Jahon infratuzilmasi.
Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy
chegaralar orqali to‘xtovsiz o‘sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining
rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz,
daryo, havo, temir yo‘l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining
rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog‘i tobora ko‘proq ahamiyat kasb
etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo‘lmasa, hozirgi ishlab
chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunday
infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon
bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo‘lgan.
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari
misli ko‘rilmagan tezlik bilan operativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab
chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan.
Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda,
uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda.
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli
turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular
ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha
engillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali
rivojlanadi.
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy
aloqalarga tobora ko‘proq o‘rin bo‘shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab
275
chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash
o‘sib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki
mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi.
4. Jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valuta va kredit sohalarida
Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB),
jahon savdosi sohasida - Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK)ni
ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy
davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro
tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o‘rnatishga, ya’ni
me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki
xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga
majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va
qoidalarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tatibga solishga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning
20-yillarida tuzilgan bo‘lsada
(Millatlar ligasi - 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro
darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar
ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg‘unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valuta
fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi.
Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon
savdosi, xalqaro kredit va valuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga
276
solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan
Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK), Evropa iqtisodiy hamkorligi
tashkiloti (EIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti
(IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot TSBK
doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo
aylanmasining 4
5 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. TSBK milliy va
mintaqaviy
darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi proteksionizmga qarshi
turadi, milliy manfaatlarni o‘zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati
savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng
asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy
shakli qatnashuvchi tomonlarining ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini
o‘tkazish hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o‘zaro
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga
ko‘plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu
valuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF,
XTRB, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), xalqaro rivojlanish
uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar
doirasida amalga oshiriladi. G‘arbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yillik
kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi.
Valuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valuta
kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi,
a’zo mamlakatlarga ularning valuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit
beradi.
277
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish
bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya
(XMK) har xil investitsion ob’ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan
shug‘ullanadi,
loyihalarning
moliyaviy-iqtisodiy
asoslarini
tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga
ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT
jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuksional aloqalarni o‘rganishni amalga
oshiradi, valuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy
asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish va
taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga
solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy
vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga
solish shakllari evolusiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik
mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’ektlarni
tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari
ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi.
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSH, G‘arbiy Evropa va Yaponiyadan
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon
iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
278
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBKga Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq
sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini
tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli
yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu
Ittifoqning SHartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Evropa
muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroiya organi Evropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir.
Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z faoliyatlarida mutlaqo
mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi
mavjud bo‘ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
budjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi
Evropalament zimmasiga yuklatiladi.
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valuta – EKYU, 2004 yildan boshlab Evro
joriy etildi va yangi muassasa – Evropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar
bilan birga Evropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |