish
yo‘llarini qidirishga kuch sarflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Chunki qo‘shimcha mehnat va binobarin, qo‘shimcha mahsulot butun-butun
tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan-texnikani, ta’limni, sog‘liqni
saqlashni, madaniyatni rivojlantirishning iqtisodiy manbai bo‘lib kelgan va bundan
keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish asosan uch
yo‘l bilan – ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni
chegarasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish
vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut
qo‘shimcha mahsulot deb, ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib,
qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha mahsulot esa nisbiy
qo‘shimcha mahsulot deb ataladi.
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha mahsulot
massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha
mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m
’
, massasini m, zaruriy mahsulotni v
bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
%
100
'
Do'stlaringiz bilan baham: |