U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi 
roli rivojlanadi. 
Jahon xo‘jaligi
 
sub’ektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro 
bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora 
ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning 
murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida 
hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, 
ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. 
Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining 
ziddiyatli 
tomonlari
ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. 
Iqtisodiy o‘sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi 
rol o‘ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga 
“sakrab” o‘tilishi o‘ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi 
axborotlashtirish 
natijasida 
turli 
mamlakatlarning 
texnologik 
jihatdan 
baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari 
rivojlanishidagi texnikaviy to‘ntarish er sharining barcha mintaqalarida ITI 
yutuqlarini tezlik bilan o‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda 
yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to‘siqlarni bartaraf etgan holda, 
jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda.
Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payishi tezligi juda o‘sib ketdi. Aholi jon 
boshiga YAIM o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni 
ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida 
g‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi 
nisbatan pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Ba’zi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada 
oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori 
darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi 


270 
industrial mamlakatlarning “dastlabki avlodi” – Koreya Respublikasi, Tayvan, 
Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga 
kelib yangi industrial mamlakatlarning “ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin, 
Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan 
nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, 
jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo‘yicha raqobatlasha boshladilar. 
Biroq, hali jahon xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi 
darajasiga etmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga etib olish uchun 
zarur resurslarga ega bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud. 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish