U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYASI VA SAVDO SIYOSATI



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

19-BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYASI VA SAVDO SIYOSATI 
Bu bob milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan murakkab 
iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o‘rnini 
tahlil qilish bilan boshlanadi. So‘ngra xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va 
tuzilishi qarab chiqiladi.
1. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha 
nazariyalar 
Milliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, 
ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr 
mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha 
nazariyalarning shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo 
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi 
zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik 
nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan 
jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, 
mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi milliy iqtisodiy 
manfaatlarga qanday darajada javob beradi, degan savolni qo‘yadi. Bu savolga 
javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro 
mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va 
qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini bayon qilish 
asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko‘ra, 
A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga 
ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol o‘ynashini ta’kidlash bilan birga, ular 
quyidagi ikki ko‘rinishdagi ustunlikka ega, deb hisoblaydi: 1) tabiiy, ya’ni iqlim 
sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar 
bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan 
ustunlik. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o‘z 


282 
sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart 
emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo‘lgan mamlakatdan sotib olish 
samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning 
o‘zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali qoplanadi. 
A.Smit nazariyasi bo‘yicha har bir mamlakat o‘zida boshqalarga qaraganda 
arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga 
nisbatan ko‘p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish